Mehnat resurslari deganda aholining mehnatga layoqatli qismi
tushuniladi.
8.1-rasm. Aholi tarkibi.
Kishilar yoshining ulg‘ayishiga qarab mehnat resurslariga avval
qo‘shiladilar, so‘ngra undan chiqadilar. Ularning o‘sishi aholining
ko‘payishiga bog‘liq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik ko‘p bo‘lsa,
shunchalik mehnat resurslari tez o‘sadi. O‘zbekistonda mehnat
resurslari har yili 330 ming kishiga ko‘payadi. Bular maktablarni bitirib,
mehnat yoshiga qadam qo‘ygan yoshlardir.
Mehnat resurslari ishlab chiqarish imkoniyatlarini bildiradi. Biroq
bu imkoniyatlar ro‘yobga chiqishi uchun mehnat yoshidagilar ish
bilan ta’minlanishi zarur. Kishilar mehnatining kerakligi yoki
keraksizligini mehnat bozori belgilaydi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |