13.6. Kapitalning xalqaro harakati
Тabiiy resurslar ma’lum makonda joylashganidan ularni bir
mamlakatdan boshqasiga ko‘chirib bo‘lmaydi. Ammo ko‘chib
yuradigan resurslar ham borki, ularga kapital va ish kuchi kiradi.
Kapitalning xalqaro miqyosdagi harakati uning eksporti va importi
shaklida yuz beradi. Bir mamlakat kapital chiqarsa, boshqasi uni
qabul qiladi. Ammo mamlakatlararo bir-biriga kapital chiqarish ham
bor. Masalan, Germaniya Belgiyaga, Belgiya o‘z navbatida
Germaniyaga kapital chiqaradi. Kapitalni, odatda, rivojlangan
mamlakatlar chiqaradi. Chetga chiqarilgan xususiy kapitalning deyarli
80 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Chetga kapital chiqarish 2 shaklda yuz beradi:
1. Kapitalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarib, uni chet elda joylashtirish,
ya’ni xorijda yangi korxonalar qurish, mavjud korxonalarni hamda
ular aksiyasining bir qismini sotib olish.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |