Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
9.7. Iqtisodiy beqarorlik
Iqtisodiy o‘sishdagi tebranma harakat bozor iqtisodiyotining kam- ko‘stsiz emasligidan, uning o‘ziga xos nuqsonlari ham borligidan darak beradi. Real hayotda iqtisodiy o‘sish bilan birgalikda iqtisodiy beqarorlik ham bo‘lib turadi. Beqarorlikning asosiy belgilari quyidagicha: 1. Ishlab chiqarish hajmining pasayib ketishi yoki uning o‘smasdan bir joyda depsinib turishi. 2. Тovarlar eksportining qisqarishi. 3. Qimmatli qog‘oz- larning sotilishi qisqarib ketadi, ularga talab qisqarib, narxi tushadi. 4. Investitsiya sohasida faollikning mutlaqo so‘nishi va pasayib ketishi. 5. Yuqori darajadagi inflatsiya. 6. Haddan tashqari ishsizlik. 7. Aholi turmush darajasining pasayib ketishi va boshqalar. Beqarorlik natijasida korxonalar va tashkilotlar davlatga soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olmaydilar. Ishsizlik natijasida aholining ancha qismi daromad solig‘ini berolmay, oxir-oqibat davlat xarajatlarini qoplashga pul yetishmay qoladi. Budjetda kamomad hosil bo‘ladi. Beqarorlik bozor iqtisodi belgisi bo‘lar ekan, undan olib chiquvchi kuchlar ham uning o‘zida joylashgan. Bular talab, taklif, narx-navodagi o‘zgarishlar va raqobatdir. Тanglik talabning o‘zgarishi va ishlab chiqarishning undan orqada qolishidir. Bu bozor signali sifatida korxonalarga yetib keladi. Ular bozordagi yangi sharoitga sekin-asta moslashadilar, chunki busiz foyda olib 94 bo‘lmaydi. Natijada ishlab chiqarish yangilanib, oyoqqa turib ketadi. Тanglikning uzun yoki qisqa bo‘lishi, iqtisodiyotning shu holatdan barvaqt yoki kechroq chiqib ketishi davlatning faolligiga ham bog‘liq. Iqtisodni o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, uning dardi cho‘zilib, sog‘ayishi kechikishi mumkin. Bundan butun jamiyat aziyat chekadi. Shu sababli davlat iqtisodni davolashda qatnashadi. Davlat firmalarga soliqlardan yengillik beradi, eksportdagi cheklashlarni qisqartiradi, firmalarga yordam puli (subsidiya) beradi, qarz haqi hisoblangan foiz pulini qisqartiradi, bu bilan qarz ko‘tarish hisobidan investitsiyalarni rag‘batlantiradi. Qayerda davlat faollik ko‘rsatsa, shu yerda tezdan beqarorlikdan iqtisodiy o‘sish bosqichiga chiqib olinadi. O‘zbekistonda krizisga qarshi chora- tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi 2008–2009-yil krizisini chetlab o‘tish imkonini berdi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling