Milliy valutaning kursi oshganda import, uning kursi pasayganda
esa, eksport qulay bo‘ladi.
Jahon miqyosida kapitalning mamlakatlararo ko‘chib yurishi,
uning bir yerdan chiqib boshqa yerga kirib borishi kapitalning xalqaro
harakatini tashkil etadi.
Valuta kursining oshishi chetdan tovar keltirishni arzonlashtiradi,
uning pasayishi esa chetga chiqariladigan tovar narxini oshiradi. Faraz
qilaylik, O‘zbekistonda erkaklar ko‘ylagi 24000 so‘m turadi. Bir dollar
esa 2000 so‘m. Demak, ko‘ylak narxi 12 dollar. Dollar kursi oshib,
so‘m arzonlashadi, ya’ni 1 dollar 2100 so‘m bo‘ldi. Bunda ko‘ylak
11,42 dollar turadi. Uni mamlakatda 11,42 dollarga sotgandan ko‘ra
xorijda 12,0 dollarga sotgan ma’qul.
Valuta kursi oshganda tovarlar importi arzonlashadi. Masalan,
1 dollar 2000 so‘m turganda, 1 kg shakar 1,5 dollarga (3000 so‘mga)
keltirilar edi. So‘m kursi oshib, dollar kursi pasaydi, 1 dollar 1800
so‘m bo‘lib qoldi, lekin shakar 1,5 dollarga olindi. Ammo oldin
shakar 3000 so‘m tursa (2000Ѕ1,5=3000), endi u 2700 so‘m turadi
(1800 Ѕ 1,5=2700), ya’ni shakar 300 so‘mga arzonlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |