Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Umumiy ishsizlik — tovarlar va xizmatlarning bozori kasod bo‘lishi
natijasida  ularni  ishlab  chiqarganlar  mehnatiga  talabning  qisqarib
ketishi bilan paydo bo‘ladigan ishsizlik. Bu ishsizlik, odatda, iqtisodiy
tanglik  sharoitida  yuz  beradi.  Ammo  iqtisod  qaytadan  o‘nglanib,
mehnatga talab ortgach, ishsiz qolganlar qaytadan ishga joylashadilar.
8.8. Ishsizlik me’yorining darajasi
Normal darajadagi ishsizlik iqtisodiyot uchun tabiiy hol, chunki
mehnatga talab oshgan kezlarda u ishsizlar hisobidan qondiriladi,
natijada iqtisod o‘sadi.
Har qanday iqtisodiy hodisa singari ishsizlikning ham miqdoriy
o‘lchami bor, uni ishsizlik darajasi va ishsizlik davomiyligi tashkil
etadi. Ishsizlik darajasi mehnatga layoqatli aholining qanday qismi
ishsiz bo‘lishini bildiradi. Ishsizlik darajasi aniqlanganda ko‘p hollarda
uchrab turadigan ishsizlarning, ya’ni friksion va tarkibiy ishsizlikka
duchor bo‘lganlar, mehnatga layoqatli kishilarning qanday qismini
tashkil etishi hisoblab chiqiladi. Uni hisoblash formulasi:
100
Nl
Id
Nl
=
×
Bunda Id — ishsizlik darajasi, Nl — mehnatga layoqatli aholi
soni, Ni — ishsizlar soni. Masalan, mamlakatda ishga yaroqli faol
aholi 12 million kishi bo‘lgani holda ulardan 0,6 million kishi ishsiz.
Bunda:
0,6
100
100
5%
12,0
Ni
Id
Nl
=
×
=
×
=
Demak,  ishsizlik  darajasi  5  foiz  bo‘lgan.  Agar  bu  ko‘rsatkich
7 foizga yetsa, ishsizlik darajasi oshgan, 4 foizga tushsa, qisqargan
bo‘ladi. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik tabiiy darajasi
6  foiz  bo‘lishi  ma’qul  deb  hisoblanadi,  bu  ishsizlarni  ish  topish
imkoniyatlari  va  ular  band  bo‘lmay  qolganda  ularni  nafaqa  bilan
ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqadi.


82
Iqtisodiy yuksalish kezlarida ish bilan to‘la bandlik vujudga keladi,
ammo bu hamma mehnatga layoqatli kishilarning yuz foiz ishlashini
bildirmaydi. Ko‘p mamlakatlarda mehnatga layoqatli aholining 97—
98 foizi ishlasa, to‘la bandlik bor, deb hisoblanadi.
Ishsizlik  bozor  iqtisodiyoti  uchun  muqarrar  bo‘lsa-da,  baribir
jamiyat uchun nomaqbul hodisa, shu boisdan ishsizlikni qisqartirish,
ishsizlarga yordam berishda davlat ham faol qatnashadi, bunga uning
bandlik siyosati qaratiladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling