Darslik Mutaxassisliklar


Download 1.4 Mb.
bet51/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Keysning mohiyati. Keys-stadi (Case study) yoki aniq vaziyatlar metodi (inglizcha —case - —hodisa, vaziyat so‘zidan kelib chiqqan) -muammoli vaziyatni tahlil qilish metodi bo‘lib, u ta’limda aniq bir vazifa (topshiriq) ni - muammoli vaziyat(keys)ni yechishga asoslangan.Ta’lim jarayonida o‘qituvchi keys vositasida ta’lim oluvchilardan xuddi shunga o‘xshash yechimlarni talab etadi.
Keys texnologiyasining maqsadi talabalarni yakkama-yakka va jamoada: axborotni tahlil qilish; berilgan masalani yechish uchun ularni ajratish; asosiy muammolarni aniqlash; yechishning muqobil yo‘llarini generatsiya qilish va ularni baholash; muqobil yechimni tanlash va harakat dasturini shakllantirish va boshqalar hisoblanadi.
Keys texnologiyasi aniq vaziyat ta’lim berishni haqiqiylikka bog‘laydi: keys ta’lim oluvchilarga vaziyatni tashhis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo‘shimcha axborotlarni yig‘ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni yechish bo‘yicha aniq bosqichlarni loyihalashda amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, barqarorlashtirish yo‘llarini qidirish va muammoni yechish erkinligini beradi. Keysni ishlab chiqishda ta’lim oluvchilar mustaqil ta’lim olish jarayonini yaratadilar va jarayonda o‘zaro harakatda haqiqiy fikr almashish holatlarini vujudga keltiradilar.
Mustaqil ta’limda Keys texnologiyasidan foydalanishni mohiyati shundan iboratki, talabalarga real tashkilotning faoliyatida duch kelinadigan yoki realga o‘xshash modellashtirilgan aniq bir vaziyatning tavsifi beriladi. Talabalar mustaqil ishni bajarishdan oldin muammo bilan tanishib chiqishlari va uning yechish usullarini o‘ylab qo‘yishlari lozim bo‘ladi. Mustaqil ishni bajarishda amaliyotdan keltirilgan holatni jamoaviy yoki yakka tartibdagi muhokamasi amalga oshiriladi. Har bir keys ishlab chiqarish vaziyatlari asosida ishlab chiqilgan, talabalarda ishlab chiqarish masalalarini yechimi algoritmini mustaqil ravishda konstruksiyalash, loyihalash ko‘nikmalarini shakllantiradigan o‘quv-uslubiy materiallarning to‘liq jamlamasini ifodalaydi.
Mustaqil ta’limda keyslardan foydalanish talabalarni faollashtiradi va ularni real vaziyatlar bilan “birga-bir” qoldirib, tahliliy va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirgan holda amaliy ishni bajarishga imkoniyat beradi. Keys texnologiyasi
nafaqat muammoni ifodalash, balki uni samarali yechish, shuningdek, ifodalangan muammoni tashuvchisi sifatida chiqishi mumkin bo‘lgan aniq vaziyatni tanlashni ham ko‘zda tutadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

  1. Ta’lim jarayonida mustaqil ta’limni tutgan o‘rini aytib bering?

  2. Mustaqil ta’limni tashkil etishdan maqsad nima?

  3. Mustaqil ta’lim qanday shakllarda tashkil etiladi?

  4. Mustaqil ta’lim topshirig‘ini berishda nimalarga ahamiyat berish lozim?

  5. Kurs ishi (loyihasi) ni bajarishdan qanday maqsad ko‘zda tutiladi?

  6. Maxsus fanlardan kurs ishi (loyihasi)ni bajarishga qanday talablar qo‘yiladi?

  7. Kurs ishi (loyihasi)ni bajarish va rasmiylashtirish tartibini tushuntiring?

  8. Kurs ishi (loyiha)larini himoya qilish qanday tashkil etiladi?

  9. Mustaqil ishlarni tashkil etishda keyslardan foydalanishdan maqsad nima?


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling