differensiatsiya (ingl. difference) hisoblanadi, so‘ngra iqtisodiy zarurat
integratsiyalashuvga olib keladi. Integratsiya ikki va undan ortiq
chegaradosh, tarixan aloqalari bor mamlakatlardan boshlanadi. Bir
hududda joylashgan ozchilik mamlakatlarning integratsiyasi mintaqaviy
integratsiya deyiladi. Qo‘shni mamlakatlarning umumiyligi ko‘p
bo‘lganidan dastlab ular o‘zaro yaqinlashadi. Shu sababli dastlab
Fransiya va Belgiya o‘zaro integratsiyalashgan, Fransiya Mo‘g‘uliston
bilan, Belgiya esa Indoneziya bilan integratsion aloqa o‘rnatmagan.
Iqtisodiyotning rivojlanish sharoiti o‘z-o‘zidan Markaziy Osiyo
davlatlarining mintaqaviy integratsiyasini muqarrar qiladi, chunki bu
davlatlarning umumiyligi bor: ularning maqsadi bir, hududi chegaraviy,
yagona suv manbalaridan foydalanishadi, tabiiy resurslari, xalqning
ko‘nikmalari yaqin, tili va madaniyati yaqin, dini islom, transporti
tutash (avtomobil va temiryo‘llar), iqlimi bir va h.k.
Mintaqaviy integratsiya kengayib, unga yangi mamlakatlar
qo‘shilishi, ular iqtisodiy ittifoqining shakllanishi natijasida jahon
xo‘jaligidagi integratsiya paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |