I bob. Adabiyotlar tahlil
Download 46.03 Kb.
|
Jasur Isoqov Kurs ishi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus Taʼlim vazirligi Guliston Davlat Universiteti “Dorivor oʻsimliklar va botanika “kafedrasi “Urugʻchilik va koʻchatchilik “ fanidan KURS ISHI Mavzu: Dala qirqboʻgʻimi-oʻsimligini yigʻish,tayyorlash va qayta ishlash texnologiyasini klaster usulida tahlil qilish
Bajardi:Tabiiy fanlar fakulteti 21-20- guruh talabasi Isoqov Jasur Tekshirdi: Toʻxtayev B Mundarija: Kirish....…......….........................................…….......................3 I bob.Adabiyotlar tahlil.........................................................5 1.1.Dorivor oʻsimliklarni tayyorlash, oʻstirish va ularni muhofaza qilish....................................................................8 II bob.Asosiy qism. 2.1.Dala qirqboʻgʻimi oʻsimligining botanik tavsifi..............13 2.2Dala qirqboʻgʻimi oʻsimligini yigʻib olish texnologiyasi....16 2.3.Dala qirqboʻgʻimi oʻsimlik mahsulotlarining tashqi koʻrinishi, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi...............................20 Xulosa....................................................................................24 Foydalanilgan adabiyotlar.....................................................25 Kirish
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi negizida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: Dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish. Respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish; Urug‘lik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish; Dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va sertifikatlash. I bob. Adabiyotlar tahlili. Dorivor oʻsimliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar — giyohlar. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va is xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urʻugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor oʻsimliklarning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar boʻlishi mumkin. Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi ykgʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi. Dala qirqbo‘g‘imi ildizpoyali ko‘p yillik o‘t bo‘lib, daryo, kanal va ariqlar bo‘yidagi sernam yerlarda, zovurlar yoqasida, buloqlar atrofida, marzalarda o‘sadi. Uning poyasi, shoxlari serqirra va bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo‘g‘im deb nom berilgan. Bo‘g‘im oraliqlarining ichi kovak. Uning shoxlari faqat poya bo‘g‘imlaridan chiqadi va bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib joylashadi. Barglari mayda bo‘lib, poya va shoxlardagi bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib o‘rnashgan. Dala qirqbo‘g‘im poyasi va shoxlarining uchida spora beruvchi boshoq hosil bo‘ladi. Ularda (shakli o‘zgargan barg) halqa hosil qilib o‘rnashadi. Sporafillarning ostki tomonida 6-8 ta sporangiy joylashgan, Sporafillar spora beruvchi organ, ya’ni ko‘payish organi vazifasini bajaradi Erta bahorda dala qirqbo‘g‘imining ildizpoyasidagi kurtaklardan poya o‘sib chiqadi. Bu poya qo‘ng‘ir rangli, shoxlanmagan bo‘lib, uchida spora beruvchi bitta boshoq yetishadi.Spora beruvchi boshoqlarda yetishgan sporalar tashqariga chiqqach suv yoki shamol yordamida tarqaladi. O‘sish uchun qulay sharoitga tushgan sporalarning ayrimlaridan erkak o‘simta, ayrimlaridan esa urg‘ochi o‘simta unib chiqadi. Erkak o‘simta kichkina, chetlari bo‘lingan. Undagi anteridiyda ko‘p xivchinli spermatozoidlar yetishadi. Urg‘ochi o‘simta esa erkak o‘simtadan biroz kattaroq bo‘lib, undagi arxegoniy ichida tuxum hujayra hosil bo‘ladiSpermatozoidning tuxum hujayrasiga kelib qo‘shilishi (urug‘lanish) qirqbo‘g‘imlarda faqat suvda amalga oshadi. Urug‘langan tuxum hujayradan hosil bo‘lgan murtak o‘sib yangi o‘simlik – sporafitni hosil qiladi. 1.1bob.Dorivor oʻsimliklarni tayyorlash, oʻstirish va ularni muhofaza qilish. O‘zbekistonda qirqbo‘g‘imning sershox qirqbo‘g‘im deb nomlanadigan ikkinchi turi ham o‘sadi. Bu tur dala qirqbo‘g‘imidan bahorgi poyasining yo‘qligi, spora beruvchi boshoqlari shoxli poyalar uchida hosil bo‘lishi bilan farq qiladi. Qirqbo‘g‘imlar qimmatli dorivor o‘simliklardir. Ularning poya va shoxlaridan tayyorlangan qaynatma va damlama siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Dori-darmonlarni tabiatdan o‘rganing,inson izlayotgan narsani u allaqachon yaratgan “(Abu Ali ibn Sino)O‘zbekiston o‘simlik dunyosi juda boy va rang-barangdir. Cho‘l va dashtlar, tog‘lar va adirlar, pasttekisliklar va daryo deltalari yonma-yon joylashib ajoyib manzara hosil qiladi. Bu aql bovar qilmaydigan bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo aslida Markaziy Osiyoning qo‘shni mintaqalari bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonning tog‘laridagi maydon birligiga nisbati bo‘yicha o‘simliklar soni bir necha baravar ko‘p. Mamlakatning boy o‘simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli xil o‘simliklar mavjud, ular orasida dorivor o‘simliklar ham bor. Bunday o‘tlar ekologik toza bo‘lib oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Oʻsimliklar dunyosi: Oʻzbekiston oʻsimliklar dunyosi xilma-xil boʻlib, xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti (Botanika ilmiy-i. Ch markazi)da olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, oʻlkada 166 oilaga mansub 4500 ga yaqin yuksak oʻsimlik turlari borligi maʼlum boʻldi. Bularning aksariyat qismini qoqioʻtdoshlar (260 ga yaqin tur) karamdoshlar, yalpizdoshlar, shoʻradoshlar, loladoshlar, chinniguldoshlar, yoronguldoshlar, govzabondoshlar, raʼnodoshlar kabi yirik oilalarning vakillari tashkil etadi. Oʻzbekiston florasi paydo boʻlishi, tarqalishi, tur, turkum va oilalarining ummumiy oʻxshashligi jihatidan Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar, xususan, Eron, Afgʻoniston oʻsimliklar dunyosiga juda yaqin turadi. Oʻzbekiston florasi uzoq tarixga ega. Paleobotanik tadqiqotlar respublika xududida quruqlikdagi yuksak oʻsimliklarning (ksilofitlardan tortib) barcha evolyutsion davrlarga oid oʻsimlik qoldiqlari borligini koʻrsatdi. Hatto hozirgi Qizilqum choʻllaridan bir vaqtlar bu yerlarda oʻsgan xurmo, chinor, terak kabi daraxt va butalarning qoldiqlari topilgan. Oʻzbekistonda oʻsimliklar oʻsmaydigan joy yoʻq. Ularni tekislikdagi qumli choʻllardan tortib, qorli baland togʻlargacha boʻlgan turli relʼyef va tuproq sharoitida uchratish mumkin. Oʻzbekiston oʻsimliklarning tarqalishini yoritish uchun tavsiya etilgan 4 tik (vertikal) mintaqaasos qilib olindi. Har bir mintaqa oʻziga xos relʼyef, iqlim, tuproq va oʻsimliklar dunyosiga ega Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekistonning tabiiy florasi va oʻsimliklar jamoasini oʻrganish ustida olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida 4274 tur, 1023 turkum va 138 oilani oʻz ichiga olgan va Beruniy mukofotiga sazovor boʻlgan 6 jildli (rus tilida) “Oʻzbekiston florasi”, 125 oilaga mansub 8097 tur va 1152 turkumni oʻzida mujassamlashtirgan 10 jildli “Oʻrta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi”, 10 jildli “Oʻzbekiston zamburugʻlari florasi”, “Oʻrta Osiyo suv havzalari suv oʻtlari florasi”, 3 jildli “Oʻrta Osiyo koʻkyashil suvoʻtlar aniqlagichi”, 2 jildli “Zarafshon florasi va oʻsimliklari”, 2 jildli “Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻiston oʻsimliklari”, 4 jildli “Oʻzbekiston oʻsimliklar qoplami va undan oqilona foydalanish”, 3 jildli “Oʻzbekiston paleobotanikasi”, “Oʻzbekiston Qizil kitobi”, “Choʻl oʻsimliklarining ekologik anatomiyasi” kabi 120 dan ziyod monografiya va toʻplamlar nashr etildi. Intda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari oʻz maktablari b-n dunyoga tanilgan Ye.P. Korovin, A.M. Muzaffarov, Q.Z. Zokirov, J.K. Saidov kabi olimlar faoliyati b-n bevosita bogʻliq.Int Germaniya, Angliya, Hindiston, Finlyandiya, Isroil, Xitoy, Vetnam, Turkiya hamda MDH davlatlari b-n hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. Intda botanikaning turli sohalariga bagʻishlangan xalqaro simpoziumlar oʻtkazib kelinadi, jumladan 1998 y. May oyida “GʻarbiyJan. Osiyo va Oʻrta Osiyo oʻsimliklari hayoti” nomi ostida botaniklarning 5Xalqaro anjumani oʻtkazildi. Intda 1 akad., 14 fan d-ri, 50 ga yaqin fan nomzodlaridan iborat 90 dan ziyod ilmiy xodim faoliyat koʻrsatadi (2001). Intda oʻsimliklar qoplamining kamayib ketish sabablari va choʻllarning kengayib borish jarayonlarini oʻrganish, ekologik haritalar tuzish, oʻsimliklarning turli muhitlarga moslanishi va insonlar ta’sirida ularning kamayib ketishini oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, uning xom ashyolarini saqlab qolish va oʻtloqlar hosildorligini oshirish, Orol muammolari, shuningdek qimmatbaho suvoʻtlar, zamburugʻlar, yuksak oʻsimliklardan fiziologik faol moddalar ajratib olish, yoʻqolib borayotgan va kam uchraydigan oʻsimliklarni saqdab qolish ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi.Botanika bogʻi. Toshkent davlat universiteti qoshidagi botanika bogʻi asosida tashkil topdi, rasmiylashuvi va qurilishi 1950 yildan boshlandi. 1968 y. 1 yanvardan bogʻga ilmiy tadqiqot instituti makrmi berildi. Botanika bogʻi Respublika miqyosida oʻsimliklarni introduksiya qilish (ilgari oʻstirilmagan yangi oʻsimliklarni oʻstirish, iqdimlashtirish va ulardan xalq xoʻjaligida foydalanish) masalasini oʻrganish va ishlab chiqishda ilmiy markaz hisoblanadi. Bogʻning 64 ga maydoni boʻlib, unda introduksiya qilingan oʻsimliklarning turi va navlari 554 taga,yil boshida 6 mingga yetdi. Shundan 2500 turi daraxt va buta, qolgani bir, ikki va koʻp yillik oʻtlardir. Bu oʻsimliklar Osiyo va Yevropa mamlakatlari, Kavkaz, Uzoq Sharq oʻlkalaridan, Shim. Amerika, Xitoy va Oʻrta dengiz boʻyidagi mamlakatlardan keltirilgan. Tropik mamlakatlardan olingan 800 dan ortiq oʻsimlik turlari oranjereyalarda oʻstiriladi. Introduksiya qilingan oʻsimliklar orasida manzarali va mevali daraxtlar, xilmaxil rezavor mevali butalar, shifobaxsh oʻsimliklar bor. Koʻchatlari koʻkalamzorlashtirish uchun ekiladigan lola daraxti, lenkoran akatsiyasi, piramidal eman, pushti gulli akatsiya, yirik bargli joʻka, xitoy teragi; manzarali koʻp yillik piyozli oʻsimliklardan lola, krokus, giatsint; ildizpoyali oʻsimliklardan gulsafsar, sallagullar, 90 dan ortiq duragay gibiskus — paxtagul oʻsimliklari yetishtirildi. Bogʻ har yili 15 mingga yaqin urugʻ namunalarini tarqatadi va oʻz navbatida boshqa botanika bogʻlaridan ham urugʻ olib turadi. U chet mamlakatlardagi 477 bogʻ va 200 dan ziyod turli ilmiy tashkilotlar b-n aloqa qiladi. Botanika bogi mavzuli toʻplam va urugʻlarning nomi yozilgan indeks risola (broshyura) chiqaradi. Studentlar, maktab oʻquvchilari, tabiatshunoslar va b. Uchun bilim lab. Boʻlib xizmat qiladi.Angliyada e’lon kilingan “Dunyodagi eng yirik botanika bogʻlari” nomli asarda Oʻzbekiston botanika bogʻi ham tilga olingan. II.bob.Asosiy qism. 2.1.Dala qirqboʻgʻimi oʻsimligining botanik tasnifi. Qirqbo’g’imlarda poyaning bo’lishi, uning bo’g’im va bo’g’imoraliqlaridan iboratligi, bo’g’im barglarini bo’g’inda joylashganligi bilan harakatlanadi. Hozirgi kunda va qadimda o’sib, kеyinchalik qirilib kеtgan, qirqbo’g’imlarning tana tuzilishidagi bunday holat ularning xali urug’ hosil qilmagan murakkab tuzilishli o’simliklardan ancha farq qilib, ularning suv o’tlaridan xaralarga, ochiq urug’lilardan ninabarglilarga va xatto gulli o’simliklardan kazuaringa o’xshab kеtadi. Qirqbo’g’imlar poyasining uzunligi bir nеcha santimеtrdan, bir nеcha mеtrgacha bo’lgan diamеtri 0.5 m, bo’yi 15 m gacha еtgan qirilib kеtgan daraxtlar kiradi. Qirqbo’g’imlar poyasining o’tkazuvchi sistеmasi ko’ndalang kеsmasida yulduzsimon (aktinostеla) yoki bo’g’imli, bir-biridan turlicha tuzilishi bilan farqlanadigan, navbat bilan almashinib joylashadigan qismlardan iborat. Boshqa haraktеrli bеlgilaridan yana biri, boshqa o’simliklardagi sporofillardan o’zining tuzilishi bilan farqlanadigan sporangiforalarning bo’lishidir. Sporangiforalar poyaning uchida hosil bo’ladi. Ularda bir xil sporalar yеtishadi. Qazilma turkumlarida turlicha sporalar ham yuzaga kеlgan. Jinsiy nasl – gamеtofit, hozirgi turlarida bir yoki ikki jinsli, juda kichkina, yashil, bir nеcha millimеtr kattalikdagi o’simtadan iborat. Gamеtofitda antеridiy va arxеgoniy hosil bo’ladi. Antеridiylarda ko’p xivchinli spеrmatazoidlar, arxеgoniylarda tuxum hujayra yеtiladi. Urug’lanish suvli muhitda ro’y bеradi, zigota tinim davrini o’tamay yangi jinssiz nasl sporofit hosil qiladi. Qadimgi qazilma qirqbo’g’imsimonlar dеvon davri yotqiziqlaridan ma’lum. Bu davrning oxirlarida bu bo’limning barcha sinflarining turkumlari mavjud bo’lgan. Poyasining bo’g’imlaridan iboratligi qirqbo’g’imlarning eng muhim haraktеrli bеlgilaridan hisoblanadi. Palеzoy erasining oxirlari, mеzazoyning boshlanishida bu bo’limning tana tuzilishi ulardan takomillashganlari muhit sharoitlarining kеskin o’zgarishi natijasida halok bo’lib kеtgan. Tana tuzilishi xali yеtarli darajada takomillashmagan turkumlaridan qirqbo’g’imlar ba’zi joylarda yirik o’tloqzorlarni hosil qilgan. Uzoq yillar davomida muhitning turli noqulay sharoitlariga moslanishlarni, tana tuzilishida takomillashishni hosil qilganligi tufayli hozirgi kunda bu bo’limdan bitta sinf, bitta tartib va bitta qirqbo’g’imlar turkumigina tarqqi etib o’sib kеlmoqda. Qirqbo’g’imsimonlar sinfi (Equisetopsida) Qirqbo’g’imlar tartibi (Equisetales) Qirqbo’g’imdoshlar oilasi (Equisetaceae) Bu oilaga ildizlari asosiy poyasining uchida, qisman yon poyalarda sporangiforalari bo’lgan o’t o’simliklar kiradi. Bu oilaga hozirgi kunda o’sayotgan qirqbo’g’im va unga tashqi ko’rinishidan o’xshash, hali yaxshi o’rganilmagan eqizеtitеs (Equisetites) turkumlari kiradi. Qirqbo’g’im (Equisetum). Lotincha Equisetum atamasini birinchi marta qadimgi rim tabiatshunosi Plinеy kattasi otning dumiga (equius – ot va seta –dag’al soch) o’xshatib qirq bo’g’imga shunday nom bеrgan. Tabiatda qirqbo’g’imlar bitta o’simlikni vеgеtativ ko’payishidan yuzaga kеladigan klon holida bir nеcha o’nlab, xatto yuzlab kvadrat mеtr maydonlarni egallab o’sadi. O’simlikning bo’yi 80-100 sm, yo’g’onligi 2-5 mm, ba’zilarida esa, masalan, janubiy Amеrikada o’sadigan E. Giganteumning bo’yi 10-13 mеtr bo’lib, u odatda chirmashib o’sadi. Qirqbo’g’imlar novdasining tuzilishiga ko’ra ularni ikki guruxga bo’lish mumkin. Yer usti novdasi bir xil tuzilishli, dag’al, doim yashil va poya uchidagina strobila hosil qiladiganlari hamda, novdasi ikki tipdagi – bittasi qo’ng’ir yoki yashil tusda, sporaband hosil qiladigan, ikkinchisi yashil vеgеtativ novdali bo’ladi. Har ikkala novda bahorda yuzaga kеladi, odatda nozik va qishga borib qurib qoladi. Vеgеtativ va sporabandli novdalarning rivojlanishi turlicha ro’y bеradi. Dala qirqbo’g’imida (E.arvensis) sporaband hosil qiladigan poya dastlab paydo bo’ladi. U avval shoxlanmagan, qo’ng’ir tusli bo’lib, sporalar hosil qilganidan kеyin qurib qoladi. 2.2.Dala qiriqboʻgʻimi oʻsimligi mahsulotining tashqi koʻrinishi, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi. Qirqbo’g’im vеgеtativ novdasining uchidagi uch qirrali piramidasimon hujayra bo’linib intеrkalyar mеristеmani hosil qiladi. Bu mеristеma hosilalarining uzayishi hisobiga novda uzunasiga o’tadi. Novdadagi bo’g’imda egat va pushtalar bor. Voyaga yеtgan, fotosintеzni amalga oshiradigan novdaning ko’ndalang kеsmasida epidеrma, po’stloq, o’tkazuvchi bog’lamlar va markaziy bo’shliq ko’rinadi. Bo’g’im oralig’ining epidеrmasi tig’iz joylashgan po’sti egri-bugri hujayralardan iborat. Bu hujayralarning tashqi po’sti qalinlashgan va u juda mayda, turli-tuman ko’rinishli hosilalar bilan qoplangan. Epidеrma hujayrasining po’sti, shu bilan birga novdaning boshqa to’qimalari tarkibida sеllyuloza bilan bir qatorda krеmniy tuzlari ham bo’ladi. Krеmniy tuzlaridan iborat mumli qatlam novdada bo’lib u qirqbo’g’imga mustahkamlik bеribgina qolmay, mollyuskalar va hasharotlar ta’siridan ham saqlaydi. Epidеrma ostidagi birlamchi po’stloq mustahkamlik bеruvchi va fotosintеzlovchi to’qimalardan tashkil topgan. Ularning o’zaro joylashuvi, kattaliklari va bo’g’im oraliqlaridagi ko’rinishlari har xil turlardan turlicha bo’ladi. Mustahkamlik bеruvchi to’qima novda bo’ylab cho’zilgan uzunligi 0,5-1,5 mm kеladigan tirik hujayralardan iborat. Voyaga yеtgan hujayralarning po’stida krеmniy tuzlari ko’p bo’ladi, shunga ko’ra epidеrma bilan birgalikda qirqbo’g’imning asosiy mеxanik tayanchi bo’lib hisoblanadi. Fotosintеzlovchi to’qima yoki xlorеnxima (qirqbo’g’imlarda fotosintеzlovchi qism- barglar yo’qolib kеtgan, shunga ko’ra bu vazifani novda bajaradi) novda egatlarida xalqa hosil qilib joylashadi. Bo’g’im oraliqidagi o’tkazuvchi bog’lamlar, atrofidagi to’qimalardan bir qavatli bir yoki ikkita xalqa bilan ajralgan yoki har bir bog’lam endodеrma bilan o’ralgan. Qirqbo’g’im ko’pyillik ildizli o’simlik. Ildizining uzunligi bitta turga mansub qirqbo’g’imlarda ham turlicha bo’ladi. Ildiz gorizontal va vеrtikal, yonboshga yo’nalgan yo’g’onroq, bo’g’im oraliqi uzun, tikkasiga yo’nalganlarida ingichkaroq va bo’g’im oraliqi kaltaroq bo’ladi. Haqiqiy ildizlar bo’lib yonboshga yo’nalganlari hisoblanadi, chunki ular yordamida qirqbo’g’imning vеgеtativ ko’payishi amalga oshadi. Ildizda ustitsa, xlorеnxima va mustahkamlik bеruvchi to’qimalar bo’lmaydi. Qirqbo’g’imlarda ikki xil ildizlar bo’ladi. Ijobiy gеotropizm xususiyatli, og’ir, diamеtri 1-5 mm li ildiz bo’g’imlaridan bittadan chiqadi va uzunligi 0,5-2 mеtrlargacha boradi. Agеotropik ildizlar tolasimon, ingichka, ildiz bo’g’imdan mutovka holida chiqadi va uzunligi 10 sm dan oshmaydi. Qirqbo’g’imlarni vеgеtativ ko’payishi eng avvalo ildizpoyasi orqali amalga oshadi. Eski ildizpoyalar halok bo’ladi. Qirqbo’g’imlarning strobilalari asosiy novdaning uchida yoki, yon novdalarda hosil bo’ladi. Ular bittadan, ayrim turlarida ko’p miqdorda paydo bo’ladi. Strobilalar ellipssimon 2-80 mm uzunlikda, sarg’ish, qo’ng’ir yoki qoramtir tusda bo’ladi. Sporalar yеtilayotgan storobila biroz cho’ziladi va sporangiy tеz quriydi. Sporangiylar ochilganidan kеyin sporalar atrofga changib tarqaladi. Nam tuproqqa yoki suvga tushgan sporalargina tеzda unadi. Quruq joyda qolganlari tеz qurib, halok bo’ladi. Nam, qulay joydagi spora dastlab bo’kadi. Sporani o’rab turgan parda yirtiladi. Sporani birinchi marta bo’linishidan kеyinoq ijobiy gеotropik xususiyatli ildiz rivojlana boshlaydi. Shu bilan birga gamеtofit hujayrasi yuzaga kеlib, u ko’p marta bo’linganidan kеyin yashil gamеtofitga aylanadi. Dastlab gamеtofit bir qator yashil ipdan iborat xloronеmani hosil qiladi. Kеyinchalik u bir qavatli hujayralardan iborat, yaproqsimon ko’rinishga aylanadi. Yaproqsimon gamеtofitning ayrim hujayralari ikkilamchi rizoidni hosil qiladi. Qirqbo’g’imlarda erkaklik, urg’ochilik va ikki jinsli gamеtofitlar rivojlanishi kuzatilgan. Ular bir-biridan o’sishining tеzligi, rivojlanishi va morfologiyasi bilan farqlanadi. Erkaklik gamеtofit 1-10 mm, urg’ochiligi esa 3-30 mm kеladi. Erkak gamеtofitda antеridiylar 20-110 kunda urg’ochi gamеtofitda arxеgoniylar 30-130 kun ichida paydo bo’ladi. Urg’ochi gamеtofit ikki jinsli bo’lishi mumkin, ammo erkaklik gamеtofit arxеgoniylar hosil qilaolmaydi. Qirqbo’g’imlarda spеrmatazoidlar ancha murakkab tuzilgan. Uning xivchinlari spiral shaklda tuzilgan. Spеrmatazoidning suvda suzib yurish vaqti va uning harakatlanish xaraktеri suvning tarkibi va haroratiga bog’liq bo’ladi. Voyaga yеtgan arxеgoniy gamеtofit to’qimasiga botib joylashgan. Urug’lanish doimo suvli muhitda amalga oshadi. Hosil bo’lgan zigota darxol unaboshlaydi. Qirqbo’g’imlar murtagi gamеtofit hisobiga oziqlana boshlaydi. Murtakdan hosil bo’lgan o’simta unchalik katta emas. Uning bo’yi 10 sm dan biroz oshadi. O’simta poyasida murakkab o’zgarishlar ro’y bеrgandan kеyin yеrosti va yеrusti qismlari yuzaga kеladi. Qirqbo’g’imlar morfologik tuzilishi jihatidan o’zgaruvchanligi bilan haraktеrlanadi. Agar o’simlik yorug’lik yaxshi tushadigan, boshqa o’simliklar kam bo’lgan joylarda o’sganda poyasi past bo’yli, tuproqdagi o’t-o’lanlar o’sib kеtsa, u yon shoxchalarini hosil qiladi. Bu o’simlik Shimoliy mintaqalarda o’sadiganlarida sporalar hosil qiladigan novdalari biroz qo’ng’ir tusda bo’ladi. Mutaxassislarning fikrlaricha qirqbo’g’imlar turkumi yigirmaga yaqin turlaridan iborat. Ular kurramiz bo’ylab eng ko’p tarqalgan o’simliklardan biri bo’lib hisoblanadi. Ular Avstraliya, Yangi Zеllandiya va Afrikaning tropik qismidan boshqa hamma joylarda o’sadi. Qirqbo’g’imlar gigrofit, mеzofit va ksеrofitlarga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. U bеvosita qanday muhit sharoitlarida o’sishiga bog’liq holda o’zgaradi. Qirqbo’g’im xalq tabobatida va davlat farmakopеyasida qo’llaniladi. Qirqboʻgʻimdoshlar — qirqboʻgʻimnamolarga mansub oʻsimliklar oilasi. Yagona qirqboʻgʻim turkumidan iborat. Poyasi yashil, oddiy, boʻgʻimlarga ajralgan. Barglari rivojlanmagan, mayda, tumorchasimon, pastki qismi qoʻshilib oʻsib, boʻgʻimining tagida halqa boʻlib joylashadi. Poyasi uchida sporali boshoq (strobila) hosil qiladi. U oʻzak va unda halqa boʻlib joylashgan qalqon shaklidagi sporofillardan iborat. Sporofillar ichida 5—10 ta sporangiy, ular ichida esa sporalar yetishadi. Sporalardan rivojlangan erkak gametofitlarda anteridiy, urgʻochi gametofitlarda esa arxegoniy hosil boʻladi. Anteridiyda koʻp xivchinli spermatozoidlar, arxegoniyda esa tuxumhujayra vujudga keladi. Urugʻlangandan soʻng gametofit bir yoki bir necha jinssiz nasl (sporofit) beradi. Jinssiz va jinsiy boʻgʻimlar gallanadi. Q.ning hozirgi vaqtda yashab turgan qirqboʻgʻim turkumi, urugʻi qurib bitgan ekvizetites turkumining sxizonevra turi va boshqa maʼlum. Dala qirqboʻgʻimi oʻsimligi mahsulotining tashqi koʻrinishi, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi. Qiriqboʻgʻim. Bu bo`lim vakillari poyasining to`g`ri tartib bilan bo`g`im vabo’g’imoralig`iga bo`linishi bilan boshqa yuksak sporali o`simliklardan farq qiladi.Ularning bo`g`imlarida mayda barglar xalqasimon yoki mutovqasimon bo`lib,joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabimutovqasimon joylashib, ularham o`z navbatida bo`g`imlarga bo`lingan. Poyanitashqi tomoni serqirrali bo`lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta`sir kiladi.Yana xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ bargvazifasini bajarishdan voz kechgan. Ularfaqatspora hosil kilish bilanchegaralanadi, bu jixatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. Shuninguchun xam bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo’lim turlari Poleozoy erasining Toshko`mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan. Ularnidaraxt, buta shakildagilari yuqolib ketib, bizning davrimizgacha etib kelgan emas,faqat keyinroq paydo bulgan, ko`p yillik o`to`simliklargina bizgacha etib kelgan.Qirqbo`gimlilarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma`lum. Ular dunyoningAvstraliya vaYangi Zellandiya orrollaridan tashqari barcha erlarda uchraydi. O’rtaOsiyoda 6 turi uchraydi.QYrqbug`imlilar kelib chiqishiga kura Riniofitlarga borib taqaladi. Chunkyularda ham mayda barglilik kuzatiladi (Mikrofilliya). Evalyutsion nuqtai nazardanbubo’lim ham tupik hisoblanadi.2. Bu bo’lim 3 sinfga bo’linadi:1. Gieniyasimonlar sinfi-Hyeniopsida2. Ponabargsimonlar sinfi Sphenophylopsida;3. QYrqbug`im simonlar sinfi-Egvisetopsida;1.Gieniyasimonlar sinfi. Bu sinf vakillari to`lig`icha yuqolibketgan, devondavrida yashagan, bo`yi 70-90 smga etadigan buta o`simlaklar bo`lgan. Sinf ikkitaoilaga bo’linadi:1. Gieniyadoshlar-Hyeniaceae2. Kalomofitondoshlar-CalamophytaceaeGieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu o’simlikningshoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Qirqbo’g’im-sporali ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Ildizpoyasi uzun, qo’ng’ir-qoratusda bo’lib, ingichka-ingichkaildizlar chiqaradi va yakkama-dukkamto’ganaklar kosil qiladi. Poyalari ko’p shoxlanmaydi, kulrang-pushtiroq rangda bo’ladi. Sporalari yetilib, sochilib ketganidan keyin spora hosil qiladigan poyalaritez orada qurib ketadi, keyin bo’g’im-bo’g’im bo’lib, to’g’ri o’sadigan bo’yi 50 sm gacha boradigan ko’k poyalari paydo bo’ladi. Sporalari dumaloq shaklda,yashilroq tusda bo’lib, aprel-may oylarida yetiladi. Qirqb’g’im o’tidan saloninlar,alkaloidlar,katronmoddalri, achchiq moddalar, organik kislotalar va boshqa moddalar, birmuncha miqdor, karotin va C vitamini bor. Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida qirqbo’g’im o’ti qon ketishiga qarshi qadimdan ishlatib keladi. Bachadondan qon ketayotgan mahalida, qon aralash ichketar paytida, vabosil kasallikgida hakimlar-qiqbo’g’imdan tayyorlangan dorilarni buyurishadi. Bu o’simlik o’oka sili, me’da-ichak kasalliklarida davo bo’ladi, qovuq va o’t pufagidagi toshlarni tushirish uchun yordam beradi. Ibn Sino bu o’simlikning suvi qon ketishga yaxshi davo bo’lib, yara va jarohatlarningbitib ketishini tezlashtiradi, jigar, me’da kasalliklarida foyda qiladi. Sharobga aralashtirib ichilsa, qon aralash ichketarga yaxshi davo bo’ladi. Qirqbo’g’im o’simligining foydali tomonlari:surunkali yo’talga, ayniqsa qo aralash balg’am bo’lganda, ko;krak og’rig’ida, nafas qisishida, qovuq kasalliklari va ulardagi yaralarda juda yaxshi yordam beradi. Xalq tabobatida, jigar va o’t yo’llaridagi tosh hosil bo’lganda, o’pka sili, moddalar almashinuvinibuzilganida, uzoq vaqt bitmaydigan yiringli yaralarda ishlatiladi. Zamonaviy tabobatda: qirqbo’g’imdan tayyorlangan galen preparatlarining siydik haydaydigan, qon to’xtatadigan, yallig’lanishni boradigan, zaharlar kuchini kesadigan xossalarga ega ekanligi, yurak ishini quvvatlab, yara-chaqalarni bitiradigan ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Tarkibidagi kislotalar qatorida bo’ladigan silikat kislota biriktiruvchi tuzilma va shilliq pardalar, qon tomirlar devorlaridagimoddalar almashinuvida, suyak to’qimasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, silikat birikmalar siydikda, siydik toshlari paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan kollaidlar xosil qiladi, o’pka silida ham foyda beradi. Qiirqbo’g’im suv-tuzlar almashinuvini joyiga keltirish, xolesterin, shuningdekchiqindi moddalrni organizmdan chiqarib tashlashni osonlashtiradi. Qirqbo’g’im yuqoridagi kasalliklardan tashqari, gipertoniyakasalligi, aterosklerozda, qovuq va buyrak kasalliklarida, jigar hazm organlari kasalliklarida, ham ishlatishni tavsiya etadilar.
XULOSA
Qirqbo`g`imlarning mayda, tangachasimon barglari poyada halqa hosil qilib joylashgan, xatto poyadagi yon novdalar ham halqa shaklida joylashgan bo`ladi. Dala qirqbo`g`imi ekin maydonlarida, ariq bo`ylarida yo`qotish qiyin bo`lgan parazit begona o`t. Tibbiyotda dala qirqbo`g`imi novdalari siydik xaydovchi, qon to`qtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Qirqbo`g`imlar yer ostki suvining yuza joylanishii joylanishi ko`rsatib beradigan indikator o`simliklar hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.
2.Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent -2018. Nashriyot.” Tafakkur boʻstoni “ Tuzuvchilar: Oʻ.Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, S.Azimboyev. ISBN 978-9943-993-63-1. 3.Yuksak oʻsimliklar sistematikasi. Samarqand -2019Tuzuvchilar: X.O.Haydarov, Y.Sh.Toshpulatov, X.X.Jalov,I.U.Mukumov. Guliston Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar fakulteti III bosqich 21-20- guruh talabasi Isoqov Jasurning “Dala qirqboʻgʻimi – Xom ashyosini yigʻish,tayyorlash va qayta ishlash texnologiyasini klaster usulida tahlil qilish “ mavzusidagi kurs ishiga. Taqriz Kurs ishida “Dala qirqboʻgʻimi – xom ashyosini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash texnologiyasini klaster usulida tahlil qilish “ toʻgʻrisida bayon etilgan. Isoqov Jasur tomonidan tayyorlangan kurs ishi kirish qismi va II bobdan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Isoqov Jasur kurs ishini tayyorlashda bir qator ilmiy va oʻquv adabiyotlaridan foydalangan boʻlib, olingan materiallarda foydalanilgan xulosalar kurs ishi mazmunini yoritishga toʻla xizmat qilgan. Shuningdek, mavzu mazmuniga mos ravishda tanlangan va foydalanilgan illyurtrativ materiallar dorivor oʻsimlik mahsulotlari ularning tahlili va amaliy tekshirish usullari toʻgʻrisida bayon etilgan. Kurs ishida internet maʼlumotlaridan ham foydalanilgan. Mazkur kurs ishida imloviy xatolar keltirilgan boʻlsa-da, uning yani kurs ishining mohiyatii toʻla yoritilgan boʻlib himoya qilishga tavsiya etiladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqgan holda Isoqov Jasur tomonidan tayyorlangan “Dala qirqboʻgʻimi – xom ashyosini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash texnologiyasini klaster usulida tahlil qilish “ mavzusidagi kurs ishini amalda nizom talablariga toʻla javob beradi va himoya qilishga tavsiya etaman. “Dorivor oʻsimliklar va botanika” Kafedrasi oʻqituvchisi: N.Ergasheva Download 46.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling