Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


ARTERIAL BOSIM O’ZGARISHI BILAN BOG’LIK KASALLIKLAR


Download 5.41 Mb.
bet86/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

ARTERIAL BOSIM O’ZGARISHI BILAN BOG’LIK KASALLIKLAR


Simptom. Arterial bosimning oshib ketishi
Gipertoniya - oshib ketgan arterial bosim kasalligi. U tomir tonusi asab regulyatsiyasining buzilishi oqibatida mayda arteriyalarning uzoq vaqt qisilib qolishi natijasidir. Odatda, bu kasallik yaxshilanish va yomonlashish davrlari bilan uzoq yillar davom etadi. Gipertoniya kasalligining uzoq vaqt kechishi yurak, buyrak va bosh miya funksiyalarining buzilishiga olib keladi.
Arterial bosimi oshgan bemorni parvarish qilish bo’yicha tavsiyalar
1. Shifokor buyurgan rejim ta’minlanadi.
2. Arterial bosim darajasi doimiy ravishda nazorat qilinadi.
3. Ratsional ovqatlanish va suyuqlik ichish ta’minlanadi.
4. Shifokor tomonidan tayinlangan dori vositalari qabul qilinishi nazorat qilinadi.
5. Arterial bosim keskin ko’tarilganda (gipertonik kriz) shoshilinch yordam ko’rsatilib, tezkor shifokor maslahati ta’minlanadi.
Gipertonik kriz — arterial bosimning bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil aynish, qusishning kuchayishi bilan keskin oshib ketish xuruji; krizis gipertoniya kasalligi kechishini qiyinlashtirib, miyadagi qon aylanishining vaqtinchalik buzilishlari, ko’rish qobiliyatining pasayishi, harakatlarning qisqa muddatli buzilishlari, qisqa muddatli nutq buzilishi bilan kechishi mumkin. Og’ir hollarda kasallik yurak yetishmovchiligi (yurak astmasi), yurak muskulining qisqarish xususiyati buzilishi, miokard infarktiga olib keladi.
Gipertonik krizda birinchi yordam
1. Bemorni tinchlantiring, uning uchun qulay holat yarating toza havo kelishini ta’minlang.
2. Yurak sohasida og’riq bo’lganda bemor tilining ostiga validol yoki nitroglitserin bering.
3. Ensa qismiga xantal, oyoqlarni issiq vanna qilish yaxshi samara beradi.
4. Bemor shifokorning ko’rsatmasi bo’yicha dori qabul qilishi kerak.
5. Arterial bosimni doimiy ravishda nazorat qiling (bemor ushbu muolajani o’zi bajarishi mumkin), shifokor maslahatini ta’minlang.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling