Tadqiqot materiallari va usullari
Download 17.43 Kb.
|
Tatqiqot metodi va materyallari D.Artikova
TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI Muammolarimizni hal qilish uchun tadqiqot 2 bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda (retrospektiv)siydik chiqarish yo’llari infeksiyasi bilan og'rigan homilador ayollarda yuzaga keluvchi siydik chiqarish yo’llari infeksiyasiga olib keluvchi omillarni erta aniqlash ko’rib chiqildi. Prafilaqtik va davo muolajalarini barcha usullarining samaradorligi o'rganildi. Maqsadimiz siydik chiqarish yo’llari infeksiyasi bilan og'rigan homilador ayollarni erta aniqlash, unga olib keluvchi omillarni o’rganish, prafilaqtik va davo muolajalarini olib borish samaradorligiga erishiladi Jami tadqiqotga 2021 yilda bo‘lgan davrda Xorazm viloyat Perinatal markazida olingan 50 nafar siydik yo‘llari infeksiyasi bo‘lgan homilador ayollardan 45 nafar (90%) homiladorda gestatsion pielonefrit, 3 nafar (6%) homiladorda surunkali pielonefrit tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, 2 nafar (4%) nefrastoma amalioti o‘tkazilganligi aniqlandi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichi (istiqbolli) bepushtlik bilan og'rigan ayollarda TGE tarqalishini baholash va laparoskopiya paytida fertillik indeksii ko”rsatkichi (FIK)ni aniqlashga bag'ishlangan. Tadqiqotning ikkinchi bosqichi endometrioz bilan bog'liq bepushtlik bilan kasallangan 64 nafar bemorni o'z ichiga oldi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, xalqaro kasalliklar tasnifi (XKT) 10 bo'yicha quyidagi tashxis qo'yilgan bemorlar tanlab olindi: № O23 homiladorlik davrida jinsiy va siydik chiqarish yoʼllari infeksiyalari, № O23.0 homiladorlik davrida buyrak infeksiyasi, № O23.1 homiladorlik davrida siydik qopi infeksiyasi, № O23.2 homiladorlik davrida uretra infeksiyasi, № O23.3 homiladorlik davrida siydik chiqarish yoʼllari boshqa qismlarining infeksiyasi, № O23.4 homiladorlik davrida siydik chiqarish yoʼllarining aniqlanmagan infeksiyasi, № O23.5 homiladorlik davrida jinsiy yoʼllari infeksiyasi. ultratovush teshkiruvi, laborato’r taxlillar, Laborator-instrumental tekshiruvlar: • Siydikning bakteriologik ekmasi • QUT, SUT • Nechiporenko boʼyicha siydik tahlili • Zimnitskiy boʼyicha siydik tahlili va Reberg sinamasi (koʼrsatmalarga koʼra) • qonning biokimyoviy tahlili (koʼrsatmalarga koʼra) • buyrak UTT • buyrak/qorin boʼshligʼi MRT Prognostik ahamiyatga ega bo'lgan mezonlarni aniqlash uchun olingan natijalarni statistik qayta ishlash Statistica 10 va Microsoft Excel 2013 dasturlari yordamida amalga oshirildi. O'rtacha qiymat (M) va o'rtacha xato (m) hisoblab chiqildi; ular matnda ( M ± m), shuningdek, belgilarning paydo bo'lish chastotasi (%). Miqdoriy ma'lumotlardagi farqlarning statistik ahamiyati Mann-Whitney testi bilan baholandi. Xi-kvadrat testiga ko'ra belgilarning paydo bo'lish chastotasidagi farq o”rganildi. Kritik ahamiyat darajasi sifatida P<0,05 qabul qilindi (ishonch oralig'i - 95%). Download 17.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling