Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

11-BOB. DAVLAТ  VA  IQТISODIYOТ
11.1. Davlat – iqtisodiyot ishtirokchisi
Ilgari  davlat  iqtisoddan  chetlashgan  bo‘lib,  u  siyosat  bilan
shug‘ullanib, iqtisodiyotni kuzatish bilan cheklangan, uning asosiy
vazifasi soliq  undirish  orqali  xazinani  to‘ldirish  bo‘lgan. Hozirgi
iqtisodda  davlat  uning  faol  ishtirokchisi,  u  soliq  undirish  bilan
cheklanmaydi, uning mulki, binobarin, korxonalari bor, u iqtisodni
o‘stirishni pul bilan ta’minlab turadi, firmalarni rag‘batlantiradi. Davlat
iqtisodiyotning  boshqa  ishtirokchilari  —  firmalar  va  xonadon
xo‘jaligidan shu  bilan farqlanadiki,  u tanho,  uning raqiblari  yo‘q,
chunki bitta mamlakatda bitta davlat bo‘ladi. Yer yuzida firmalar va
xonadonlar soni milliardlardan iborat bo‘lsa, davlatlar soni faqat 200
ga yaqin. Davlatning qo‘lida katta puldan tashqari siyosiy hokimiyat
ham bor, uning farmoyishlarini bajarish hamma uchun shart.
Davlat firmalar va xonadonlardan farqliroq o‘zini emas, balki
butun  xalqning,  milliy  iqtisodiyotning  manfaatini  ko‘zlaydi.  U
milliy iqtisod doirasida boshqa subyektlar bilan iqtisodiy aloqada
bo‘ladi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rsak bo‘ladi:
Davlat firmalar va xonadonlardan soliq sifatida pul olsa, ularga
subsidiya (yordam puli) va turli nafaqalar beradi. Bundan tashqari, u
firmalardan o‘z ixtiyoridagi turli tashkilotlar uchun (masalan, armiya
va militsiya uchun) tovarlar sotib oladi. O‘z navbatida davlat firmalar
va xonadonlar uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling