Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
Nominal va real YAIM farqlanadi. Iqtisodiy o‘sishni haqiqatan
real mahsulotning ko‘payishi ko‘rsatadi. Nominal YAIM amaldagi joriy narxlarda hisoblangan mahsulot va xizmatlardir. Uning o‘sishi inflatsiya sharoitida narxning ortishi hisobidan bo‘lgani uchun mahsulot va xizmatlarni joriy narxda emas, balki o‘zgarmaydigan taqqosiy narxlarda hisoblash kerak bo‘ladi. Mana shu real YAIM bo‘ladi. Butun dunyoda real YAIM 2000–2010-yillar oralig‘ida bir yilda o‘rtacha 2,8% bo‘ldi. Eng sekin o‘sish Portugaliyada yiliga 0,4% ni tashkil etsa, eng yuqori o‘sish Angolada yuz berib, 12,9% ni tashkil etdi. O‘zbekiston yuksak o‘sish bo‘lgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olib, bu ko‘rsatkich 7,1%ni tashkil etdi. Iqtisodiy o‘sishning nisbiy va mutlaq ko‘rsatkichlari bor. Nisbiy ko‘rsatkich YAIMning o‘sish yoki pasayish sur’atlari bo‘lib, foizlarda ifodalanadi. Mutlaq ko‘rsatkich YAIM necha foizga emas, balki qanday miqdorda o‘zgarganini ko‘rsatadi. 86 Masalan, «A» mamakatda real YAIM 120 milliard dollardan 160 milliard dollarga yetgan. Bunda mutlaq o‘sish 40 milliardga teng (160—120=40), nisbiy o‘sish esa 25,0 foiz (40x100/160=25%). Iqtisodiyot uchun YAIMning mutlaq o‘sishi, ya’ni qanday miqdorda o‘sgani muhimroq, chunki bu ishlab chiqarishning ko‘lamini bildiradi. Masalan, 3 mamlakatning har birida YAIM 10 foiz o‘sdi, lekin ulardagi bir foizning real miqdori har xil, shu bois 10 foizning ahamiyati bir xil bo‘lmaydi. 10 foiz o‘sish «A» mamlakatda YAIMning 15 milliard dollarga, «B» mamlakatda 12 milliard dollarga, «C» mamlakatda esa 18 milliard dollarga ko‘payganini bildiradi. Demak, 1 foiz o‘sishning vazni har xil: 1,5, 1,2 va, nihoyat, 1,8 milliard dollarga teng. Xullas, iqtisodiy o‘sishga baho berganda, uning foiz ko‘rsatkichlari bilan chegaralanish kifoya qilmaydi. Buning uchun uning amaldagi mutlaq hajmi qancha ekanligini bilish ham muhimdir. O‘zbekiston YAIM jadal sur’atlar bilan o‘sgani holda uning mutlaq hajmi ham jon boshiga oshib bordi. Bu 1990-yilda 1321 AQSH dollari bo‘lsa, 2000-yil 1426 dollar va nihoyat 2010-yil 3258 dollarga yetdi. Jahonda yirik, o‘rtacha, kichik va o‘ta kichik mamlakatlar mavjud. Ularning YAIM va aholisi bir xil emas. Xitoy bilan Qozog‘istonni, O‘zbekiston bilan AQSHni, Тurkmaniston bilan Rossiyani YAIM hajmi jihatidan solishtirib bo‘lmaydi, chunki bu mamlakatlarning iqtisodiy qudrati turlicha. Bir mamlakatda YAIM hajmi boshqa mamlakatga nisbatan ortiq bo‘lgan holda, aholining ko‘pligi tufayli jon boshiga hisoblangan YAIM ko‘rsatkichi past bo‘lishi mumkin. Buni (Wj) aniqlash uchun real mahsulot hajmi (Wq) aholi soni (Ni)ga bo‘linadi, ya’ni Wj = Wd : Ni. Buni aniq misolda ko‘rib chi- qamiz. 2010-yili Germaniyada real YAIM 3116,1 mlrd dollar, aholi esa 82 mln nafar edi. Bunda: 3 1 1 6 ,1 W j = = 3 8 0 0 0 d o llar 8 2 Xuddi shu yili Hindiston YAIM 4170,9 mlrd dollar, aholisi 1171,0 mln nafar edi. Demak: 4 1 7 0 ,9 W j= = 3 5 1 5 ,9 d o lla r 1 1 7 1 ,0 Demak, Germaniya YAIM kam bo‘lsa-da, iqtisodiy darajasi Hindistonnikidan yuqori, chunki 38000,0 > 3515,9. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling