13.8. Ish kuchi migratsiyasi
Ish kuchi ko‘chib turuvchi resurs bo‘lganidan, u mamlakatlararo
taqsimlanadi, chunki bir yerda ish kuchiga talab oshsa, boshqa yerda
uning taklifi ko‘p bo‘ladi. Odatda ish kuchi iqtisodi yaxshi rivoj-
lanmagan, lekin mehnat resurslari tez o‘sayotgan mamlakatlarda ko‘p
bo‘ladi. Bular jumlasiga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
kiradi. Daromadi past mamlakatlarda aholi tez o‘sgani holda ish
joylari yetishmaydi, chunki ularni yaratish uchun pul yetishmaydi.
Natijada ortiqcha ish kuchi mamlakat tashqarisiga chiqa boshlaydi.
Aksincha, daromadi yuqori boy mamlakatlarda aholi sekin o‘sadi,
iqtisodi esa tez rivojlanadi. Natijada ish kuchiga talab hosil bo‘ladi.
Ish kuchining ko‘chib yurishi ikki shaklda kechadi:
1. Ish kuchining tartibli ravishda, belgilangan kelishuvlarga binoan
bir mamlakatdan boshqasiga oqib o‘tishi. Bu ish vositachi firmalar
va tashkilotlar yordamida amalga oshiriladi, migratsiya haqidagi
qonunlarga binoan yuz beradi.
2. Ish kuchining tartibsiz va yashirin bir mamlakatdan boshqasiga
o‘tishi. Bunda ish kuchi g‘ayriqonuniy yo‘l bilan chetga chiqariladi.
Bu ruxsat etilmagan faoliyat hisoblanadi. Mazkur yo‘l bilan boshqa
mamlakatga o‘tgan ishchilar amalda huquqsiz, ular tahqirlanadi, og‘ir
va oz haq beradigan ishlarda band bo‘ladilar. Ular mehnati arzon
bo‘lganidan, ish beruvchilar ularni qabul qiladilar, chunki bu riskli
bo‘lsa-da, yaxshi foyda keltiradi. Ish kuchi migratsiyasi o‘sishga moyil
bo‘ladi. 1998-yilda yer yuzida 30 mln nafar migrantlar bo‘lsa,
2013-yil ular soni 230 mlndan oshib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |