128
muhiti qanday bo‘lishini ham anglatadi. Iste’mol yuqori va turli-tuman
bo‘lgani holda turmush sharoiti yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Buning
aksi ham bo‘lib turadi. Yuqorida aytganimizdek, turmush darajasini
real daromadning miqdori belgilaydi va bu pul bilan o‘lchanadi, chunki
iste’mol tovarlari g‘oyat xilma-xil bo‘lganidan ularni bir o‘lchamga
keltirib bo‘lmaydi. Masalan, daftar-kitobni go‘sht va yog‘ bilan qiyoslab
bo‘lmaydi, chunki ular mutlaqo har xil iste’mol tovarlaridir. Ularning
qadr-qimmatini narxlari belgilaydi. Misolimizga qaytsak, daftar 400
so‘m, kitob esa 5600 so‘m, 1 kg go‘sht 18000 so‘m, 1 litr o‘simlik yog‘i
3500 so‘m turadi. Bularning umumiy qiymati 28500 so‘m bo‘ladi. Mana
shular iste’moliga qarab real daromad qancha ekanini bilish mumkin.
Real daromad g‘oyat muhim, lekin aholi farovonligiga baho berilganda
buning o‘zi kifoya qilmaydi. Bundan tashqari, hayot kechirish
sharoitining ko‘rsatkichlarini ham inobatga olish talab qilinadi.
Bular jumlasiga yashash sharoitining ekologik tozaligi, savodxonlik
darajasi, toza ichimlik suv bilan ta’minlanish, kanalizatsiyaning
mavjudligi, sihat-salomatlik, o‘rtacha umr ko‘rish, tinch va xotirjam
hayot kechirish, ertangi kunga ishonch kabilar kiradi. Bular bilan birgalikda
real daromad qancha bo‘lishiga qarab
inson kamoloti indeksi aniqlanadi.
Bu turmush sifatini umumlashgan holda ko‘rsatadi. Shu indeks asosida
qayerda hayot qanday ekanini bilish mumkin. Тurmush sifati real
daromadga bog‘liq, lekin uning darajasiga har doim ham mos
kelavermaydi. Real daromad yuqori bo‘lgani holda turmush sifati bunday
bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, 2000-yil Norvegiyada real daromad
Kanadagidan yuqori edi. Ammo Kanadada turmush sifati Norvegiya-
nikidan yuqori bo‘lgan, chunki u yerda yashash sharoiti yaxshi bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: