Darslik Mutaxassisliklar
X-BOB. MAXSUS FANLARNI 0‘QITISH JARAYONIDA MODULLI YONDASHUV. MASOFAVIY TA’LIM
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modulli ta’limning maqsadi va vazifalari.
- Modulli ta’lim texnologiyasi
X-BOB. MAXSUS FANLARNI 0‘QITISH JARAYONIDA MODULLI YONDASHUV. MASOFAVIY TA’LIM
Tayanch so‘z va iboralar: Modulli ta’lim, modul, modul turlari, modulli ta’lim texnologiyasi, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’limning afzallik va kamchiliklari, elektron pochta, multimedia, multimedia vositalari. Modulli ta’limning maqsadi va vazifalari. Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun albatta ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun ta’limni tashkil etish jarayonida talabaning qobiliyatlari, extiyojlari va o‘ziga xos jihatlarini xisobga olish lozim. Ana shu elementlar hisobga olingan taqdirda o‘z-o‘zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o‘qishga bo‘lgan motivlarni kuchaytiruvchi “sub’ekt-sub’ekt” konsepsiyasiga asoslangan ta’lim tizimi kelib chiqadi. An’anaviy ta’lim tizimida chuqur o‘rnashib qolgan pedagogik paradigmalardan biri bu “sub’ekt-ob’ekt” munosabatlaridir. Bu yondashuv ta’limga nemis pedagogi I.F.Gerbard tomonidan (1776-1841yillar) kiritilgan. Bunday yondashuvda pedagog sub’ekt rolini bajaradi va qanday o‘qitish, qanday talabalarni qanday ishlab chiqish, talabalar jamoasini qay yo‘nalishda rivojlantirishni faqat o‘z yondashuvi asosida hal etadi. Talabalar esa passiv holda ob’ekt rolini bajaradilar. Talabalarning asosiy faoliyati eslab qolish, tushunish, qo‘llashga o‘rganish hisoblanadi. Bu paragdimaga qarshi g‘oyani amerikalik pedagog D. Dyui ishlab (1859-1952 ) chiqadi. Uning fikricha nimani va qanday o‘qish lozim degan savollarga javob topishda talabaga ham erkinlik berish va uning o‘z istak va hohishlarini xisobga olish lozim. Toki talaba o‘z faoliyatini, o‘z taqdirini, o‘z hayotini mustaqil boshqarishga faol kirishsin. Bu konsepsiya “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari sifatida tan olindi va ko‘pgina rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida o‘z o‘rnini topdi. Aytish joizki, ta’lim tarixida yig‘ilgan boy didaktik tajribaning ijobiy jihatlari o‘z aksini modulli ta’limda topgan. Ta’lim jarayoniga “Modulli ta’lim” tushunchasi 1971 yillarda Dj.Rassel tomonidan kiritilgan. Dj.Rassel modulni o‘quv paketi sifatida talqin etadi va unga o‘quv materialining konseptual birligini o‘rganishga oid harakatlarni kiritadi. B.M.Goldshmid - modulni talabaga ma’lum ko‘zlangan natijaga erishishiga yordam beruvchi mustaqil birlik sifatida talqin etadi. G.Ouyens modulni yopiq kompleks sifatida talqin etadi va ushbu kompleksga ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, o‘rganiladigan axborot materiali, va vositalarni kiritadi. Zamonaviy tadqiqotchilardan biri P.A.Yutsyavichene modulni ma’lum darajadagi mustaqil axborotdan hamda maqsadli ravishdagi metodik boshqaruv asosida maqsad qilib qo‘yilgan natijalarni ta’minlashga qaratilgan birlik sifatida tahlil etadi. N.V.Borisova, K.Ya.Vazina, V.M.Gareyev, Ye.M.Durko, V.V.Karpov, M.N. Katxanov, S.I.Kulikov, P.Yutsyavichene va boshqa bir qator pedagog olimlarning fikrlarini o‘rganish natijasida modul tushunchasiga quyidagicha ta’riflarni ajaratish mumkin: modul bu - mustaqil konseptual kichik birlik; modul bu - mustaqil birlik sifatida muayyan o‘quv kursini o‘z ichiga olib, bir necha bloklarni o‘zida mujassam etadi; modul bu - ma’lum mutaxassislikka tegishli bo‘lgan bir qancha o‘quv predmetlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi fanlararo birlik bo‘la oladi; modul bu - aniq bir mutaxassislikni egallashga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim moduli. Bundan tashqari “modul” tushunchasiga tegishli bo‘lgan quyidagi xususiyatlarini ajratish mumkin: maqsad; turli xil turdagi o‘quv faoliyatini integratsiyasi; metodik ta’minot; mustaqil rivojlanish; ta’lim jarayonidagi talabaning mustaqilligi; o‘quv axborotini tahlil qilish va strukturalashtirish ko‘nikmasi; nazorat va o‘z-o‘zini nazorat; talabaning ta’lim olishdagi shaxsiy trayektoriyasi.
y Modullilik Tamoyillari y Mazmunan strukturalashtirilganlilik y Dinamik harakat ta’minlanilganlilik y Faoliyatlilik y Moslashuvchanlik y Natijalar oldindan aniqlanilanganlilik y Maslahat berishlar turli ko‘rinishlarda ta’minlanilganlilik MODULLI TA’LIM Turlari y nazariy (nazariy bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan). y amaliy (amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan). y aralash (nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan) y modulni nomi. y modulni o‘zlashtirishdan maqsad. y modul bilan ishlash uchun metodik tavsiyalar. y nazariy axborot banki va tayanch tushunchalar. y mashg‘ulot mazmuni, topshiriqlar va uslubiy ko‘rsatmalar. y joriy nazorat topshiriqlari. y individual bajariladigan mustaqil topshiriqlar. y yozma nazorat variantlari. y o‘z-o‘zini tekshirish uchun nazorat savollar. y talaba yig‘ishi mumkin bo‘lgan reyting ballari. 10.1-rasm. Modulli ta’limning mohiyati Modul quyidagi bloklardan iborat bo‘ladi: blok: Kirish nazorati- yangi mavzuni o‘rganish uchun mavjud bazaviy va tayanch bilimlarni tekshirishga qaratilgan. blok: Nazariy blok. Mavzuning har bir mantiqiy bo‘lagi uchun tuzilgan axborot va ko‘rgazmali materiallar to‘plami (rasm, diagramma, sxemalarda to‘liq ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq)ni yaratish blok: Nazariy axborotni har bir bo‘lagini talabalar bilan birgalikda tahlil etish. blok: Amaliy blok. Nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy faoliyatini tashkil etish. blok: Chuqurlashib boruvchi blok. Mavzuga oid soha bo‘yicha murakkab topshiriqlarni bajarish. blok: Nazorat bloki. Bajarilgan topshiriqlarni nazorat qilish. blok: Nazorat natijalarini tahlil etish, umumiy yo‘l qo‘yilgan hatoliklarni aniqlash va umumlashtirish. blok: Chiqish nazorati. Mavzu bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish va topshirish. Modulli ta’lim ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlari va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashganligi sababli o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi. Modulli ta’lim texnologiyasi Modulli ta’lim texnologiyalari mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha samarali natijani ta’minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadga yo‘naltirilgan bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi. Mudulli ta’lim texnologiyalari - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan bilim, ko‘nikma va malaka diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon. Modulli ta’lim individual yondashuv vositasidir. Talaba mustaqil ravishda yoki pedagogning ma’lum maslahatlaridan foydalangan holda qo‘yilgan didaktik maqsadga erishadi.O‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi. O‘qituvchiga o‘zlashtirish jarayonini to‘g‘ri baholab borish, talabaning mustaqil faoliyatini samarali tashkil etish, uning taraqqiyotini kuzatib borishek mas’uliyat yuklatiladi. Talaba faoliyatini samarasini baholash, o‘z vaqtida korrektivlar kiritib turish lozim. Modulli yondashuvning maqsadi - axborotni o‘zlashtirish, idrok etilgan axborotni mustaqil tahlil qilish, o‘z mustaqil fikrlarini bildirishni taqazo etuvchi va qisqa muddatda optimal usullar yordamida belgilangan maqsadlarga erishishdir. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling