Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
Mulkdan kelgan daromad dividend, foiz va ijara haqidan iborat
bo‘ladi. Dividend foydaning taqsimlanishi natijasida yuzaga keladi. Bunda aksioner korxonadagi foydaning bir qismi aksiya egalariga dividend sifatida beriladi va ular daromadiga aylanadi. Aksiyadan kelgan daromad me’yori (D 1 ) 2 xil aniqlanadi. Birinchi usulda dividend (d) summasi aksiyaning umumiy qiymati (P) bilan taqqoslanib, foizda ifoda etiladi. Bunda 1 100 d D P = × bo‘ladi. Dividend miqdori 150 ming so‘m bo‘lgani holda, aksiya summasi 6 mln so‘m bo‘lsa, 1 150 100 2, 5% 6000 = × = D kelib chiqadi. Ikkinchi usul aksiya sotilgan chog‘ida qo‘llaniladi. Bunda aksiyaning daromadliligini (D 1 ) bilish uchun aksiya olingan (P 1 ) va sotilgan (P 2 ) narxi hosil etgan farqni (P 2 —P 1 ) aksiyaning xarid etilgan narxiga bo‘linadi. Aksiya egasining har biri 100 so‘mdan olingan 100 ta aksiyasi bor. Bu aksiya qayta sotilganda, uning har biri 105 so‘mdan ketdi. Bunda hosil bo‘lgan farq har aksiyada 5 so‘m (105—100=5). Barcha aksiya summasida (105x100)—(100x100) yoki 10500 — 10000=500 bo‘ladi. Demak, sotilish chog‘ida aksiya bergan daromad 1 500 100 5% 10000 = × = D bo‘ladi. Aksiya keltiradigan dividendni uning egasi bo‘lgan kichik aksiyadorlar, ya’ni oddiy ishchi va xizmatchilar ham oladi. Agar aksiyadorlar qanchalik ko‘p bo‘lsa va aksioner korxonalar qanchalik yuqori rentabelli bo‘lsa, shunchalik dividend ham ko‘p bo‘ladi. Masalan, 2000-yil AQSH aholisining deyarli 40 foizi aksiyador bo‘lib, bundan talaygina daromad topgan. Foiz — pul egasi o‘z pulini o‘zgalarga qarzga bergani uchun oladigan daromadi. Foiz qarzga berilgan pul summasiga nisbatan ulush darajasida belgilanadi. Masalan, foiz qarz puliga nisbatan yuzdan o‘n hissa (10%) bo‘lsa, uning egasi har bir so‘m puli uchun 10 tiyin oladi, agar yuzdan o‘n besh hissa (15%) bo‘lsa, 15 tiyin oladi. Foizning yalpi miqdori, birinchidan, uning darajasiga, ikkinchidan, qarzga berilgan pul miqdoriga bog‘liq. Foizning daromadlardagi hissasi ortib boradi, chunki aholi pulining bir qismi xarajatlardan ortib qolib, daromad ko‘rish uchun bankka qo‘yiladi. XX asr mobaynida AQSHda foizning aholi yalpi daromadidagi hissasi 2 marta oshganligi ma’lum. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling