Mavzu: Tahlil ishlarini tashkil qilish va manbalar bilan taminlash Reja: Kirish Asosiy qism
Download 85.69 Kb.
|
Bibinur Rayeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
Mavzu: Tahlil ishlarini tashkil qilish va manbalar bilan taminlash Reja: Kirish Asosiy qism: Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi; Iqtisodiy tahlil bosqichlari; Iqtisodiy tahlilning axborot manbalari, ularning ochiqligi va oshkoraligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Iqtisodiy tahlilning metodologik asoslari me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo’lga qo’yish va yuritishda rioya etiladigan barcha me’yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, yo’riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning o’zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo’jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me’yoriy asoslariga muhim e’tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o’z maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar. Rasmiy me’yoriy asoslarga xo’jalik yurituvchi subyektning moliya xo’jalik faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin: xo’jalik yurituvchi subyektning muhim samaradorlik ko’rsatkichlarini baholash; xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash; xo’jalik yurituvchi subyektning kreditga layoqatliligini baholash; Norasmiy asoslarda o’rganiladigan masalalar ko’lami juda keng doirada amalga oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili; moliyaviy barqarorlik tahlili; to’lov layoqati va likvidlik tahlili; ish va bozor aktivligi tahlili; pul oqimlarining tahlili; xususiy kapital tahlili; foyda va zararlar tahlili; debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili; innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili; investitsion faoliyat tahlili; soliq to’lovlari va majburiyatlar tahlili; logistik tahlil va h.k. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan‚ shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko’rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi subyektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi sifatida qaraladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy tahlildan foydalanish albatta: xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini tuzish va ularga tushuntirishlar berishda; moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ka qarshi boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya qilishda; moliyaviy sog’lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni tartibga solishda qo’l keladi. Iqtisodiy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o’z amaliy tajribasidan, xo’jalik yurituvchi subyektining faoliyat va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar. Download 85.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling