Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Download 5.41 Mb.
bet254/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   257
Bog'liq
Kitob TKK

Infitsirlangan onadan bolaga o’tishi: Infitsirlangan onadan bolaga o’tishi mumkin: homiladorlik paytida yoki tug’adigan paytda. Statistikada, zararlanish o’rtacha 25-50% ni tashkil etadi. Virusning onadan bolaga o’tishi ko’krak bilan emizgan vaqtida ham o’tishi mumkin. Homiladorlik paytida erta ro’yxatga olish, erta test o’tkazish, OIV-infitsirlanganligini vaqtida bilish bu juda katta rol o’ynaydi. Onani OIV-infitsirlanganligini bilgandanoq, majburiy tartibda, tekin profilaktik davolash o’tkaziladi, homiladorlikning 28 haftasigacha, tug’ish paytida va tug’ishdan keyin. Tug’ilgan chaqaloq ham profilaktik davo muolajalarini oladi, bu esa bolaning zararlanish yoki infitsirlanish foizini OIV-infitsirlangan onasidan o’tishini 25-50% dano 2% gacha kamaytiradi.

OIV infeksiyasi bilan zararlanish mumkin bo’lan biologik suyuqlik:

  • Qon;

  • Sperma;

  • Qindan ajralma;

  • Qon bilan aralash har xil suyuqlik;

  • OIV bor kultura va kultural muxit;

  • Sinovial suyuqlik;

  • Tserebrospinal suyuqlik;

  • Plevral suyuqlik;

  • Perikardial suyuqlik;

  • Amniotik suyuqlik.

OIV yuqmaydi:

  • OITS bilan zararlangan bemorning kiyimini kiysa, shaxsiy buyumlaridan foydalansa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bir xonada tursa yoki bir xonada yotsa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bola bilan o’ynasa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bitta vannada, basseynda, daryo yoki orolda cho’milsa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bitta transportda yursa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan siz tomonga yo’talsa yoki aksirsa;

  • OITS bilan zararlangan bemorga oddiy gigenik qoidalariga rioya qilgan holda qarasa;

  • OITS bilan zararlangan bemorga oddiy extiyot choralarini ko’rgan holda birinchi tibbiy yordam ko’rsatsa.

Kasallik belgilari: Inkubatsion (yashirin) davri 2-3 xaftadan 3 oygacha davom etishi mumkin. Undan keyin 1/3 bemorlarda kasallikning o’tkir fazasi boshlanadi (xarorat ko’tarilishi, tomog’ida og’riq, limfa tugunlarining kattalashishi, toshma toshishi mumkmn, umumiy xolsizlik), bular 2-4 xaftadan keyin davolanishsiz o’tib ketadi. 2/3 zararlangan bemorlarda esa bu davr yashirin o’tadi. Bundan keyin uzoq muddatda kasallikning belgilari sezilmaydi (virus tashuvchi). Keyinchalik bemorda bir qancha klinik belgilar paydo bo’lib, vrachda OIV-infeksiya borligiga shubxa paydo bo’ladi. O’rtacha infektsiyalangandan to OIV-infektsiyasi terminal stadiyasigacha 10-15 yil davrni oladi. Ba’zi bir holatlarda kasallik bir oy muddatda OITS ga transformatsiyalanadi, ba’zi xolatlarda esa yillab bo’lishi mumkin. O’lim holatiga olib keladigan asosiy sabablaridan biri, ko’pincha opportunistik infeksiya va Kaposhi sarkomasi bo’lsa, OIV/OITS bemorlarda esa narkomanlarda tuberkulez kasalligi bo’lishi mumkin.
OIV-infektsisiga tashxis qonni maxsus tekshirish natijalaridan keyin tasdiqlanadi, ko’p holatlarda zararlangandan so’ng 3 oylardan keyin natijasi ma’lum bo’ladi. OIV-infektsiyaga tekshiruv anonim o’tkaziladi.
OIV-infeksiyaga tekshirish ko’rsatma hisoblanadi:

  • 1 oy davomida tana haroratini oshishi;

  • 1 oydan ortiq suyuq ich kelishi;

  • sababsiz tana vazni 10% ga va undan ortiq kamayishi;

  • uzoq, qaytalanuvchi yoki oddiy davolanishga berilmaydigan o’pka yalig’lanishi;

  • 1 oydan ortiq davr mobayinidagi yo’tal;

  • 2 dan ortiq gurux limfa tugunlari 1 oydan ortiq davr kattalashishi ;

  • oldindan sog’lom odamlarda aqli zayfligining kuzatilishi.

Kasallikdan ogoxlantirish asosiy usullari:
Jinsiy aloqa qilishda OIV-infeksiyasi bilan zararlanishni ogoxlantirish:
– Tartibsiz va tasodifiy jinsiy aloqadan qochish;
– Har qanday jinsiy aloqada yuqori sifatli prezervativdan foydalanish.
OIV ni parenteral o’tish yo’lini ogoxlantirish

  • narkotik moddalar ist’mol qilishdan cheklash;

  • manikyurda, pedikyurda, pirsingda, tatuajda ko’p marotaba ishlatiladigan instrumentlarni dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish;

  • og’iz bo’shliqi shilliq qavatiga qon tushguday bo’lsa, og’iz bo’shliqini 70 % etil spirti bilan chayish tavsiya qilinadi;

  • qon ketishlarda birichi tibbiy yordam ko’rsatishda bir marta ishlatadigan rezina qo’lqoplardan foydalanish tavsiya etiladi, terining ochiq joylarni, ko’zni qon tushishidan himoya qilish tavsiya qilinadi, har bir qonni zararlanishi katta xovf deb qaralishi lozim.

OIV ni vertical o’tish yo’lini ogohlantiris:
Xozirgi harakat qilayotgan qonunlar bo’yicha xar bir homilador ayol OIV-infektsiyaga tekshirishdan o’tishi lozim. Agar virus borligi aniqlansa, xomila ichi infektsiyasini oldini olish uchun profilaktik maxsus dori darmonlar bilan davolash tavsiya qilinadi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling