Darslik Mutaxassisliklar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
tajribao‘tkazmaydi: u aniq belgilangan natija bilan ish olib boradi;
ajratilgan vaqt va mavjud sharoitlarda belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda gumon hosil qilmaydigan asoslangan o‘qitish modeliga tayanadi; u harakat qiladi, ta’limiy maqsadlar qo‘yilganda, aniq pedagogik vazifalar belgilanganda va ko‘zlanayotgan natijalar shakllantirilganda, ta’lim berish jarayonining borish sharoitlari aniqlangandan so‘ng, harakat qilishni boshlaydi. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish asosini o‘rganishni boshlashdan avval, quyidagi qoidalarga e’tibor qaratish lozim. Texnologiyalashtirish asosida ifodalangan, va bu bilan albatta tanishish zarur bo‘lgan qoidalar, shu zahoti tushuntirish bermaydi, faqat ko‘zlanayotgan maqbul va samarali natijaga erishish uchun nima ish qilish zarurligini ko‘rsatadi. Har bir yo‘l va vosita o‘qituvchi-texnolog tomonidan, u intilayotgan, yakuniy natijaga erishishga qo‘shgan ahamiyatli hissasi tomoni bilan baholanishi zarur. Qoidaning maqbulligini talqin qila turib, e’tiborni nafaqat unga, uni qo‘llashni nazarda tutuvchi vaziyat yoki sharoitlarga qaratish zarur. Gap shundaki qoidalar odatda, formula emas, boshqaruv xususiyatga ega bo‘ladi, modomiki ularni qo‘llash mumkin bo‘lgan, ta’lim jarayoni sharoitida ayrim noaniqliklar mavjud. Bundan tashqari, avvalda shu narsani o‘quv vaziyatida qo‘llab, muvaffaqiyatga erishgan o‘qituvchi-amaliyotchi yoki hammaga ma’lum bo‘lgan ta’lim berish texnologiyasining muallifida, shuni qoidasiz umumlashtirishdagi xatoliklar tarqalgan. Mohiyati shundaki, barcha turli-tumanlikdan mavjud sharoitda va o‘quv rejasida berilgan vaqtda ko‘zlanayotgan natijaga erishishni kafolatli ta’minlaydigan, so‘ngra esa undan shu sharoit uchun mos keladigan, ta’lim berish texnologiyasining — yagona majmuini loyihalashtirish mumkin bo‘ladigan, axborot, muloqot va boshqaruvning shunday yo‘l va vositalarini baholashi, farqlashi va tanlashni uddalashi muhim. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim ko‘rinishi bo‘lib, u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi (9.3-rasm): Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling