Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Buyrak sanchig’ida birinchi yordam


Download 5.41 Mb.
bet110/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Buyrak sanchig’ida birinchi yordam
1. Zudlik bilan yordam chaqirish, shifokorning maslahati zarur.
2. Bel sohasiga isitgich qo’yish yoki iliq vanna sanchiqni qoldirib, toshning ko’chishiga yordam beradi.
3. Siydik miqdori, tiniqligi, rangi, aralashmalar mavjudligini aniqlash.
O’tkir yoki surunkali buyrak kasalliklari kuchayganda bemorni parvarish qilishda:
1. Yotish rejimiga qat’iyan rioya qilish, tananing gorizontal holati buyrak tomirlarining isishi va kengayishiga, qon bilan ta’minlanishiga yordam beradi.
2. Bel sohasiga isitgich qo’yish tavsiya qilinadi, bu diurezni kuchaytiradi.
3. Osh tuzi va suyuqlik ichish rejimi cheklangan parxezga rioya qilish zarur, o’tkir holatlarda parxezni shifokor tavsiya qiladi.
4. Terining qichishi va o’zgacha quruqligi, ishtahaning yomonlashishi, ko’ngil aynish, qusish, chanqashning kuchayishi buyrak yetishmovchiligidan darak beradi.
5. Bemorda kayfiyatsizlik, kunduzgi vaqtda uyqu kelishi, kechasi uyqusizlik paydo bo’lganda, ko’rish qobiliyati pasayganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.
6. O’tkir va surunkali buyrak kasalliklari ko’p hollarda yurak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan bog’lik bo’ladi; puls, arterial bosim, nafas olish chastotasini doimiy ravishda nazorat qilish zarur.
7. Bemorni ortiqcha qo’zg’atuvchi ta’sirlardan saqlash, xonani tez-tez shamollatib, tozalab turish lozim.
8. O’tkir buyrak kasalligini boshdan kechirgan bemor sovqotishdan, og’ir jismoniy zo’riqishdan extiyot bo’lib, dorilarni to’g’ri qabul qilib, ovqatlanish rejimiga rioya qilishi zarur. Spirtli ichimliklar qat’iyan man qilinadi.
Muolaja. Erkaklarda siydik tutolmaslikda siydikdon ulamuui
Ko’rsatmalar: siydik tutolmaslik.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini va zarurligini, bemor yura olsa, o’zini tutish qoidalarini tushuntiring.
Jixozlar: siydikdon, siydik uchun konteyner, lenta, qo’lqop, salfetka, antiseptik eritma, kleyonka va taglik.
Bemorning holati: kleyonkada chalqancha yotib, oyoqlar orasi ochiq
Bajarilishi:
1. Qo’lingizni yuving va qo’lqopni kiying.
2. Bemorning sonlari orasiga lotok va salfetka qo’ying.
3. Jinsiy olatni chetga surib, boshchasini oching.
4. Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini antiseptik eritma bilan ho’llangan steril salfetka yordamida arting, so’ngra quruq steril salfetka bilan quriting.
5. Siydikdon solingan o’ramni oching, jinsiy olatni kutarib, unga siydikdonni kiydiring.
6. Siydikdonni jinsiy olat asosigacha olib borib, yopishqoq lenta bilan mahkamlab qo’ying.
7. Siydikdonga naychani o’rnatib, siydik to’latgichni siydik yeg’uvchi konteynerga ulab qo’ying.
8. Konteynerni krovat yoki bemorning soniga (agar bemor yursa) mahkamlab qo’ying.
Yuradigan bemor siydik to’lishi, siydikdonning tozaligini o’zi kuzatadi. Siydik hidi paydo bo’lishini oldini olish uchun uni tez-tez yuvib, dezinfeksiyalab turishi zarur.
Siydik ajratishi buzilgan va o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishi cheklangan bemorlarni parvarish qilishda quyidagilar zarur:
1. Ichki kiyimlar tozaligi va o’rin jildni himoya qiluvchi kleyonka borligiga e’tibor berish.
2. Bemorning tagini tez-tez yuvish va yotoq yaralarning oldini olish.
3. Chov sohasidagi teri yuvilgandan so’ng yaxshilab artish va yog’ (vazelin yoki bolalar kremi) bilan yog’lash, terini talk bilan upalash mumkin.
4. Bemor yotgan xona tez-tez shamollatib turiladi.



Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling