Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Ishsizlik ishlashga bo‘lgan talabning qondirilmay qolishi yoki


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Ishsizlik ishlashga bo‘lgan talabning qondirilmay qolishi yoki
mehnatga  qobil kishilarning  ishlab pul  topishiga zarurat  bo‘lgan
holda bekor qolishidir.
S
oat
ba

is
h
 h
aq
i,
 s
o‘
m
da
Ishga olinganlar  soni
700
600
500
400
300
200
100
100 200 300 400 500 600 700 800 900
A
M
S
D
B


79
Mehnat yoshidagi  kishilardan ma’lum qismining ishlashga bo‘lgan
talabi qondirilmaydi, natijada ular ishga joylasha olmaydilar. Mana
shular ishsizlarni tashkil etadi (8.2-rasm).
Ishsizlikning  sababi  mehnatga  bo‘lgan  bozor  talabining  uning
taklifidan  oz  bo‘lishidir.  Тexnika  taraqqiyoti  tufayli  mashinalarni
ko‘plab ishlatish ish kuchiga bo‘lgan talabni qisqartiradi. Firmalar
mehnat  unumdorligini  oshirib,  ozchilik  mehnati  bilan  ko‘proq
mahsulot ishlab chiqarish vositasida foyda olishni ta’minlaydilar.
Masalan, firmada 50 ta stanok bo‘lib, 2 smenada 100 kishi ishlar
edi, ular kuniga 10 mln so‘mlik mahsulot yaratishadi, shu mahsulotni
sotish  firmaga  1  mln  so‘mlik  foyda  keltiradi.  Firma  40  ta  yangi,
unumi yuqori stanok sotib oladi va 80 kishini ishlatib 12 mln so‘mlik
mahsulot va 1,2 mln so‘mlik foyda oladi. Natijada 20 kishi ishdan
bo‘shatiladi.
Mehnatga talab u yaratgan tovarlarga bo‘lgan talabga ham bog‘liq.
Тovarlar  yaxshi  sotilib  turilsa,  ularni  ko‘paytirish  uchun  texnika
o‘zgarmagan sharoitda qo‘shimcha ish kuchi kerak bo‘ladi. Aksincha,
tovarlar sotilmay tursa, ularni ishlab chiqarishni qisqartirish kerak,
bu ish kuchiga talabni kamaytiradi.Iqtisodda tushkunlik bo‘lgan paytda
ishlab chiqarish qisqaradi, ishlab turganlarning bir qismi bo‘shatiladi.
Bunga Yevropada 2009–2012-yillardagi iqtisodiy tanglik sharoitida
ishsizlarning ko‘payishi misol bo‘la oladi.
Ish haqi oshib ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki, masalan,
10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga berilsa, 2 kishi ishsiz qoladi. Bu,
ayniqsa, yangi texnika kiritilganda yuz beradi, chunki malakasi yuqori
kishilar  ishga  olinib,  ularga  yuqori  haq  to‘lanadi.  Malakasi  pastlar
8.2-rasm. Bandlar va ishsizlar.
ISHXONA
MEHNAT  BIRJASI


80
ishsiz qoladi. Ishlab chiqarishda eski tarmoqlar qisqarib, yangilari rivoj
topganda eski kasblarga talab qisqarsa, yangisiga talab ortadi. Lekin
bu o‘zgarishlar miqdoran mos kelmay qoladi. Masalan, eski kasbga
talab 40 foiz qisqarsa, yangi kasbga talab 25 foiz ortadi. Yangi kasbni
egallab ulgurganlar ishga joylashadi, ulgurmaganlar ishsiz qoladi.
Mehnatga talabning mavsumiy o‘zgarishi ham ishsizlikka olib keladi.
Masalan, yoz mavsumida quruvchilar mehnatiga talab oshadi, yog‘in-
sochin mavsumida talab qisqarib, quruvchilarning bir qismi ishsiz
qoladi. Eski ishdan bo‘shagach, yangi ishga joylashguncha ham kishilar
ishsiz bo‘lishi mumkin. O‘z ixtiyori bilan ishsiz qolish ham mumkin.
Ish qobiliyati bor bo‘laturib or-nomusini yo‘qotib, sang‘ib yuruvchi
bekorchilar (bomjlar) bor. Ular ishlash imkoni bo‘lsa-da, turli tasodifiy
daromadlar bilan kun ko‘rish (tilanchilik qilish, xayr-ehson hisobiga
yashash)ni afzal biladilar. Ishsizlikning sababi, aholining tez ko‘payishi
ham bo‘ladi, bu iqtisodi zaif mamlakatlarga xos bo‘ladi. Bu yerda
mehnat resurslari tez ko‘payib, mehnatning taklifi jadal ortadi, iqtisod
kuchsiz bo‘lganidan mehnatga talab sekin o‘sadi. Natijada ishsizlik
hosil bo‘ladi. Shunday sharoitda ortiqcha ish kuchi sohiblari, asosan
yoshlar ish qidirib chet elga ravona bo‘ladilar.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling