Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartiblanishi uning bir maromda
rivojlanib borishiga qaratilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi
va ularning muttasil, izchil amalga oshirilishidir.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi me’yori — bu bozor kuch-
larining harakatga kelib, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashiga to‘sqinlik
qilmaslik, aksincha, bunga har taraflama sharoit yaratib berishdan
iborat.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur, lekin uning juz’iy va
doimiy me’yori bor. Iqtisodiyot muttasil o‘sib borayotgan sharoitda
davlat bozor kuchlariga xalaqit bermaslik uchun iqtisodiyotga kamroq
aralashadi. Bozor vositalari yaxshi ish bermay, iqtisodiy qiyinchiliklar
kuchaygan sharoitda davlat iqtisodiyotga faolroq aralashadi va uning
tanglikdan chiqib, yaxshi ishlab ketishiga ko‘maklashadi.
Real iqtisodiy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar davlatning
iqtisodiyotga aralashuvining me’yori bor.
Agar iqtisodiyotni futbol maydoniga qiyoslasak, bu yerda
komandalar to‘p surishadi, bular raqobatlashuvchilar. Bu yerda davlat
o‘yinchi vazifasini o‘tamaydi, u bosh hakamdir. Uning vazifasi hech
kimning tarafini olmasdan odil hakamlik qilishdir. Futbol o‘yinining
hamma e’tirof etgan qoidalari bor, buni buzganlarni hakam jazolaydi
va hatto o‘yindan chiqarib ham yuboradi. Hakamning vazifasi o‘yin
qoidalariga so‘zsiz rioya etishni, g‘irromsiz, halol o‘yin bo‘lishini
ta’minlashdir. Iqtisoddagi davlatning roli futbol maydonidagi
hakamning roliga o‘xshagan bo‘ladi. Ammo davlat bosh trener sifatida
futbol o‘yini rivojini ham ta’minlashi lozim. Davlatning iqtisodiyotni
tartiblashi bir qator tamoyillarga asoslanadi:
111
Do'stlaringiz bilan baham: |