139
Yevropa ittifoqida dastlab 15 ta mamlakat birlashib, yangi iqtisodiy
uyushmani tashkil etdi. Bu yerda yagona tartibda budjet, soliq va
kredit tizimi o‘rnatiladi. Ulardan 12 tasiga 2002-yil yagona pul—
«yevro» degan valuta kiritildi. Albatta, bu iqtisodiyotni yuksak darajada
birlashtiradi, ammo ayrim mamlakatlar o‘zining iqtisodiy mustaqil-
ligidan qisman voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy birlashuvga mos ravishda Yevropa davlatlarining ba’zi
bir vakolatlari Yevropa parlamenti, Yevropa ministrlar sovetiga
beriladi, ularning milliy chegaralari bir-biri uchun ochiq bo‘ladi. Xalqaro
integratsiya unda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning iqtisodiy
taraqqiyoti uchun qulay sharoit hozirlaydi, chunki umumiy bozor bo‘lgani
holda resurslarni mamlakatlararo oqilona taqsimlanishi yuz beradi.
Hozirda jahon xo‘jaligiga globalizatsiya, ya’ni globallashuv ham xos.
Globalizatsiya — bu iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, har
bir mamlakat milliy xo‘jaligining jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar
ta’siriga berilishidir. Globalizatsiya integratsiya jarayonida o‘zaro birlash-
magan mamlakatlarda ham yuz beradi. Buning natijasida ish kuchi,
kapital, investitsiya, yangi texnologiya va nihoyat, yangicha iqtisodiy
g‘oyalarning dunyo bo‘yicha tezda tarqalishi, iqtisodiyot rivojlanib,
farovonlikning oshishi, yer yuzida kambag‘allar sonining qisqarishi yuz
beradi. Globalizatsiya investitsiyalarni eng yuqori samara beradigan
mamlakatlarga oqib borishiga olib keladi. Natijada dunyodagi iqtisodiy
o‘sish tezlashadi, ammo bu notekis yuz beradi. Iqtisodiyot tez o‘sayotgan
yerlarda ish o‘rni ko‘payib, o‘sha yerga ish kuchi ko‘chib o‘tishi yuz
beradi. Oqibatda kishilar o‘z o‘rnini tark etib, boshqa yurtlarga ko‘chib
borishga majbur bo‘ladilar. Globalizatsiya mamlakatlar iqtisodini bir-
biriga bog‘lab qo‘yganidan iqtisodiy tanglik va risklar ham bir
mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tadi. Masalan, 2008-yil AQSH da
boshlangan moliya krizisi butun dunyoga yoyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: