2. Iqtisodiyotni tartiblab turish.
Bozor iqtisodi ideal, ya’ni to‘la mukammal emas, uning o‘z
nuqsonlari bor, ular yuzaga keltirgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda
davlat ishtirok etadi. Agar bozorning o‘zi iqtisodiyotni nuqsonsiz
tartiblab turganida edi, hech bir tanglik va iqtisodiy beqarorlik yuz
bermagan bo‘lar edi. Holbuki, tanglik va inqirozlar uchrab turadigan
hodisadir. Masalan, 2008-yil rivojlangan Yevropa mamlakatlarida
retsessiya vujudga keldi va uch yildan ziyod davom etdi. Demak,
bozor nuqsonsiz ishlay olmaydi, shu sababdan davlat albatta
iqtisodiyotni tartibga solishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |