91
Siklli o‘sish davriy o‘sishni bildiradi. Xo‘sh, nima uchun
o‘sish shunday bo‘ladi? Buning sabablari ko‘p, lekin asosiysi
jami talab (
Т
B
) va taklif (
Т
f
) o‘rtasidagi muvozanatning bu-
zilishidir. Jami talab — bu barcha subyektlarning (xonadon,
firmalar, davlat va jamoat tashkilotlarining) yig‘ma talabi hi-
soblanadi. Jami taklif barcha ishlab chiqaruvchilarni hamma
bozor (resurs bozori, iste’mol tovarlari bozori)ga chiqargan va
ma’lum vaqtda taklif etilgan tovar va xizmatlarning summasidir.
Iqtisodiyot bir maromda borishi uchun
Т
B
=Т
f
bo‘lishi zarur.
Iqtisodiyotda noaniqlik bo‘lganidan, muvozanat buzilib
Т
B
>Т
f
yoki
Т
B
<Т
f
yuzaga keladi. Odatda,
Т
B
<Т
f
bo‘lganda yoki taklif
ortib qolganda, bozor kasod bo‘ladi, tovarlar yaxshi foyda
b er a d ig a n na rxd a sotil may qol a di, ch unki buni b ozor
ko‘tarmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, natijada uning pasayishi
yuz beradi. Aytilgan nomuvofiqlik butun milliy bozorda yuz
berganda ishlab chiqarish qisqarishga moyil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: