Darslik ташкент Mualliflar jamoasi
Download 5.41 Mb.
|
Kitob TKK
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAFAS TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI Pulmonologiya
- Umumiy tadbir
- Maxsus tadbirlar
Nazorat savollari:
Shifobaxsh (davolovchi) ovqatlanishning asosiy tamoillari qaysilar? Muvozanatlashgan oziqlanishformulasiqanday? Xirurgik va terapevtik parhez stollari turlari haqida gapirib bering. Yara kasalligida qaysi stol buyuriladi? O’gir yotgan bemorlarni ovqatlantirish NAFAS TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI Pulmonologiya (lot. pulmo –o’pka grek. logos- ta’limot) ichki kasalliklar bo’limi bo’lib, nafas organlari kasalliklari tashhisi, davolanishiva profilaktik tadbirlar o’tkazishni o’rganadi. Nafas organlari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni ko’zdan kechirish va parvarishi 2 yo’nlishda olib boriladi. Umumiy tadbir- har qanday kasallik bilan kasallangan bemorlarda quydagi parvarish va kuzatuv olib boriladi. -bemorni umumiy ahvolini ko’zdan kechirish -termometriya -arterial qon bosimi va puls nazorati -harorat varaqasini to’ldirish -bemorning shaxsiy gigeyanasiga rioya qilish -sudna qo’yish Maxsus tadbirlar - bu nafas organlari kasalligi simptomlari (xansirash, yo’tal, qon qusish va og’riq) bilan og’rigan bemorlarni kuzatish va parvarish qilish choralaridir. NAFAS OLISH TIZIMI Nafas olish — bu tashqi muhitdan kislorodning avval o’pkaga, keyin qonga, so’ngra esa butun organizmning a’zo va to’qimalariga kelishi va organizmdan karbonat angidrid gazining chiqarilishi bilan bog’liq jarayon. Nafas olish a’zolari nafas olish yo’llari (burun bo’shligi, kekirdak traxeya, bronxlar) va gaz almashtirish a’zosi — o’pkalardan iborat. Nafas olish harakatlari (nafas olish va nafas chiqarish)da ko’krak qafasi, diafragma (ko’krak qafasi va qorin bo’shligi oralig’ida joylashgan muskul), nafas olish yo’llari (ustki va pastki), o’pkalar ishtirok etadi. Havo burun yoki og’iz orqali olinadi va burun - halqum yoki og’iz-halqum bo’yicha hiqildoqga, so’ngra traxeyaga tushadi. Traxeya o’ng va chap o’pkaga mos ravishda 2 bosh bronxga bo’linadi, har biri ko’krak qafasining tegishli qismida joylashgan bo’ladi. Bronxlar daraxt shoxlari singari mayda naylarga bo’linadi va havoni alveolalarga yetkazadi. O’pkaga tushishdan avval olinayotgan havo burun bo’shlig’i va nafas olish yo’llari tomonidan isitiladi, namlanadi va tozalanadi. O’pka - juft a’zo. O’pka g’alvirga o’xshaydi va kapillyarlar bilan o’ralgan million mayda qopchalar — alveolalardan tashkil topgan. Karbonat angidrid bilan to’yingan qon oqib o’tuvchi alveola va kapillyar devorlari orqali gaz almashinuvi amalga oshiriladi. Har bitta o’pka yupqa parda — plevra bilan o’ralgan. Plevraning asosiy vazifasi — o’pkalar bir maromda qisqarib, to’g’irlanishidan iborat. Plevra kovaksimon bo’shliqni tashkil qiladi, unda o’pkaning nafas olish harakatlarida ishqalanishni kamaytiruvchi 1—2 ml suyuqlik mavjud; plevra bo’shlig’ida nafas olishda so’rib oladigan harakatni amalga oshiruvchi manfiy bosim bor. Plevra bo’shlig’ining yaxlitligi buzilganda o’pkaning nafas olish funksiyasi keskin buziladi. Nafas olish funksiyasi yuqumli kasalliklar, tamaki tutuni, ifloslangan muhit, chiqindi gazlar bir necha bor ta’sir qilganda buzilishi mumkin. Nafas olish ko’krak hajmi kattalashishi va o’pkalarning yozilishi bilan bog’liq. Nafas olish vaqtida gumbazsimon diafragma yassi bo’lib qoladi. Bir vaqtning o’zida qovurg’alar orasidagi muskullar qisqarib, ko’krak qafasini tepaga va yon atrofga cho’zadi. Bu harakatlar ko’krak qafasi hajmini kattalashtiradi va shu bilan havo so’rilishini ta’minlaydi. Nafas chiqarish vaqtida diafragma va ko’krak muskullari bo’shashib, havo chiqib ketadi. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling