Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0,97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
12.5. Har xil daromad sohiblari
Daromadlarga qarab aholi tabaqalashganda uning har xil qatlamlari paydo bo‘ladi. Bu qatlamlarga boylar, o‘rtahollar va kambag‘allar kiradi. Boy, kambag‘al yoki o‘rtahol degan tushuncha nisbiydir. Bu har bir mamlakat iqtisodiyotining darajasiga bog‘liq. Iqtisod yuksak yerda yiliga 10000 dollar daromad ko‘rgan kambag‘al bo‘lsa, iqtisod zaif yerda bundaylar boy hisoblanadi. Boylar, odatda, katta daromad sohiblari hisoblanadi, lekin ular orasida o‘ta boylar mavjud, ular ozchilikni tashkil etadi. Dunyoda o‘ta boy deganda boyligi 1 milliard dollardan ortiq bo‘lganlar tushuniladi. Kambag‘al deganda jon boshiga hisoblangan daromadi minimal (eng kam), tirikchiligiga yetmaydiganlar tushuniladi. Masalan, muayyan mamlakatda bir oylik tirikchilik uchun eng kam deganda jon boshiga 220 dollar kerak bo‘ladi, oilaning amaldagi daromadi esa 200 dollar. Demak, bu oila kambag‘al hisoblanadi. Kambag‘allar hissasi turlicha. Iqtisodi baquvvat mamlakatlarda kambag‘allar ozchilik bo‘lsa, iqtisodi rivojlanmagan mamlakatlarda ular ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, 2000-yil Nigeriyada jon boshiga yaratilgan mahsulot va xizmatlar 760 dollar bo‘ldi. Bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Shunga monand ravishda bu yerda kambag‘allar aholining 63 Daromad miqdoridagi salmog‘i, % O il a so nid ag i sa lm og ‘i , % Tenglik chizig‘i Tengsizlik chizig‘i 126 foizini tashkil etdi. Malayziyada bu ko‘rsatkich tegishli ravishda 8360 dollar va 15,5 foiz edi, xolos. Boylar va kambag‘allar oralig‘idagi qatlam o‘rtahollar bo‘ladi. O‘rtahollar — bu aholining boyib ulgurmagan, lekin o‘ziga to‘q qatlami. Bular rivojlangan mamlakatlarda ko‘pchilik bo‘lsa, iqtisodi zaif mamlakatlarda ozchilikni tashkil etadi. O‘rtahollar muhtojlikni bilmaydi, ular farovonligi muqim ta’minlanadi. Bu toifa ajratilganda, uning faqat daromadi emas, balki to‘plagan boyligi ham hisobga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda o‘rtahol yoki o‘rtancha sinf vakilining bankdagi puli, aksiya va obligatsiyalari 80 ming dollardan ziyod bo‘ladi. Jamiyat uchun o‘rtahollarning ko‘p bo‘lishi ma’qul, chunki ular ijtimoiy totuvlikni ta’minlaydi, to‘s-to‘polonlarga bormaydi. Kambag‘allik hamma yerda bor, u umumbashariy hodisa, shu sababli uni yo‘qotib bo‘lmagan taqdirda ham qisqartirib borish zarurati paydo bo‘ladi. Bunga asosan 2 yo‘l bilan erishiladi: Birinchisi, kambag‘allarda iqtisodiy faollik uyg‘otish. Sharqda bir dono gap bor: «Kambag‘allikka yalqovlik qo‘shilsa, buning davosi yo‘qdir». Shu sababli kambag‘allarni yalqovlikdan forig‘ etish talab qilinadi. Muhimi, kambag‘allarga ishlab pul topib, to‘q yashashiga sharoit va imkoniyat yaratish kerak. Ikkinchisi, kambag‘allarga davlatning va firmalarning moddiy yordam berishini tashkil etish. Bu vosita zarur bo‘lsa-da, boqimandalik kayfiyatini tug‘dirib, faollikka undamaydi. Shu sababli bu yo‘l o‘zini o‘zi boqishga qodir bo‘lmagan kishilarga, masalan, nogironlarga va ko‘p bolali oilalarga nisbatan saylangan holda qo‘llanadi. Download 0,97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling