Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

8.2. Mehnat bozori
Mehnat qilish insonning o‘z ish kuchini foydali sarflashi, ya’ni
uning natijasida tovarlar yoki xizmatlar yaratishdir. Kuch-quvvatni
befoyda sarflash mehnat hisoblanmaydi, albatta. Mehnat ish kuchining
sarflanishi, ish kuchi esa insonning qobiliyati bo‘lib, uning jismidan
ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi. Ish kuchi ham tovar bo‘ladi.
Mehnat bozori — bu ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozordir.
Bu bozorda  ishga  yollanuvchilar o‘z  mehnatini taklif  etadilar,
ishga  oluvchilar  esa  mehnatga  o‘z  talabini  bildiradilar.  Ishga
yollanuvchi erkin shaxs, ishlash yoki ishlamaslik uning ixtiyorida. U
o‘z shaxsini emas, balki o‘z mehnatini sotadi, sotganda ham ma’lum
vaqtga va o‘ziga ma’qul narx bilan sotadi. Ishga yollovchi mehnatdan
naf kutganligi uchun uni sotib oladi. Ish kuchi oldi-sotdisi bevosita
xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuz berishi mumkin.
Bunda ishlayman degan kishi o‘zi ish topadi, korxona esa uni ishga
oladi. Oldi-sotdida vositachilar ishtirok etganda ular xaridor bilan
sotuvchini bir-biri bilan bog‘laydi. Bu vazifani mehnat birjalari yoki
ish  topib  beruvchi  firmalar  bajaradi.  Birjalar  firmalarda  bo‘sh  ish
o‘rni borligini aniqlab, ish qidirganlarni o‘sha yerga yuboradilar. Ish
kuchining oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi.
Bitimlar  asosida  va  belgilangan  tartibda  ishga  qabul  qilish  va
ishdan bo‘shatish uyushgan mehnat bozoriga xos bo‘ladi. Bu bozor
mehnat birjasi shakliga ega. Bu yerda bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalari)
ishlashga talabgorlarga taklif etiladi. Amalda tartibsiz mehnat bozori
ham borki, bu O‘zbekistonda mardikor bozori shakliga ega. Bu yerda
ishga yollash qisqa muddatli (odatda bir kunga) yuz beradi va og‘zaki
kelishuv asosida bo‘ladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling