Darslik Mutaxassisliklar


Download 1.4 Mb.
bet87/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Texnologik xarita. O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatga ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘tiladigan dars jarayonini loyixalashtirib olish lozim. Shu sababli o‘qituvchi uchun yangi darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamyatga ega. Darsning texnologik xaritasi fanning har bir mavzusi bo‘yicha o‘qitilayotgan o‘quv fanining xususiyatidan, talabalarning imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi.
Har bir darsning samarali, qiziqarli bo‘lishligi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq bo‘ladi. Texnologik xaritani ishlab chiqish biroz murakkab ish hisoblanib, o‘qituvchidan kasbiy pedagogika, kasbiy psixologiya, ta’lim texnologiyalari kabi fanlardan habardor bo‘lishlik, shuningdek, pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza darslarining texnologik xaritasini qay ko‘rinish (shakl)da tuzish, bu o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan o‘quv maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq.Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilagan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak.Texnologik xaritaning tuzilishi o‘qituvchini darsni kengaytirilgan konspekti (matni)ni yozishdan xalos etadi,chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining barcha qirralari o‘z aksini topadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

  1. Ta’lim texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?

  2. Pedagogik texnologiya” tushunchasi YuNYeSKO tomonidan qanday sharhlangan?

  3. Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga qanday talablar qo‘yiladi?

  4. Qanday tamoyillar pedagogik texnologiyaga xos sanaladi?

  5. Pedagogik texnologiyalarning samaradorligi qanday mezonlar bilan aniqlanadi?

  6. Ta’lim jarayonini loyihalash” deganda nimani tushunasiz?

  7. Ta’lim jarayonini loyihalashda qanday tamoyillar ustuvor sanaladi?

  8. Ta’lim jaryonini texnologiyalashtirish deganda nimani tushunasiz?

  9. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish bosqichlarini aytib bering?

  10. Texnologik pasport tarkibiy qismlarini aytib bering?

  11. Texnologik xarita nima?


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling