Darslik Mutaxassisliklar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
Loyihalash - muammodan chiqib, uning taklif etilayotgan ijobiy hayotiy yechimiga qadar bajariluvchi barcha amallarni qat’iy tartibda izchil joylashtirib chiqish (“loyiha” deyilganda, murakkab ishlanmalarni yaratish bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar yig‘indisi tushuniladi).
Konsepsiya - lotincha so‘z bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilinganda, to‘plash, birlashtirish va shuningdek, tizim, ibora ma’nolarini anglatadi. Pedagogik adabiyotlarda V.G.Gulchevskaya, V.T.Fomenko, V.S.Kukushin, T.I.Shamova, V.G.Bespalko, G.K.Selevko, Sh.A.Amonashvili, M.V.Bulanova- Toparkova, A.V.Duxovneva, G.V.Suchkov, R.Shteyner, T.M.Davtidenko va boshqa bir qator olimlar tomonidan e’tirof etilgan pedagogik texnologiyalarni bir necha klassifaksiyasi mavjud. Pedagogika fani va amaliyotidagi barcha ma’lum eng maqbul umumlashtirilgan texnologiyalarni G.K.Selevko tizimlashtirgan (9.1- rasm). rasm. Pedagogik texnologiyalar klassifikatsisi (G.K.Selevko bo‘yicha). Quyida ushbu muallif tamonidan tuzilgan pedagogik texnologiya klassifatsiya guruhlari tashkil etuvchilari keltirilgan. qo‘llanish darajasi va tavsifiga ko‘ra: metatexnologiyalar, makrotexnologiyalar, mezotexnologiyalar (lokal, modulli) mikrotexnologiyalar (muayyan-shaxsli); falsafiy asosiga ko‘ra: ilmiy, diniy, ijtimoiy, pragmatik va boshqa texnologiyalar. psixik rivojlanish yetakchi omiliga ko‘ra: biogen, sotsiogen, psixogen texnologiyalar. shaxsiy yo‘naltirilganligiga ko‘ra: ma’lumotli, operatsion, emotsional- badiiy emotsional-ahloqiy, o‘z-o‘zini rivojlantirish, evristik texnologiyalar. mazmuni va tuzilishi tavsifiga ko‘ra: ta’limiy va tarbiyaviy, diniy va dunyoviy, umumta’lim va kasbiyyo‘nalganlik, gumanitar va texnokratik, kompleks, xususiy-predmetli texnologiyalar. ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish turiga ko‘ra: klassik an’anaviy, sinf-dars shaklidagi ma’ruzali o‘qitish; o‘quv adabiyotlari yordamida zamonaviy an’anaviy o‘qitish; axborot-texnik vositalari yordamidagi an’anaviy o‘qitish; “kichik guruhlarda ” o‘qitish; o‘qitishning “repititor” tizimi; masofaviy o‘qitish; kompyuterda o ‘qitish; muammolli o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyalari. ta’lim oluvchiga yondashuvga ko‘ra: avtoritar, didaktotsentrik, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar. ta’lim metodining ustivorligiga ko‘ra: dogmatik, reproduktiv, tushuntirish-namoyish etuvchi, muammoli, rivojlantiruvchi texnologiyalar. ta’lim oluvchilar toifasiga ko‘ra: ommaviy, an’anaviy texnologiya, ilgarilanma saviyadagi texnologiya, kompensiyalovchi o‘qitish, qiyin va qobiliyatli talabalar bilan ishlovchi texnologiyalar. ta’lim va tarbiya jarayoni ilmiy konsepsiyasiga ko‘ra: assotsiativ- reflektorli, faoliyatli, rivojlantiruvchi, interiorizatorli, bixevioristik, geshtalttexnologiya, neyrolingvistik dasturlashgan texnologiya, suggestiv, psixotahliliy, nasliy (genetik),sotsioenergetik texnologiyalar. ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy turiga ko‘ra: ta’limiy (didaktik), tarbiyaviy va rivojlantiruvchi; pedagogik qo‘llab-quvvatlovchi (kuzatib boruvchi); samarali ijtimoiylashuvga sharoit yaratishga yo‘nalgan; boshqaruvchi (bashoratlovchi, monitoring) texnologiyalar. an’anaviy tizimni modernizatsiyalash yo‘nalishiga ko‘ra: hamkorlik pedagogikasi, ijtimoiy-shaxsiy, protsessual yo‘nalgan texnologiyalar. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling