13-BOB. JAHON XO‘JALIGI
13.1. Xalqaro iqtisodiy aloqalar
Iqtisodiy jihatdan qaralganda, bu dunyo ulkan guldastaga o‘xshaydi.
Unda katta-kichik, to‘la ochilgan yoki g‘uncha shaklidagi, har xil
rangdagi gullar mavjud. Ularning rangi va hidi bir-birini to‘ldirib,
ajoyib gul to‘plamini hosil etadi. Darhaqiqat, jahon iqtisodida katta-
kichik, boy-kambag‘al mamlakatlar bor. Dunyo iqtisodida har bir
mamlakatning o‘ziga xos o‘rni bor. 2012-yili dunyoda 200 dan ziyod
mamlakat bo‘lib, u yerda 6,8 milliard kishi istiqomat qilib, jami 75,8
trillion dollar miqdorida mahsulot va xizmatlar yaratildi.
Dunyo mamlakatlari iqtisodiy quvvatiga qarab daromadi kam,
daromadi o‘rtacha va daromadi yuqori mamlakatlarga ajraladi.
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar ozchilik bo‘la turib, dunyo yalpi
mahsulotining 55,6 foizini ishlab chiqaradilar, iqtisodi zaif
mamlakatlar ko‘pchilikni tashkil etsalar-da, dunyo mahsulotining
faqat 9,0 foizini yaratadilar. O‘z salohiyatiga qarab mamlakatning
milliy xo‘jaligi jahon xo‘jaligiga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |