2. O‘rta sikllar — bu katta sikl ichidagi 8—12 yillik davr bo‘lib,
texnikani shu davr mobaynida ommaviy tusda yangilanishi bilan bog‘liq.
Ishlab chiqarish quvvati texnikaviy jihatdan eskirib qolganda uni yangilash
uchun investitsiya yuboriladi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirib, tovar
taklifini oshiradi. Ammo taklif haddan ziyod ortib ketib, talab orqada
qoladi, natijada ishlab chiqarish pasayadi. Bunday holatdan chiqish
uchun yana texnika yangilanadi, yangi tovarlar ishlab chiqariladi, eski
tovarlar takomillashadi, bozor kengayib, iqtisodiyot yana o‘sa
boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |