Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


aloqalarning izdan chiqishi, moliya o‘z vazifalarini bajarishda katta


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

aloqalarning izdan chiqishi, moliya o‘z vazifalarini bajarishda katta
qiyinchiliklarga duch kelishi bilan tavsiflanadi.
Bu bank, fond bozori va davlat budjeti krizislarini o‘z ichiga
oladi.  Bank  krizisi  yuz  berganda  unga  uchragan  banklar  o‘z
kapitalining  katta  qismini  yo‘qotib,  bankrot  holiga  tushadilar.
Buning sababi shundaki, banklar mo‘maygina pul topaman deb
katta kreditni, hatto qaytarilishi gumonli bo‘lgan kreditni beradilar.
Qaltis operatsiyalarga qo‘l uradilar. Fond birjalarida chayqovchilik
qiladilar.
Kreditni o‘z vaqtida yoki umuman qaytmasligi, kredit hisobidan
garovga olingan mol-mulk narxining tushib ketishi, birjada aksiya va
obligatsiyalarning birdaniga arzonlashib ketishi kabi holatlar banklarni
katta pulga tushirib qo‘yadi.
Fond  bozoridagi  krizis  shundan  iboratki,  bu  yerda  aksiya  va
obligatsiyalarning narxi birdaniga tushib ketib, uning egalari katta
pulni yo‘qotadilar, moliyaviy bankrotga aylanadilar, fond bozoridagi
operatsiyalar kutilmagan darajada pasayib ketadi, bu bozordagilarga
vahma soladi.
Bunday    ko‘ngilsiz  hodisalarning  sababi  moliya  ope-
ratsiyalarining  tartibsiz  va  nazoratsiz  o‘sishi  bo‘ladi.  Bu  ham
bozor iqtisodiyoti nuqsonli ekanligini ko‘rsatadi. Budjet krizisi
yuz  berganda  budjet  defitsiti  oshib  ketadi,  katta  xarajatlarni
qoplash uchun davlat qarz majburiyati bo‘lgan obligatsiyalarni
ko‘plab sotadi. Ularni qaytadan sotib olish uchun kuchi yetmaydi,
davlat qarzga botib qoladi.
Krizisdagi katta pul yo‘qotishlar bozordagi jami talabni qisqartirib,
iqtisodiy tanglikka olib keladi, retsessiya holati paydo bo‘ladi. Eng
so‘nggi va g‘oyat kuchli moliya krizisi 2009–2010-yilgi krizis bo‘lib,
dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarini qamrab oldi. Moliya krizislari
abadiy emas, ular bir paydo bo‘lsa, bir yo‘qolib turadi. Ulardan tez
va katta talafotsiz chiqish uchun davlatdan faol antikrizis siyosatini
yurgizish talab qilinadi.


107
  

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling