Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Download 5.41 Mb.
bet101/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Nazorat savollari:

  1. Oshqozon-ichak tizimi kasalliklarining asosiy shikoyatlari.

  2. Qusishda birinchi yordam

  3. Oshqozondan qon ketganda birinchi yordam

  4. Oshqozonni yuvish texnikasi

  5. Klizmalar va uning turlari. Klizma qoyishga korsatma va qarshi ko’rsatmalar

  6. Har xil turdagi klizmalarniq oyish texnikasi

  7. Meteorizm va gaz haydovchi naycha qoyish texnikasi

  8. Qorin sohasida ogriq haqida tushuncha va ogriqda birinchi yordam

  9. Jigildon qaynash haqida tushuncha va jigildon qaynashda birinchi yordam

  10. Kekirish haqida tushuncha va kekirishda birinchi yordam

  11. Kongil aynashi haqida tushuncha va kongil aynashida birinchi yordam

  12. Qabziyat haqida tushuncha va qabziyatda birinchi yordam

  13. Diareya haqida tushuncha va diareyada birinchi yordam



BUYRAK VA SIYDIK AJRATUV YO‘LLARI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI


Nefrologiya (yunoncha nephros-buyrak, logos-ta`limot) buyrak kasalligining etiologiyasi, patogenezi va kasallikning klinik kechishi, diagnostikasi, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadigan ichki kasalliklar bo`limi. Urologiya (yunoncha uron-siydik, logos – ta`limot ) siydik tizimining jarrohlik kasalliklarini o`rganuvchi yo`nalish.
Buyrak va siydik kasalligi bilan og`rigan bemorlarni kuzatish va davolash ikki yo'nalishda olib borish kerak. 
Kuzatuv va parvarishning umumiy chora-tadbirlari turli organlar va tizimlar kasalliklari bilan bir vaqtda, zarur g'amxo'rlik qilish chora-tadbirlari: Bemorning umumiy holati monitoringi, harorti, puls va qon bosimini aniqlash, bemorni shaxsiy gigiena bilan ta'minlash va boshqalar kiradi.
Maxsus parvarish - siydik ayiruv tizimi kasalliklarining belgilari kuzatiladigan bemorlarga yordam berish uchun mo'ljallangan parvarish - bel sohasida og'riq, shish, siyish buzilishi, arterial gipertenziya va boshqalar.
Buyrak kasalligi va siydik yo'llallari bilan og`rigan bemorlarni kuzatish ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlash talab qiladi. Qachonki bemorning: siydik rangi o'zgarishi, qon bosimining ortishi, dispeptik buzilishlar sodir bo’lganda, umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish kerak. 
Buyraklar asosiy vazifasi – siydik,  suvda erigan tuz, metabolizm mahsulotlarini ajratish (xususan, protein metabolizm mahsulotlari - "azot-qoldig`i bo'ladi"). Bundan tashqari, , buyraklar oqsillar, uglevodlar va yog'lar almashinuv jarayonlarida, gemodinamikada tartibga solishda ishtirok etadigan biologik faol moddalar (eritropoietin, renin, prostaglandinlar va boshqalar) ishlab chiqaradi.
Har 5-10 minutda buyraklar orqali tanamizdagi barcha qon oqib o'tadi.  Sutkada buyraklarda 1000 litr gacha qon aylanadi. Buyrakdagi siydik doimiy asta-sekinlik bilan siydik pufagida to`planadi. Keng ma'noda, "diurez" so’zi siydik shakllanishi va siydik ajratish nazarda tutladi, lekin u ko'pincha siydik chiqishi miqdorini tavsiflash uchun ishlatiladi (grekcha diureo - siydik ajratmoq). Katta yoshli odamlarda siydik ajratish kundalik miqdori odatda, qabul qilingan suyuqlikning 50-80%ini tashkil qiladi, ya’ni 1000 dan 2000 ml orasida o'zgarib turadi.Suyuqlikning qolgan hajmi teri orqali (300-400 ml / kuniga)o`pka orqali ( 300-400mlgacha, jismoniy yuk paytida 500 mlgacha,) ajraladi. Ichaklar orqali 100 mlgacha suyuqlik ajraladi.  Jismoniy og`ir ish bajarganda va issiq havoda haddan tashqari terlash, qayt qilish, ich ketishi paytida siydik chiqishi kamayadi va, aksincha:ko;p suyuqlik qabul qilinganda siydik ajralishi ko’payadi. Buyrak va siydik yo'llari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarda turli hil shikoyotlar kuzatiladi. Bunda bel sohasida shish, dizuriya, og'riq, qon bosimini oshishi kabi eng keng tarqalgan alomatlar kuzatiladi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling