Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Jahon  xo‘jaligi  dunyo  mamlakatlarining  belgilangan  qonun-


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Jahon  xo‘jaligi  dunyo  mamlakatlarining  belgilangan  qonun-
qoidalariga  binoan  o‘zaro  bog‘langan  milliy  xo‘jaliklarining
majmuasi, ularning yaxlitligidir.
Bu xo‘jalikdagi mamlakatlararo iqtisodiy aloqalar g‘oyat xilma-
xil.  Xalqaro  iqtisodiy  aloqalarning  shakllari  quyidagi  chizmada
ko‘rsatilgan:
Ish  kuchi  migratsiyasi
Savdo-sotiq
Xalqaro  iqtisodiy
aloqalarning  asosiy
shakllari
Valuta  aloqalari
Kapital  chiqarish  va
kapital  kiritish


131
13.2. Jahon bozori
Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq
azaldan  mavjud bo‘lib,  bunga  Buyuk
ipak  yo‘lidagi savdo  guvohlik  beradi.
Ammo  davlatlararo  savdo-sotiqda
hamma mamlakatlar ishtirok etmagan,
savdo-sotiq  hajmi  ham  katta
bo‘lmagan, lekin uning o‘ziga xos aha-
miyati saqlangan. Shu  sababli sohib-
qiron Amir Тemur el-yurtlararo savdoga
katta e’tibor berib: «Jahon tijorat ahli
birlan oboddir»,  –  degan edi  (13.1-
rasm).
Hozirda savdo-sotiq umumbashariy va muntazam tus olgan, u
jahon bozorida yuz beradi.
Jahon bozorida mamlakatlarning ishtiroki ularning iqtisodiy salohiyatiga
va ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga bog‘liq. Bir guruh mamlakatlar
jahon bozoriga xomashyo va ish kuchini ko‘proq taklif etsa, boshqa bir
mamlakatlar ko‘plab tayyor mahsulotlar va kapital chiqaradi.
Jahon bozori ayrim mamlakatning milliy bozoridan quyidagilar
bilan farqlanadi:
1. Jahon bozori mamlakatlararo bozor bo‘lganidan uning hajmi
(sotiladigan tovar summasi) ayrim milliy bozor hajmidan katta bo‘ladi.
2.  Jahon  bozoriga  turli  mamlakatlarda  yaratilgan  tovar  va
xizmatlarning hammasi emas, faqat uning eksport qilinadigan qismi
chiqariladi.
3. Jahon bozorida sotiladigan tovarlar va xizmatlar turlari chek-
langan bo‘ladi, chunki u yerda ko‘pchilik uchun zarur tovarlar mavjud
bo‘ladi.
13.1-rasm.  Amir  Temur.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling