Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


BUYRAK HAMDA SIYDIK CHIQARISH YO’LLARI KASALLIKLARIDA BEMORLARNI PARVARISH QILISH


Download 5.41 Mb.
bet104/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

BUYRAK HAMDA SIYDIK CHIQARISH YO’LLARI KASALLIKLARIDA BEMORLARNI PARVARISH QILISH


Bu kasalliklarda eng avvalo bemorning suyuqlik qabul qilishi hamda siydik chiqarish normasini kontroll qilish lozim. Hamshiralar bemorning sutkalik siydigini millimetrigacha aniq hisoblab yozib borishi kerak.
Bemoqrning sutkalik suyuqlik ichishini hisoblaganda faqat ichgan suyuq ovqati choy sharbatgina emas balki qabul qilayotgan suyuq dorilari kapilnitsalar ham hisobga olinadi. Sutkalik doza kasalning 1 sutkada ichgan suyuqligi hamda yig`ilgan siydik miqdori bilan taqqoslanadi.
Agar ichilgan suyuqlikdan siydik kam chiqsa salbiy baravar yoki siydik ko`proq chiqsa ijobiy hisoblanadi.
Siydikdagi moddalarni miqdorini aniqlash
1 ml sikdikdagi moddalar miqdorini Nechiporenko usulida aniqlash.
3 soatlik siydik yig`ilib, katakchalari moddalar Ambyurje usulida tahlil etiladi
1 sutkalik yig`ilgan siydik asosida katakchali moddalar hisoblanadi. Kakoviskiy Adissa usulida.
Buyraklarning siydik yo`llarining yuqumli bakteriyalar tekshiruvdan o`tkaziladi.
Siydik chiqarish yo`llari bilan kasallangan bemor palatasi yaxshi isitilgan bo`lishi shart. Chunki sovuq xonada, ayniqsa oyoqlar sovqoyganda siydik chiqarish ko`payadi. Bunday kasallar tagiga kilyonka solish zarur. Siydikni tutib turolmagan bemorlarni taxorat qildirib bolalar kremini surish kerak.
Siydik tahlili
Siydikni tahli etish faqat buyrak va siydik yo`llari kasalligida emas balki barcha kasalliklarda muhim o`rin tutadi. Siydik tahlili usullari. Umumiy tahlil: siydikning rangi, tiniqligi, hidi, suyuq quyuqligi aniqlanadi. Siydik quyqasini mikroskopda ko`riladi va bunda eritrositlar, leykositlar, trambositlar va tuzlar aniqlanadi. Kimyoviy tahlil asosida oqsil, glukoza, bilirubin hamda minerallar aniqlanadi.
Kasallarni tekshiruvga tayyorlash
Hamshira bemorga siydik tahlilini tushuntirishi kerak. Siydik topshirishdan avval bemor sovunlab tahorat olishi kerak. Siydikni tahlilga topshirishda bemor ertalabki siydikning oldini unitazga tushurib keyingisini idishga 150-200 ml olishi kerak. Analiz idishi sovunlab yuvilishi va yaxshilab quritilgan bo`lishi shart. Analizlar 1 soatdan ortiq turmasligi va laboratoriyaga yuborilishi shart. Umumiy siydik tahlili uchun 150-200 ml; Nechiporenko usulidagi tahlil uchun 5-10 ml; Ambyurje usulidagi tahlil uchun 0.5 l; Kakovskiy Addis usulida tahlil uchun bemor kechki 10 da unitazga siyib kechasi siydik ajratmasligi kerak, so`ng ertalab soat 8:00da 0.5-1 l siydik topshirishi kerak. Zimneyskiy usuli uchun ertalab 6 da unitazga siyib so’ng har 3 soatlik siydikni alohida alohida qilib yig`iladi,har bir idish normasi va vaqti ifodalanadi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling