Microsoft Word 17 hujjatlarni klassifikatsiyasi tasniflanishi doc
Download 99.16 Kb.
|
Hujjatlarni klassifikatsiyasi tasniflanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Buxoro inovatsiya universiteti Roʻzieva Diloromning Mustaqil ishi Mavzu: Hujjatlarni klassifikatsiyasi tasniflanishi KIRISHHujjatlarni ishlab chiqarish tamoyillari Hujjatlarni boshqarish dasturiy ta'minotining afzalliklariHujjatlarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish Hozirgi sharoitda texnikaning rivojlanishi va axborot tizimining tezligi korxona, tashkilot va turli firmalarda ish yuritishni yaxshi yo`lga qo`yibgina qolmay, balki uni samarali va tez yo`lga qo`yilishi ko`zda tutilmoqda. O`zbek tili Davlat tili maqomini olgan korxona va tashkilotlarda ish yuritish ya’ni hujjatlar bilan ishlash o`zbek tilida olib borilmoqda. Bu esa o`z navbatida boshqaruv xodimlarining ishlarini yengillashtirmoqda. Respublikamizda keyingi paytlarda kompyuterlar bilan ishlash yaxshi yo`lga qo`yilmoqda va shu bilan birga internet orqali chet el tajribalaridan foydalanilgan holda axborotlarni uzatish, xatlarni jo`natish, fikr almashinish xattoki shartnomalar tuzish ishlari ham amalga oshirilmoqda Har qanday qarorni tayyorlanishi va uni xodimlarga yetkazilishida ham kopyuterdan foydalanilmokda. Bundan tashkari qarorlar, yangi qonun- qoidalarni va shu kabi ishlarni tez yetkazish borasida faks va zamonaviy axborot vositalaridan unumli foydalanilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosatlardan biri tadbirkorlarga qulayliklar yaratishdir. Bu qulayliklar bo`lar bo`lmas Hujjatlarni to`ldirish, ularni tegishli shaxslarga olib borib imzolatish va shu kabilarga chek qo’yishdan iboratdir. Tadbirkor yangi ish yuritmoqchi bulsa turli tashkilot va firmalarga kechayu-kunduz hisobot berishi va ularga o`z faoliyatini maqsadini tushuntirib berish kabi ishlardan ozod bo`lmoqda. Bu o`z navbatida korxonalarda ish yuritishni ixchamlashtirib, samara bermoqda. Ish yuritishni takomillashtirish yo`llaridan biri - ish yuritish xodimlari faoliyatiga ilmiy usullarni joriy qilishdir. Hujjat tuzishni o`rgatish maxsus ta’lim tizimida eng dolzarb masaladir. Idora xodimlarini tayyorlash va ular malakasini oshirish kurslarini hamma joyda tashkil qilish zarur. Kollej va oliy o`quv yurtlarida hujjat tuzishga oid maxsus kurslar joriy etish maqsadga muvofiqdir. Download 99.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling