Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


 Iqtisodiyotning  davlat  sektori


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

11.8. Iqtisodiyotning  davlat  sektori
Davlat  iqtisodiyot  subyekti  sifatida  o‘z  mulkiga  ega,  uning
korxonalari, iqtisod bilan mashg‘ul bo‘lgan idoralari bor, unga qarashli
budjetda katta pul mavjud. Bular iqtisodiyotga davlat sektori borligidan
darak beradi.
Davlat manfaatlari mavjud bo‘lgan va davlat iqtisodiy faoliyat
yuritadigan sohalar davlat sektorini tashkil etadi.
Davlat  sektoriga  davlat  korxonalaridan  tashqari  davlat  budjeti,
unga  qarashli  budjetdan  tashqari  pul  jamg‘armalari  kiradi.  Davlat
ishlab chiqaruvchi (tadbirkor) va iste’molchi (xaridor) sifatida bo‘ladi.
Davlat  qo‘lida  milliy  iqtisodiyot  rivoji  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan
korxonalar, temiryo‘llar, avtomobil yo‘llari, suv xo‘jaligi, energetika
tarmoqlari kabilar bo‘ladi. Ular yaratgan tovar va xizmatlarning boshqa
korxona va tashkilotlarga yetkazib berilishi ularning rivojini ta’minlaydi.
Masalan,  O‘zbekistonda  davlatga  qarashli  yoqilg‘i-energetika
korxonalarining (gaz qazib olish, uni uzatish, neftni qazib olish va
qayta ishlash,  ko‘mir qazib olish korxonalari  va elektrostansiyalar)
ishiga  butun  iqtisod  bog‘liq,  chunki  ular  butun  xalq  xo‘jaligining
oziqasi bo‘lgan energiyani yetkazib beradilar. Davlatga qarashli suv
inshootlari  —  suv  omborlari, kanallar,  suv  quvurlari  faqat  qishloq
xo‘jaligi emas, balki sanoat va kommunal xo‘jaligining tayanchidir.
Davlat o‘z korxonalarining ishi bilan iqtisodiyotga hissa qo‘shadi.
Davlat bozorga iste’molchi — xaridor sifatida ham chiqadi. Davlat
buyurtmalariga binoan ishlash firmalar uchun qulay bozor yaratadi,
chunki  tovarlar  va  xizmatlar  oldindan  belgilangan  miqdorda  va
kelishilgan narxda, albatta, sotiladi (11.2-rasm).


117
Davlat  bozorga  chiqmay  qolishi  mumkin  bo‘lgan  pulni  soliq
undirish orqali o‘z qo‘liga olib, uni o‘z buyurtmasini xarid etishga
jalb  etadi,  ya’ni  bozorni  kengaytiradi.  Demak,  davlat  xaridi,
binobarin, iste’moli bilan iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling