Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

7.5. Xonadon jamg‘armasi
Xonadon faoliyati iste’mol bilan tugallanmaydi, chunki u jamg‘a-
rishni ham bildiradi. Jamg‘arish xonadon daromadining uning joriy
iste’mol sarflaridan ortib qolgan qismidir. Jamg‘arish miqdorini (J)
aniqlash uchun qo‘lga tekkan daromaddan (Dk) joriy iste’mol sarflari
(Xi) chegirib tashlanadi.  Bunda =DkXi hosil  bo‘ladi. Masalan,
xonadonning bir yillik qo‘lga tekkan daromadi 4,2 mln so‘m bo‘lsa,
shundan  3  mln  so‘m  iste’mol  uchun  sarflanadi.  Bunda  jamg‘arish
1,2 mln so‘m bo‘ladi, chunki = 4,2 mln – 3,0 mln =1,2 mln. Xo‘sh,
nima  sababdan  xonadon jamg‘arish  qiladi? Buning  sabablari  quyi-
dagicha:
1.  Xonadon  ham  riskka  –  xatarga    yo‘liqadi,  uni  yumshatish
uchun pul jamg‘armasi hosil etiladiki, bu firmada tovar moddiy zaxira
hosil etish singari, har ehtimolga qarshi tashkil qilinadi.
2. Xonadonning kechiktirilgan ehtiyoji bo‘ladi, bunda xonadonning
hozirgi topgani bu ehtiyojni qondirishga yetmaydi. Masalan, xonadon
uy yoki avtomashina olishi kerak, bunga hozirgi puli yetmaydi, shu
bois u pulni mashina yoki kvartira olishga yetguncha jamg‘arib boradi.
3. Xonadonning kelajakda kutiladigan xarajatlari bor, masalan,
to‘y, ma’raka o‘tkazish, qarilikni ta’minlash va h.k. Bular ham jamg‘a-
rishni talab qiladi.
4. Umuman, kishilarda boylik to‘plash uchun jamg‘arishga intilish
bo‘ladi, chunki boy bo‘lmayman degan odam topilmaydi.
Xonadon  topganining  faqat  bir  qismini  jamg‘arishi  mumkin,
chunki  uning kundalik  tirikchiligi  o‘tib  turishi lozim.  Xonadonda
jamg‘arish koeffitsiyenti (K) bilan qancha daromad (D) jamg‘arilib
borishini (J) bilish mumkin. Bunda 
 
 
J
K
D
=
 bo‘ladi. Har doim K<1
bo‘lishi talab qilinadi. Agar K = 1 bo‘lsa, iste’mol nolga tenglashadi,
bu mutlaqo bo‘lishi mumkin emas, chunki xonadon faqat hayotiy
ehtiyojlarini (iste’molini) qondirganidan so‘ng jamg‘arma hosil etishi
mumkin. Bu koeffitsiyent birdan kam, lekin har xil darajada undan
past  bo‘lishi  mumkin:  K=0,2;  K=0,24;  K=0,30;  K=0,32  va  h.k.
Koeffitsiyentning  bunday  tebranishi  daromadning  miqdoriga  va
jamg‘arishga moyillik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, xonadonning


70
yillik daromadi 6,0 mln so‘m, uning 20 foizi jamg‘ariladi, jamg‘arishga
moyilligi pasaysa, jamg‘arish 15 foizga tushib qoladi. Bordi-yu daromad
7,5  mln  so‘mga  yetib,  moyillik  oldingidek  qolsa  (20  foiz  bo‘lsa),
unda jamg‘arish daromadga qarab oshgan bo‘ladi.
Xonadon  daromadi  bilan  uning  joriy  sarflari  o‘rtasidagi  farq
(D — ) qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ko‘p jamg‘arma hosil bo‘ladi:
Daromad
Xarajat
Chizmadan daromad va xarajat chiziqlari bir-biridan yiroqlashib
borganini  ko‘ramiz.  Bunda  oraliq  AB  bo‘lgan.  Bu
jamg‘arishning ortib borishini ko‘rsatadi va FL oralig‘i eng kattasi
bo‘lgan.  Agar  daromadlarning  hammasi  sarflanganda  ikki  chiziq
tenglashib  (13=13),  nuqtali  OZ  chizig‘i  hosil  bo‘lar  edi,  ya’ni
jamg‘arish nolga tenglashadi. Agar xarajat chizig‘i daromad chizig‘ining
pastida bo‘lsa, jamg‘arma hosil bo‘ladi, agar tepasida bo‘lsa, xonadon
topganining hammasini sarflab, qarzga yashayotgan bo‘ladi.
Xonadon jamg‘armasi turli shakllarda yuz beradi:
1) Pul shaklida, buning uchun pulning qadri barqaror bo‘ishi, u
kuchli inflatsiyaga duch kelmasligi zarur; 2) ko‘chmas mulk shaklida,
bunda jamg‘arilgan pul bino, yer, uy-joyga aylantiriladi; 3) moliyaviy
aktivlar shaklida — bunda pulga qimmatli qog‘ozlar, ya’ni aksiya,
obligatsiya  va  sertifikatlar  sotib  olinadi;  4)  javohirot,  osori  atiqa
buyumlar shakli. Bunda pul shu buyumlarni sotib olishga yubori-
ladi.
Xonadon jamg‘armasi haqida so‘z ketganda uning hamma toifalari
(boy, o‘rtahol, kambag‘al)ni jamg‘arishni nazarda tutish kerak, chunki
ularning barchasida u yoki bu darajada jamg‘arishga moyillik bo‘ladi,
shu sababdan ularning jamiyatdagi yalpi jamg‘armadagi hissasi turlicha
bo‘ladi.
Xonadonning moddiy yoki pul shaklidagi jamg‘armasini daromad
olish uchun biror ishga qo‘yilganda investitsiya yuz beradi.


71
Xonadon pulini investitsiyalashning asosiy shakllari uni bankka
qo‘yish, unga qimmatli qog‘ozlar olish, o‘z biznesi uchun sarflash,
aylantirib turish maqsadida o‘zgalarga qarzga berishdan iborat bo‘ladi.
Bu usullarning qaysi birini qo‘llash xonadonning tanloviga bog‘liq.
Xonadon investitsiyani faqat hozir pul topish uchun qiladi, deb
tushunish xato bo‘ladi. U o‘z pulini kelajakni o‘ylab inson kapitaliga
ham qo‘yadi. Inson kapitaliga investitsiya qilish — bu mablag‘ni ish
kuchiga, uning sifatini oshirishga, ya’ni insonning aqliy va jismoniy
ish qobiliyatini oshirishga sarflanishini bildiradi. Bu investitsiya eng
samarali hisoblanadi, chunki bu insonning qobiliyatida mujassam-
lashadi,  uzoq  vaqt  naf  keltiradi.  Ammo  buning  asosiy  sharti  puli
investitsiyalangan  kishi ish  bilan  band bo‘lishi  zarur,  aks holda  u
o‘zini oqlamaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling