Darslik Mutaxassisliklar
Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. Interfaol metodlarning o‘ziga xos jihatlari va turlari.
Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi
7.2-rasm. Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish bosqichlari. Muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga hamda intelektual imkoniyatlariga mos bo‘lishi shart. Hosil bo‘lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ta’lim oluvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari - uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog‘liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo‘ladi. Bunday tushuna olish esa ta’lim oluvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi. Talabalarni hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, boshqachasiga aytganda, hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillari ta’limida ko‘plab kuchli innovatsion jarayonlarni boshlab bergan strategiyalardan biri hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi ko‘rinishlaridan bo‘lib, uning asosida Baxtin - Beblerning madaniyat konsepsiyasi yotadi. Ushbu konsepsiyaga asos qilib inson ongi uchun dialogning yoppaligi va yalpiligi xususiyati olingan. Bu haqda V.S. Bibler shunday deb yozgan edi (1930- yillar): “Dialogik munosabat universal hodisadir. Dialog inson nutqida va qandaydir ma’no hamda ahamiyatga ega holida uning hayotida kechib o‘tadigan barcha munosabatlarda ishtirok etadi. Qayerdaki anglash boshlanar ekan, o‘sha yerda dialog boshlanadi”. Ma’lumki, aksariyat didaktik tizimlar asosida yaratilgan pedagogik texnologiyalarda tushuntirish asosiy metod hisoblanadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasida, shu jumladan, hamkorlik pedagogikasida esa: tushunish va o‘zaro tushunish asosiy metod deb qabul qilinadi. V.S. Bibler bu ikki metod to‘g‘risida mana bunday fikrni ilgari suradi: tushuntirish, bu - bitta sub’ekt, ya’ni monolog; tushunish, bu - ikkita sub’ekt, ikkita ong, bir-birini tushunish, ya’ni dialogdir. Tushuntirish - hamisha yuqoridan qarashlik, fikrni o‘tkazmoqlik. Tushunish bu - bir-birini tushunish yo‘lidagi muloqot, hamkorlik, tenglik. Hamkorlik pedagogikasining fundamental g‘oyasi tushuntirishdan tushunishga, monologdan dialogga, ijtimoiy nazoratdan rivojlanishga, boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tib borishdan iborat. Bunda pedagog zimmasidagi vazifa “o‘quv materiali”ni bildirishga emas, balki ijod bilan shug‘ullanish uchun o‘quvchilarni muloqotga, bir-birini tushunishga safarbar etishdan iborat. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida o‘quvchi faoliyatining asosiy usuli bo‘lib ijod qilish va tadqiqiy izlanish hisoblanadi. Lekin ijodiy masalalar va turmush muammolari qarshisida undagi ruhiy, jismoniy va aqliy imkoniyatlar ancha zaif holda bo‘ladi. Talabaga pedagogik dalda berish uni qo‘llab-quvvatlab turish lozim bo‘ladi. Qo‘llab-quvvatlash o‘qituvchining talaba shaxsiga nisbatan insonparvarona pozitsiyasini ifodalaydi. Bu yerda tabiiy ravishda o‘qituvchining talabada u izlayotgan yordam va himoyani ko‘proq o‘z o‘qituvchisidan topishi mumkinligiga ishonch hosil qilishi, talabaning himoyaga muhtojligini tushunishi va uning bolalik yoki o‘smirlik hayoti, salomatligi, kayfiyati va rivojlanishida o‘zining shaxsan javobgarligini anglashi - o‘qituvchining insonparvarligi pozitsiyasi hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasi ta’limoti asoslari xorijiy davlatlar pedagog olimlaridan J.J. Russo, Ya.Korchak, K.Rojers, E.Bern, Rossiya va boshqa davlatlar pedagog olimlaridan K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, S.T.Shatskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sh.Amonashvililarning asarlarida keng yoritilgan va ular yaratgan pedagogik maktablar hayotida jiddiy sinovlardan o‘tib, o‘zinining porloq istiqbolga egaligini isbot etib kelmoqda. Hamkorlik pedagogikasining rivojlanib borishi to‘rtta asosiy yo‘nalishga ega: Ta’lim oluvchi shaxsiga insonparvarona munosabat. Faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi didaktik majmua. Tarbiya konsepsiyasi. Atrof-muhitni pedagoglashtirish. 7.3. Interfaol metodlarning o‘ziga xos jihatlari va turlari. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatib kelingan. Bunday metod talabalarda mustaqil fikrlash, ijodi y izlanish, tashabbuskorlikni so’ndiradi. Psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra 100 % ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yangi ma’lumotni taqdim qilishda o‘qituvchi qo‘llayotgan metodga qarab, uning ta’lim oluvchilar tomonidan qabul qilinishi va xotirada saqlanib qolishida quyidagidek farqlarning kuzatilishini aniqlashgan. guruh metodlari. Ma’ruza o‘qish, hikoya qilish, tushuntirish, og‘zaki yo‘riqnomalar berish - 5 %. guruh m et o dl ari. Yangi ma’lumot qayd etib qo‘yilgan matnni o‘qitish - 10 %. guruh metodlari. Ma’lumotga oid rasmlar, chizmalar, jadvallar, xaritalar, diagrammalar, videostasvirlar yoki hajmli modellar ko‘rsatish - 20%. guruh metodlari. Ma’lumotni nutq vositasida bayon etish bilan barobar, unga oid tasviriy materiallarni ko‘rsatish - 30 %. guruh metodlari. O‘quv materiali haqidagi ma’lumotlar yuzasidan o‘qituvchi va talabalar yoki talabalar bilan talabalar o‘rtasida “aqliy hujum” o‘tkazish, suhbat yoki munozaralar tashkil etish - 40 %. guruh metodlari. Bir vaqtning o‘zida ma’lumot qayd etib qo‘yilgan matnni o‘qitish, uning muhim joylarini yozdirish, ma’lumot asosida suhbat yoki munozaralar tashkil etish - 50 %. - u s u l. Ma’lumotni o‘zlashtirish uchun talabadan ma’lumot qayd etib qo‘yilgan matnni mustaqil tarzda o‘qishini, ma’lumotni tahlil qilishini, uning mazmuni asosida biror narsa yozishini, boshqalar bilan ma’lumotni muhokama qilishini, o‘z fikrlarini himoya qilishini, o‘zlashtirganini namoyish qilishini tashkil etish - 75 %. - u s u l. O‘quv materiali mazmunining talaba tomonidan boshqalar ongiga yetkizilishini, ya’ni boshqalarga o‘qitilishini tashkil etish - 90 %. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar (innovatsion pedagogik texnologiyalar)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormokda. Innavatsion texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustakil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga kodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustakil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, oliy ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Interfaol ta’lim metodlari va ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik kiritish, yangilik demakdir.Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol (“inter” - bu o’zaro, “act”- harakat qilmoq) - o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, o’qitishning interfaol metodlari -bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda: Interfaol metodlar: “Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va boshqalar; Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama- zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-sxema”, “BBB”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar; Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar. Ta’lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etilganda ta’lim oluvchilarning intellektual, ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish, o‘z fikrini asoslab berishga o‘rganishi, o‘zgalar fikrini tinglay olishi, muammolar yechimini topishga harakat qilishi, ijodiy va axloqiy rivojlanish jarayonlariga samarali ta’sir etadi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim metodlaridan foydalanganda, avvalo, ushbu metodning mohiyati, undan foydalanish metodikasini bilishi muhimdir. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat o‘qituvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: S talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi; S talabalarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi; S talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustakil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; S o‘qituvchi va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. O‘qituvchi - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida quyidagi savollariga
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling