Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


 Iqtisodiyotni tartibga solish vositalari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

11.5. Iqtisodiyotni tartibga solish vositalari
Davlatning iqtisodiyotdagi roli uning firmalar va xonadonlardan
nimani olishi-yu, ularga nimani berish bilan cheklanmaydi. Davlat
iqtisodiyotdagi faol kuch bo‘lib, uning rivojida jiddiy o‘rin egallashi
mumkin, lekin buning uchun uning qo‘lida ta’sirchan vositalar bo‘lishi
talab qilinadi. Bu vositalar 3 xil bo‘ladi:
1. Yuridik vositalar.   2. Ma’muriy vositalar.   3. Iqtisodiy vositalar.
Davlat  iqtisodiyotni  eng  avval  unga  oid  qonunchilikni  yo‘lga
qo‘yish bilan tartiblaydi. Qonun chiqaruvchi davlat organlari (par-
lament) tomonidan iqtisodiy hayotga oid qonunlar qabul qilinadi,
qonunlarda iqtisodiyotning tartib-qoidalari belgilanadi.
Iqtisodiy sa’y-harakatlar shu qonunlarga binoan yuz berishi
talab qilinadi, davlat qonunlarning bajarilishini nazorat qiladi,
qonunbuzarlarni  jazolaydi.  O‘zbekistonda  ham  Oliy  Majlis
tomonidan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, iqtisodiy rivoj-
lantirish, uni tartiblashga oid ko‘plab qonunlar qabul qilindi.
O‘zbekistonda qonunlar ustuvor, hamma unga bab-baravar rioya
etishi shart. Qonunchilik iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini
belgilab  beradi,  davlat  ularning  amalga  oshirilishini  nazorat
qiladi.
Davlat  siyosiy  hokimiyat  sohibi  sifatida  iqtisodiyotga  ma’-
muriy  yo‘l  bilan  ham  ta’sir  eta  oladi,  ya’ni  o‘z  farmoyishla-
rini bajarishni o‘z kuchi bilan amalga oshirishi mumkin, lekin bu
usul kam samarali bo‘ladi. Shu bois iqtisodiy vositalar birinchi o‘ringa
chiqadi. Bordi-yu davlat iqtisodiyotni o‘z holiga tashlab qo‘yib, uni
tartiblash  choralarini  o‘z  vaqtida  ko‘rmasa  iqtisodiy  krizislarning
takrorlanish va cho‘zilib ketish ehtimoli kuchayadi.


113

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling