Xalqaro iqtisodiy integratsiya turli mamlakatlar milliy
xo‘jaligining o‘zaro yaqinlashib va birlashib ketishi natijasida
yagona, mamlakatlararo umumiy xo‘jalikning tashkil topishidir.
Integratsion aloqalarning chuqurlashib va kengayib borishiga qarab
integratsiya to‘rt pog‘onali bo‘ladi:
1. Erkin savdo zonasidagi integratsiya. Bu zonani tashkil etgan
davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq erkin bo‘ladi, boj puli bekor qilinadi,
eksport uchun kvota (me’yor) o‘rnatilmaydi.
2. Erkin iqtisodiy zonalar doirasidagi integratsiya. Bu zonalarda
nafaqat savdo-sotiq, balki sanoat faoliyati, bank, sug‘urta ishi va
texnologik sohada ham integratsion aloqalar o‘rnatiladi. Bu zonalar
ochiq hududlar deb yuritiladi. Bu yerdagi iqtisodiy faoliyat erkin
bo‘lib, uning barcha ishtirokchilariga imtiyozlar beriladi.
3. Umumiy bozor doirasidagi integratsiya. Umumiy bozorga
birlashgan mamlakatlarning milliy bozori bir-biri uchun ochiq bo‘ladi.
Milliy bozorlar birlashib, hamma uchun yagona bo‘lgan umumiy
bozor vujudga keladi. Bundan birlashma doirasida tovarlar va xiz-
matlar, ish kuchi va kapitalning erkin harakati ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |