Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

8.4. Mehnatga talab
Mehnatga talab muayyan vaqtda necha nafar ishlovchilarni qancha
ish haqi to‘lash sharti bilan ishga qabul qilinishi mumkinligini bildiradi.
Mehnatga talab u keltirgan foydaga bog‘liq va doimo o‘zgarib
turadi. Ish haqi yuqori bo‘lsa, mehnatga talab qisqaradi, agar u past
bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Past ish haqi sharoitida albatta foyda
ortadi. Ish beruvchilar ish haqini kamaytirishga intilsa, ishchilar uni
oshirishga intiladi, chunki har qanday tovar egasi uni yaxshi pullashga
harakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham mehnatga talab
ko‘payishi mumkin, chunki ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi
tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha
sarfni  mehnat  unumdorligining  ortishi  qoplaydi  va  hatto  uning
tejalishiga ham olib keladi. Buni bir soatlik ish haqi va unumdorlik
misolida ko‘rib chiqamiz (8.1-jadval).
Ko‘rsatkichlarni tahlil etsak, ish haqi 25 foiz (2500/2000x100=125)
oshgani holda, unumdorlik (1500/100x100=150) 50 foizga ortganini
ko‘ramiz. Natijada mahsulot birligiga ketgan ish haqi sarfi 20 foiz
(1,6/2x100=80) qisqargan, bu esa foydani ko‘paytirgan.
Mehnat  bozorida  ham  talab  qonuni  amal  qiladi.  Unga  ko‘ra
mehnatga talab uning narxi bo‘lmish ish haqi miqdoriga nisbatan
teskari mutanosiblikda bo‘ladi, ya’ni ish haqi oshsa, mehnatga talab
qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Bunday hodisani
quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin:
8.1-jadval
Ko‘rsatkichlar
Oldingi ish haqi  davrida Ish haqi oshgandan so‘ng
Bir soatlik mehnat uchun
berilgan ish haqi
Bir  soatlik  mehnat  yaratgan
mahsulot  miqdori  (bir  soatlik
mehnat unumdorligi),  dona
Mahsulot birligiga  (bir
donasiga)  ketgan  ish  haqi
sarflari
2000
2500
1000
1500
2
1,6
S
oat
ba

is
h
 h
aqi
Ishlovchilar  soni
Mehnatga talab
800
700
500
400
200
100
 100       300        500   700     900


77
Chizmadan  ko‘rib  turibmizki,  soatbay  ish  haqi  500  bo‘lganda,
ishlash uchun 500 kishi talab qilingan, mehnat arzonlashib, soatbay haq
400 ga tushganda mehnatga talab ortib, bu jami 700 kishidan iborat
bo‘lgan. Aksincha, ish haqi 700 ga yetganda, mehnatga talab 300
kishidan  iborat  bo‘lgan.  Birinchi  holda  ish  haqining  20  foiziga
(400/500Ѕ100=80) pasayishi mehnatga talabni 40 foizga (700/500Ѕ100=140)
oshirgan. Ish haqining 40 foiz oshishi (700/500Ѕ100=140) mehnatga
talabni 40 foizga (300/500Ѕ100=60) kamaytirgan. Demak, ish haqiga
qarab mehnatga talabning o‘zgarishi yuz bergan.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling