Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


 Iqtisodga ta’sir etishning moliyaviy vositalari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

11.6. Iqtisodga ta’sir etishning moliyaviy vositalari
Iqtisodiyotga  ta’sir  etishning  sinalgan  vositasi  puldir.  Soliqlar
vositasida davlat qo‘lida katta pul to‘planadiki, bu uning daromadlarini
tashkil etadi va asosan davlat budjetida jamlanadi. Bunday katta pul
hech bir firma yoki xonadonda bo‘lmaydi, undan davlat iqtisodiyotga
ta’sir etish uchun foydalanadi.
Soliqlar davlatning eng ta’sirchan vositasidir. Uning vazifasi budjetga
pul yig‘ish bilan cheklanmaydi, chunki uning vositasida firmalar va
xonadon faoliyati rag‘batlantiriladi. Soliqlar firmalar xarajatiga kiradi.
Davlat soliqlarni oshirsa, xarajatlar ham oshadi, binobarin, bu foydani
qisqartiradi,  natijada  ishlab  chiqarishni  o‘stirishdan  manfaatdorlik
kamayadi. Soliqlar kamaytirilsa, xarajatlar pasayib, foyda ko‘payadi,
foydani ishlab chiqarishni o‘stirishga yuborish imkoni ham kengayadi.
Masalan, firma soliqning hammasini to‘lagan sharoitda 10 mln dollarga
teng  foydani  ishlab  chiqarishga  yuboradi,  buning  natijasida  ishlab
chiqarish  kengayib,  qo‘shimcha  600  mln  dollarga  teng  mahsulot
yaratiladi. Agar firmaga soliqdan 2 mln dollarlik imtiyoz berilsa, u
12  mln dollarni o‘z ishiga sarflaydi, natijada mahsulot ishlab chiqarish
800 mln dollarga yetadi. Demak, soliq imtiyozi tufayli mahsulot 200
mln dollarga (800—600=200) ko‘payadi. Masalan, O‘zbekistonda 2006-
yil  davlat  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  bergan  soliq  imtiyozi
425 mlrd so‘m bo‘lib, ular qo‘shimcha investitsiyaga ega bo‘ldi.
Fan-texnika taraqqiyoti yuzaga keltirgan yangi ishlab chiqarish
sohalari borki, ularni jadal o‘stirish uchun soliq imtiyozlari beriladi.
Masalan, yonilg‘ini tejovchi, o‘ta chidamli dvigatellar ishlab chiqaruv-
chi korxonalarga soliqdan yengillik berilsa, ularning xarajatlari soliq
hisobidan kamayadi. Natijada dvigatellarni ishlab chiqarish va ommaviy
qo‘llanishi ko‘payadi, bu iqtisodiy o‘sishga olib keladi.
Ekologik zararli  mahsulotni ishlab  chiqarishni to‘xtatish  zarur
bo‘lsa, soliqlar ko‘paytiriladi, natijada firmalar xarajatlari ko‘payib,
foyda  kamayadi,  oxir-oqibatda  foyda  olish  uchun  ekologik  toza
mahsulot ishlab chiqarishga o‘tiladi.
Davlat soliqlardan tadbirkorlikni, xayr-ehson ishlarini, eksport-
importni, xorij kapitalining kirib kelishini rag‘batlantirish uchun ham
foydalanadi. Masalan, O‘zbekistonda yangi ochilgan kichik firmalar,
fermer xo‘jaliklari 2 yilgacha soliqdan ozod qilingan edi. Eksportbop
tovar ishlab chiqargan korxonalar ham soliq imtiyozlari oladilar.
Davlat firmalar  to‘laydigan soliq muddatini  kechiktiradi, soliq
puli kreditga (qarzga) aylantiriladi. Masalan, korxona har yili 25 mln
so‘m soliq to‘lashi kerak. Bu soliq 2 yil muddatga imtiyozli kreditga
aylantiriladi, natijada korxona 50 mln so‘mni ishlab chiqarishga yo‘llab,
uni o‘stiradi va soliqni topgan pulidan 2 yildan so‘ng to‘laydi.


114
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartiblashning yana bir muhim
vositasi moliyaviy sanatsiya (sog‘lomlashtirish) hisoblanadi. Sanatsiya
davlat ishtirokida tang ahvolga tushib qolgan korxonalarni moliyaviy
jihatdan sog‘lomlashtirib, ularning oyoqqa turib ketishiga ko‘mak-
lashuvidir. Bu ishning zarurligini sohibqiron Amir Тemur allaqachonlar
ta’kidlab:  «Sarmoyasi  qo‘lidan  ketib  qolgan  savdogarlarga  o‘z
sarmoyasini qaytadan tiklash uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin
berulsin»
1
, deb farmon bergan ekan.
Sanatsiyada davlat korxonalarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan
tadbirlarni qo‘llaydi: korxona qarzini to‘lash muddatini kechiktirish yoki
umuman kechib yuborish, korxonaga soliqdan yengillik berish, soliqni
kreditga aylantirish, korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan
to‘lash,  korxonaga  eksport  yuzasidan  imtiyozlar  berish.  Davlatning
sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi. Birinchisi— korxonaning
milliy  yoki  hududiy  iqtisodiyot  uchun  ahamiyati  katta  bo‘lishi  kerak,
ikkinchisi — korxonaning tang ahvolga tushib qolishi uning aybi bilan
emas, balki boshqa tashqi sabablar bilan bo‘lishi lozim. Yomon ishlagan,
bozor talabiga moslasha olmasdan moliyaviy inqirozga yuz tutgan korxonaga
davlat yordam bermaydi, chunki bu bozor qoidalariga zid keladi.
O‘zbekistonda sanatsiya ko‘pincha qishloq xo‘jaligida qo‘llanadi.
Bu yerdagi korxonalar kutilmaganda narxlarning o‘zgarishi yoki tabiiy
qiyinchiliklar tufayli o‘z xohishidan qat’i nazar zarar ko‘radilar. Bunda
davlat eng og‘ir ahvoldagi xo‘jaliklarga nisbatan sanatsiya qo‘llaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling