Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
12.4. Daromadlarning tabaqalashuvi
Bozor iqtisodiyotiga daromadlarning tengsizligi, ularning farqlanishi xosdir. Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan pul miqdorida katta farqlar bo‘lishini bildiradi. Тengsizlikni asosan to‘rt omil yuzaga chiqaradi: 1) Kishilarning tug‘ma qobiliyatlari, kuch-quvvati, aql-idroki, salohiyat va zakovati, xullas, ish qobiliyati bir xil emas. Shu sababli ular har xil daromad ko‘radilar. Masalan, kino yulduzi bir yilda 20 million dollar topsa, malakali shifokor 80 ming dollar, o‘qituvchi 40 ming dollar, qishloqdagi mavsumiy va kelgindi ishchi esa 15 ming dollar daromad topadi. 2) Daromaddagi tengsizlik ishlab pul topish imkoniyatlariga bog‘liq. Bilim olish, kasb egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bo‘lgan va ish topiladigan joyda daromad ko‘p bo‘lsa, bunday sharoitlar yo‘q joyda daromad oz bo‘ladi. Ishlab turgan kishi bilan ishsizning, garchi qobiliyati bir xil bo‘lsa-da, daromadi turlicha bo‘ladi. Masalan, Germaniyada ishlaydigan ishchi bir oyda o‘rtacha 2200 yevro ish haqi olsa, ishsizga 300 yevro ishsizlik nafaqasi beriladi. 3) Тengsizlikni oila tarkibining har xil bo‘lishi ham yuzaga keltiradi. Agar oila tarkibida pultoparlar ko‘p bo‘lib, boqimandalar oz bo‘lsa, uning jami daromadi ko‘p bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa daromad oz bo‘ladi. 4) Daromadlardagi farqni iqtisodiy vaziyat ham yuzaga keltiradi. Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu, narx tasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi farqni bozor holatidagi o‘zgarishlar ham yuzaga keltiradi. Bozor qonunlariga mos ravishda jamiyat qabul qilgan va qonuniy ruxsat berilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar adolatli tengsizlik hisoblanadi, g‘ayriqonuniy, ya’ni man etilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar esa adolatsiz tengsizlikni vujudga keltiradi. Adolatsiz tengsizlik yashirin (man etilgan) iqtisodiy faoliyat bor joyda yuzaga keladi. Masalan, reket yoki narkobiznesdan mo‘may pul topish daromadlarni keskin farqlantiradi. Daromadlardagi adolatli tengsizlik tabiiy bir hol bo‘lib, daromadi ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi. Daromadlardagi farqlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad summasiga qarab aniqlanadi. Buning uchun oila ko‘rgan yalpi daromad uning a’zolari soniga bo‘linadi. Daromaddagi tafovutlar darajasi tahlil etilganda 10 foiz boy oilaning daromadi bilan 10 foiz kambag‘al oilalar daromadi taqqoslanadi. Natijada boylar va kambag‘allar daromadi necha karra farqlanishi aniqlanadi. Daromadlarning notekis taqsimlanishi quyidagi Lorens egri chizig‘ida tasvirlanadi: 125 Agar daromadlar teng taqsimlanib, hamma bir xil daromad olganda tenglik chizig‘i AE hosil bo‘lar edi, chunki, masalan, 10 foiz oila 10 foiz daromad olgan bo‘lar edi. Daromad notekis taqsimlangani uchun yoysimon chiziq hosil bo‘lgan. Bunda, masalan, 10 foiz oila 25 foiz daromad olgan. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling