Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

9.2. Milliy iqtisodiyotning o‘sishi
Makro darajadagi iqtisodiy o‘sish o‘zi nima?
Iqtisodiy  o‘sish  iqtisodiyotning  rivojlanishi  bo‘lib,  yaratilgan
mahsulot va xizmatlarning ko‘payib borishini bildiradi.
Milliy iqtisodiyotdagi  iqtisodiy o‘sish yalpi ichki mahsulotning
(YAIM)  ko‘payib  borishida  ifoda  etiladi.  YAIM  —  bu  ma’lum
davrda,  masalan, bir  yilda  iqtisodiyotning barcha  ishtirokchilari
yaratgan mahsulot va xizmatlarning bozor narxlarida hisoblangan
summasidir.  Uning  miqdori,  birinchidan,  yaratilgan  tovar  va
xizmatlar miqdoriga va ular birligining narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar
mamlakatda 500 mln dona tovar va 100 mln xil xizmat yaratilgan
bo‘lib,  bir  tovarning  o‘rtacha  narxi  120  dollar,  xizmat  narxi  80
dollar bo‘lsa, bunda:
YAIM = 500 mln Ѕ 120+100 mln Ѕ 80 =
= 60 mlrd+8 mlrd=68mlrd dollar bo‘ladi.
Mahsulot va xizmatlar miqdori o‘zgarmagan va, hatto, pasaygan
taqdirda  narx  yuqori  bo‘lsa,  YAIM  summasi  ham  ko‘p  bo‘ladi.
Aksincha, tovar va xizmatlar miqdori o‘sgan holda narx undan ko‘proq
pasayib ketsa, YAIM hajmi kamayadi. Asosiy mahsuloti neft va gaz
bo‘lgan  mamlakatlarda  bularning  narxining  oshishi  YAIMni
ko‘paytiradi, bular narxi pasayganda aksi yuz beradi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling