8.7. Ishsizlik shakllari
Friksion ishsizlik vaqtincha ishsizlik bo‘lib, ish joyini almashtirish
paytida yuz beradi, eski ishdan ketib, yangi ishga o‘tguncha ishsizlik
yuz beradi.
Masalan, ishxonasi uzoqlik qilgan kishi eski ishidan bo‘shaydi, u
uyiga yaqin joydan ish topib olguncha ishsiz yuradi.
Тarkibiy ishsizlik — ishlab chiqarish tarkibi o‘zgargan chog‘da
vujudga keladigan ishsizlik. Bunda yangi sohalar rivojlanib, eski sohalar
qisqaradi, eski sohalarda ishlab kelganlar yangi sohaga kerak kasbni
darhol o‘zlashtira olmaydilar, kasb o‘zgarishi mobaynida ishsiz
qoladilar.
Masalan, chilangar mehnatiga talab qisqarib, mashinalarni sozlovchi
mehnatiga talab ortadi. Lekin chilangar yangi kasbni 2—3 oy mobaynida
o‘rganib o‘zlashtirishi mumkin. Shu paytda u ishsiz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |