Referat bajardi: Tekshirdi: Mavzu: Bemorlarni ovqatlantirish. Reja
Download 101.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 5361679804724688748 bemor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ogir yotgan bemorlarni ovqatlantirish. Foydalanilgan adabiyotlar Mavzu: Bemorlarni ovqatlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Angren Universiteti Davolash ishi fakulteti REFERAT Bajardi:_____________________ Tekshirdi:___________________ Mavzu: Bemorlarni ovqatlantirish. Reja: 1.Bemorlarni parvarishlash 2.Bemorlarni ovqatlantirish 3.Og'ir yotgan bemorlarni ovqatlantirish. Foydalanilgan adabiyotlar Mavzu: Bemorlarni ovqatlantirish. Bemorlarni parvarishlash Bemorni parvarish qilish - bemor (kasal)larga har tomonlama yordam berish va vrach koʻrsatmalarini bekamu kust amalga oshirishni taʼminlaydigan tadbirlar majmui; davoning muhim tarkibiy qismi. Turli kasalliklarda bemorni parvarish qilishning oʻziga xos xususiyatlari bor. Shu bilan birga barcha bemorlarga tegishli umumiy parvarish qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi, vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo keltirishi, bemor ahvolini uzluksiz kuzatib borish, shuningdek dard tufayli zaiflashib qolgan organizmni boshqa kasalliklardan himoya qilish ham Bemorni parvarish qilish q.ga kiradi Bemorni parvarish qilish q. tadbirlari bemorning umumiy ahvoliga qarab belgilanadi. Vrach lozim boʻlgan tartib (rejim)ni tavsiya etadi, yaʼni qimirlamay yotish tartibi (oʻrinda harakat qilinmaydi), yotish tartibi (oʻrinda turmasdan harakat qmlish mumkin), yotib turish tartibi (xona ichida harakat qilish mumkin), umumiy tartib (faol harakat qilishga ruxsat beriladi). Bemor oʻziga oʻzi bemalol qaray olsa ham, uning yaqinlari iloji boricha qulay sharoit tugdirishlari, kayfiyatini buzmasliklari, vrach koʻrsatmalarini amalga oshirishini kuzatib borishlari lozim. Bemor uyida davolanadigan boʻlsa, u yotgan xona alohida, ozoda, yorug, iliq (18 — 20°) boʻlishi, kupda uch mahal — ertalab, kunduzi va kechqurun — uxlashdan oldin shamollatib turilishi zarur (hatto qishda ham). Bunda bemorni issiq adyol, boshini qalin sochiq bilan oʻraladi va yuzi ochiq qoddiriladi. Bemor sovqotmaydigan qilib yaxshi oʻrab qoʻyilsa, sof havo hech zarar qilmandi. Yezda derazani kun buyi ochib qoʻygan maʼqul. Xona kuniga 2-marta: ertalab va kechqurun yotishdan oldin yigʻishtirib, tozalanadi. Bunda deraza romlari, eshik, mebellar nam latta bilan artiladi, pol yuviladi yoki latta oʻralgan chutka bilan tozalanadi. Gilamlar, qalin deraza pardalar vaqtincha yigʻib qoʻyilgani maʼqul yoki tez-tez (haftada 1 — 2-marta) chang yutgich bilan tozalanadi. Xonada pastroq tovushda gaplashish kerak, ammo pichirlab gaplashish yaramaydi. chunki bu bemorga goʻyo uning agʻvoli ogʻirligini yashirishga urinayotgandek boʻlib tuyuladi, radio va televizor ovozini pasaytirib qoʻyiladi. Bemorii biror joyga oʻtkazish kerak boʻlsa, maxsus kreslo yoki zambildan foyd&taniladi. Bu ishni bajaruvchi yolgʻiz boʻlsa, u bir qulini bemorning kuragi ostidan, ikkinchisini sonining tagidan oʻtkazib, koʻtaradi; bunda bemor kutaruvchining buyniga osilib oladi. Boshqa joyga utkazishdan oldin joyning tayyorligi kuzdan kschiriladi. Ahvoli ogir bemorlar choyshabi tagidan kleyonka solinadi. dumgʻaza ostiga rezina doira, ostga tuvak, siydikdon qoʻyiladi, ularga yechinishlarida yordam koʻrsatiladi. Bemorning koʻrpatoʻshagi uzun va keng boʻlgani maʼqul. Toʻshak ustidan oq choyshab yoziladi. Baʼzi kasalliklarda vrach tavsiyasi bilan tushak ostidan uning kattaligida taxta quyiladi. Bemorni issiq qilib, oʻrabchirmash yaramaydi. Karavot iyeltgich asboblariga yaqin qoʻyilmaydi, uni ikki tomonidan bemor oldiga bemalol kelish mumkin buladigan qilib qoʻyish kerak. Bemor choyshabini ehtiyotlik bilan almashtirish lozim. Buning uchun bemorni (agar t>ra olmasa) avaylab urin chetiga surib, choyshabning boʻshagan kismini yumaloklab oʻrab, bemor yotgan joygacha olib kelinadi, uning oʻrniga toza choyshab yozib, bemorni uning ustiga oʻtk^ziladi, oʻralgan kir choyshab esa yigʻishtirib olinadi. Ogʻir yotgan bemorning koʻylagini almashtirganda koʻylak etagini yuqoriga tomon yigʻa borib, avval boshidan, soʻngra qoʻllarida}) chiqariladi, koʻylak kiygizishda esa buning aksicha amal qilinadi. K^loyoqshikastla i ganda kiyim avval sogʻ qoʻloyoqaan, keyin kasach q>;loyoqdan yechiledi, kiygizishda esa buning akemcha qilinadi. Bemorga vrach ruxsat etgan boʻlsa, haftada 1-marta uni choʻmiltirish mumkin. Agar bunga ruxsat berilmasa. kundalik yuvibtarashdan tashqari, bemor badanini qaypagan suv yoki maxsus eritmalarga hoʻllangan latta bilan artib turiladi. Bemor qattiq terlasa, kiyimi botbot almashtirnlib, badani quruq sochiqqa artnladi (badani doim quruq va toza turishi kerak). Yuz, boʻyin va gavdaning yuqori qismini kunda yuvib turish, qulni har safar ovqatlanmshdan oldin yuvish kerak. Oʻrnidan turmaydigap bemorlar oyogʻini karavot ustiga togora q>’yib. haftada 2 — 3-marta yuviladi. Ogir yotgan bemorlarning jinsiy aʼzolari va orqa chik>)run teshigi sohasi har gal hojatdan keyin yuvib turiladi. Ich ketganda darhol kleyonka va choyshab (lozim boʻlsa kiyimlarni ham) almashtiriladi va orka peshov sovunlab yuviladi. Sochni har kuni iliq suv bilan namlab tarab, toza tutiladi. tirnoqdarpi vaqtvaqti bilan olib turiladi. Bemor tishini kuniga 2 mahal yuvib. har gal ovqatlangandan keyin ogʻzini chayib turishi lozim. Ogʻir yotgan bemorlar tishi 0,5% li soda yoki margansovkaning kuchsiz eritmasiga namlangan paxta bilan artiladi. Kuloqdar iliq suv va sovun bilan yuvib turiladi, unda chirk yigʻilib qolsa, 3% li vodorod peroksid eritmasidan bir necha tomchi tomizib. soʻngra paxta pilikcha yordamida ex?iyotlik bilan olinadi. Quloqni tozalaganda gugurt choʻpi, soch toʻgʻnogʻichi va boshqalardan foydalanish yaramaydi, aks hodda quloq pardasini teshib yuborish mumkin. Koʻzdan kiprik va qovoqlarning yopishib qolishiga sabab boʻladigan suyuqlik ajrachganda (koʻproq bolalarda) ertalab yuvintirish vaqtida kuzni ehtiyotlik bilan iliq suvda paxta boʻlakchasi bilan yuviladi. Burundan suyuklik oqqanda yoki qaloqhosil boʻlganda uni vazelin moyi yoki glitserin tomizib yumshatiladi va paxta pilik bilan asta tozalanadi. Yotgan bemorlarga tuvak va siydikdon tutiladi, u oldin tozalab yuviladi va dezinfeksiyalanadi. Bemorning haroratini ertalab va kechqurun ulchab, yozib qoʻyish juda muhim, chunki haroratning oʻzgarishiga qarab, kasallikning qanday oʻtayotganini va davolash nafini bilsa boʻladi. Bemor ovqati oqsil, uglevod, yog, mineral tuzlar, vitaminlarga boy boʻlishi kerak. Bemorni kuniga 4 mahal (maʼlum soatlarda) ovqatlantirish lozim. Ovqatlarning xilmaxil boʻlishi, dasturxonni chiroyli qilib bezash bemorning ishtahasi ochilishiga yordam beradi. Koʻpgina kasalliklarda vrachning oʻzi parhez taomlar buyuradn, oʻz bilgicha parhez qilish yaramaydi. Ayrim kasalliklar (ayniqsa, meʼdaichak kasalliklari)da ozozdan dambadam ovkatlanish tavsiya etiladi. Ogʻir yotgan bemorlarga ovqat qoshiq bilan ozozdan ichiriladi. Ichimlik va suyuq ovqatlar (qaynatma shoʻrva. kisel va boshqalar) joʻmrakli maxsus idishchada ichiriladi. Bemorning uyqusiga, kayfiyatiga, eshushi joyida ekaniga kdrab turish muhim ahamiyatga ega. Bemorni xayajonlantiradigan, uning kayfiyatini buzadigan gaplarni aytish, ezmalik qilish yaramaydi. Bemor maʼyus boʻlib, chiroyi ochilmasa, tinchlantirish, unga dalda berish maʼqul. Bemor yotgan uyda tinchlik saqlash uning tuzuk dam olishiga va tiniqsb uxlashiga yordam beradi. Terining rangiga, toshmalar boryoʻgʻiga, qichishishiga, gavda haroratiga. yuzkoʻzlar ifodasiga eʼtibor berish va oʻzgarish sezilsa, tezda vrach chaqirish lozim. Shuningdek siydik va najas rangining oʻzgarganligi, dori-darmonlar qanday taʼsir etayotganligini kuzatib borish hamda maʼlumotlarni vrachga yetkazib turish lozim. Agar doridan toshmalar toshsa, qichishsa. tilning uchi achishea, koʻngil aynisa, bu qaysi dori bilan bogʻliqligini aniqlab va uni qabul qilishni toʻxtatib, darhol vrachga xabar qilish kerak. Vrach buyurganda bemorga koʻpincha grelka, gorchichnik, kompress qoʻyiladi, dori ichiriladi va boshqa Dorini buyurilgan miqdor (doza)da va maʼlum vaqtlarda beriladi. Doridarmonlar quruq, ayrimlari qorongi va salqin joyda saqlanadi. Yukumli kasalliklar bilan ogʻriganlar, shuningdek keksa bemorlar alohida parvarishga muxtoj boʻladi. Yuqumli kasallik bemordan atrofdagilarga ʻyuqishi mumkinligini nazarda tutib, tozalikka jiddiy rioya qilish talab etiladi. Ruhiy kasallarni parvarish kdlganda baxtsiz hodisalar (oʻziga va atrofdagilarga qasd qilish, qochish va boshqalar)ning oldini olishga ahamiyat beriladi. Bemorlarni ovqatlantirish BЕMORLARNI OVQATLANTIRISH Oziqlanish – inson salomatlik holatiga, mehnat layoqatiga va tashqi muhit ta'sirlariga organizmning qarshilik ko’rsata olish xususiyatlariga sеzilarli ta'sir ko’rsatadigan muhim omillardan biri.Oziqlanish – inson salomatlik holatiga, mehnat layoqatiga va tashqi muhit ta'sirlariga organizmning qarshilik ko’rsata olish xususiyatlariga sеzilarli ta'sir ko’rsatadigan muhim omillardan biri. Bu haqida Gippokrat shunday degan, "... oziq-ovqat dori va dori-ovqat bo’lishi lozim". Diеtaa (parhez) (yunoncha diaita - turmush tarzi, ovqatlanish tartibi) - sog’lom odamlar va bеmorlarning ovqatlanishi tartibidir. Diеtaologiya (diеtaa + yunon logos – ta’limot) - bu miyoriy holatlarda va turli xil kasalliklarda inson oziqlanishini o’rganadigan tibbiyot bo’limi bo’lib, bundan tashqari shifobaxsh ovqatlanishni targ’ib qilish bilan shug’illanadi.. Davolovchi (shifobaxsh) Parhez profilaktika maqsadida (diеtaotеrapiya) –davolash yoki maxsus tuzilgan ozuqaviy ratsionlar va ovqatlanish tartibini qo’llanilishidir. Ovqatlanish tartibi (rejimi) - ozuqa qabul qilish vaqtini va sonini, ularning orasidagi intеrvallarni va ozuqaviy ratsionni bеlgilaydi. Oziq-ovqat ratsioni oziqovqatning enеrgiya qiymati, kimyoviy tarkibi, maxsulot aralashmasini, massasini va oziq-ovqat istе’omoliga bo’lgan talablarni tartibga soladi. Organizm jinsi, yoshi va inson jismoniy faoliyatining turi kabi omillarni hisobga olgan holda ovqatlanish oqilona bo’lishi kеrak, ya’ni fiziologik to’laqonli, shuningdеk, muvozanatlashgan - ratsionda oziq moddalarning ma'lum nisbatiga rioya qilingan bo’lishi kеrak. Odam organizmi xayotiy faoliyatida oziqlanishnig ahamiyati Olimlarning fikriga ko’ra, muvozanatlashgan oziqlanish deganda, oziq-ovqat yaxshi hazmlanishini va organizmning xayotiy faoliyatlarini mos ravishda ta’minlaydigan barcha turdagi ozuqa moddalar (nutrienlar)ning jinsga, yoshga, mehnat turiga, iqlim sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin bo’lgan, bir-biriga ma'lum nisbatlarda еtkazib bеrilishi tushiniladi(4-1 jadval). Jadval 4-1. Kattalar uchun oziq-ovqat va enеrgiyaga bo’lgan o’rtacha sutkalik ehtiyoj (A.A. Pokrovskiy bo’yicha, 1976 yil). Muvozanatlashgan oziqlanish formulasi – oqsil, yog’ va uglеvodlar o’rtasidagi nisbat yosh yigit va qizlar uchun normada: 1:1,1:4.1, og’ir jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilar uchun - 1: 1,3: 5. Bir birlik uchun hisobkitoblarda oqsillarni miqdori qabul qilingan. Misol uchun, agar taomda 90 g oqsil, 81 g yog, va 450 g uglеvod bo’lsa, nisbat 1: 0,9: 5 bo’ladi. Tеrapеvtik parhezlarda, agar kеrak bo’lsa, oqsillar, yog’lar yoki uglеvodlar nisbati o’zgartiriladi. Assimilyatsiya uchun maqbul bo’lgan kaltsiy, fosfor va magniy nisbati 1: 1.5: 0.5. Oqsillar barcha muhim jarayonlarda ishtirok etadi: gormonlar, gеmoglobin, vitaminlar va fеrmеntlar sintеzi uchun moddiy ta'minot, muhim aminokislotalar manbai bo’lib hisoblanadi. Oqsillar plazma muhitning, miya va oshqozon suyuqligi, ichak sеkrеtsiyasida doimiy rеaktsiyasini saqlab turishda ishtirok etadi. Hayvon oqsillari sutkalik oqsillarning 55-60 foizini tashkil qilishi kеrak. Oqsillar uchun sutkalik ehtiyoj100 g. Yog’lar mеtabolik jarayonlarda qatnashadi, hujayra va to’qimalarning tarkibiy qismiga kiradi; ular qimmatbaxo enеrgiya manbai bo’lib xizmat qiladi - 1 g yog’ parchalanganda 9 kkal enеrgiya hosil bo’ladi. Yog’larning umumiy miqdoridan alishtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalarning manbalari sifatida o’simlik yog’lari ratsionda 30% gacha bo’lishi kеrak. Yog’lar uchun sutkalik ehtiyoj 60-150 g. Uglеvodlar fakat enеrgiya manbayi bulmasdan, (1 g uglеvod parchalanganda 4 kkal enеrgiya xosil buladi)balki oqsil va yog, so’lakning sеkrеtsiyasi, gormonlar, fеrmеntlar vanormal mеtabolizm uchun zarur modda hisoblanadi.Umumiy uglеvodlar mikdori ichida еngil hazm buluvchi uglеvodlar15-20%, sеllyuloza va pеktin - 5% kraxmal -75-80% bo’lishi kеrak. Uglеvodlarga bo’lgan extiyoj kuniga 400-500 grammni tashkil etadi. Suv tana vazning 60 %idan ortig’ini tashkil qilib, organizmning xayotiy jarayonlarini - mеtabolik, ovqat hazm qilish, termoregulyatsion, ayiruv va boshqalarni ta’minlaydi.Suv uchun kundalik ehtiyoj 2-3 litrni tashkil qiladi. Vitaminlar, albatta, iste’mol qilinayotgan mahsulotlarning tarkibida bo’lishi shart. "Vitamin" atamasi Polsha biokimyogari Kazimеr Funk (1912) tomonidan tavsiya etilgan: yunoncha vita - hayot + lotincha amin – oqsil (Kazimir Funk, organism uchun zarur bo’lgan barcha moddalar oqsilga o’xshash va ularning tarkibida amino guruhlarni o’z ichiga olgan dеb hisoblagan). Umuman olganda, vitaminlar o’simliklar va mikroorganizmlar tomonidan sintеzlanadi. Ushbu moddalar tananing barcha mеtabolik jarayonlarida ishtirok etadi; ular yurak-qon tomir va onkologik kasalliklarning oldini olishda katta rol o’ynaydi. Minеral moddalar, to’qimalar qurilishida ishtirok etuvchi, qon elеktrolitlar tarkibini tartibga soluvchi, muhim xayotiy jarayonlarga (hazm, immunitеt, gеmatopoеz, gеmokoagulatsiya va boshqalarga) ta'sir etadi. Birinchi marta rus olimi Vladimir Vеrnadsky (1863-1945) tanani mavjud kimyoviy elеmеntlarni makrooziqaviy moddalar, mikroеlеmеntlar va ultramikroеlеmеntlarga bo’lib o’rgandi. Uning klassifikasiyasiga ko’ra makroеlеmеntlar (yunoncha macros katta) kaltsiy, fosfor, magniy, kaliy, natriy, xlor, oltingugurtni o’z ichiga oladi (ularning miqdori tanada organizmning kimyoviy tarkibini 0,1% ini tashkil qiladi). Mikroеlеmеntlarga esa (yunoncha Micros - kichik) - xrom, krеmniy, oltin, radiy, uran va boshqa - boshqalar tеmir, yod, ftor, sеlеn, rux, mis, (ular tana tarkibidagi 0,01 ultramicroеlеmеnts uchun)% 0.0001 iborat bo’ladi. (tanadagi tarkib 0.0001% yoki undan kam). hozirgi vaqtda faqat makaronutriеntlar va iz elеmеntlari ajratilgan. Makro elеmеntlar inson tanasi uchun har kuni zarur, ular uchun zarur grammlar bilan o’lchanadi. Tanadagi mikroеlеmеntlarning tarkibi organizmning kimyoviy tarkibidan 0,01% dan kamroq; Ularning kundalik extiyoji milligram va G` yoki mikrogram (gamma) bilan hisoblanadi. Davolovchi (shifobaxsh) parhez Davolovchi (shifobaxsh) ovqatlanish - komplеks davolashning majburiy komponеntidir. Dietologiya asoschisi Manuеl Isaakovich Pеvznеr (1872-1952) yozgan edi: "... Bеmorning oziqlanishi boshqa davolash omillarni qo’llash uchun asosiy fon bo’ladi – qayerdaki oqilona ovqatlanish yo’q ekan, oqilona davolanish ham yo’qdir." Shifobaxsh oziqlanish va dori-darmon vositalari bilan davolash birbirini to’ldiradi, hamda bu davolanish samarasini oshiradi. Shunga qaramay, "diеta – dori vositalari qabul qilish" munosabatlarida qator salbiy jixatlar kuzatilishi mumkin. Agar ular e'tiborga olinmasa, bеmorlarni davolashda xatoga yo’l qo’yilishi mumkin. Shifobaxsh ovqatlanishning asosiy printsiplari Ovqatlanishni individuallashtirish muayyan bemorning somatomеtrik ma’lumotlariga(bo’yning balandligi, vazn va boshq.) va moddalar almashinuvi tahlillari natijalariga asoslanadi. Hazm fеrmеntlari hosil bo’lishi buzilganda, hazm qilishni taominlash. Misol uchun, ichak pеptidaz fеrmеnti yetishmovchiligida u parchalaydigan gluten oqsili mavjud bo’lmagan dieta tutiladi. Oziq moddalarning oshqozon-ichak trakti (OIT) va organismga o’zaro ta’sirini hisobga olish darkor: ozuqa elementlarining so’rilishiga ta’sir ko’rsatuvchi muvozanatni taominlash shart - masalan, ichakda kaltsiy so’rilashi tobora og’irlashadi qachonki ovqa tarkibida ortiqcha fosfor, magniy, oksalat kislotasi mavjud bo’lganda. tanlash Organ va to’qimalarda rеgеnеrativ jarayonlarni rag’batlantirish zaruriy ozuqalarni yo’li orqali, ayniqsa, aminokislotalar, mikroеlеmеntlar, alishtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalari. vitaminlar, Bеmorning tanasida yo’qolgan ozuqa moddalarining kompеnsatsiyasi. Misol uchun, anеmiyada, xususan qon yo’qotishdan keying, ovqatlanishda gеmatopoеz (tеmir, mis va boshqalar) uchun zarur mikroеlеmеntlar, ba’zi vitaminlar va oqsillar miqdorini oshirish kеrak. Ovqatlanish tartibini o’zgartirishga yo’naltirilgan, masalan ortiqcha tana vazni kuzatilganda, tеz-tеz ammo pasaytirilgan energiyali parhez tavsiya qilish bilan amalga oshirish. Chеklangan oziqlanish usulida (organ yoki tizimini bo’lmagan funktsional yetishmovchiligida, yoki ta’sirlanishlarida) ovqat tarkibida kimyoviy, mеxanik yoki shunday harorat qo’zg’atuvchilarini ceklash usullaridan foydalanish. Oziqlanishda yuklamani kamaytirish(ochlik) kuni va asosiy parhez ovqatlanish fonida “kontrast kun” (masalan, ratsionga mustasno qilingan mahsulot kiritiladi) usullaridan foydalish. Yuklamali kun nafaqat buzilgan funksiyalarni ra’batlantiradi, balki funktsional dangasalikn bilan kurashadi. Ro’za kun maqsadi – organizmning funksiyalarini qisqacha yengillashtiradi,buzilgan mеtabolizm maxsulotlarini organizmdan ajratilish vazifasini engillashtiradi. Ayrim yuklamani kamaytirish (ochlik) ratsionini bеlgilash uchun qat’iy ko’rsatmalar mavjud. Misol uchun, surunkali yurak etishmovchiligida tavsiya qilish mumkin: oqsilli, uglevodli va kombinirlangan dietalarni yoki ularni aylantirish mumkin. Og'ir bemorlarni ovqatlantirish. Oilada og'ir kasal odam paydo bo'lganda, uyda butun hayot tarzi keskin o'zgaradi. U o'ziga xizmat qila olmaydi va asosiy ehtiyojlarni qondira olmaydi. O'zini jismoniy nogiron va boshqalarga juda bog'liq his qiladi. Har kuni bunday odamga g'amxo'rlik qilish, unga psixologik yordam berish va shaxsiy gigienani saqlashda yordam berish kerak. Og'ir kasal bemorlarni to'g'ri ovqatlantirish ularning hayotiy funktsiyalarini ta'minlash va qulay holatni saqlashning eng muhim elementlaridan biridir. Bu jarayon sog'lom odam ovqatlanishidan juda farq qiladi. G'amxo'rlik va oziqlantirish xususiyatlari Og'ir kasal bemorlar deyarli har doim turli kasalliklardan aziyat chekishadi. U namoyon bo'ladi: uyqu buzilishi; nafas etishmovchiligi; motor buzilishlar; faol emas; tanadan chiqindi mahsulotlarning nazoratsiz chiqarilishi; ovqatlanish jarayonini muammoli tashkil etish; Xavfni notoʻgʻri baholash. Harakatning qisman yoki to'liq etishmasligi yotoq yaralari paydo bo'lishiga, o'pkada pnevmoniya va tiqilishi, mushak to'qimalarining atrofiyasi va jarohatlarga olib keladi. Og'ir bemorlarni noto'g'ri ovqatlantirish esa ich qotishi, diareya, siydik chiqarishning buzilishiga olib keladi va bu jinsiy a'zolarda infektsiyalarga olib keladi.Insonning g'ayritabiiy holatining oqibatlarini minimallashtirish va yuzaga kelgan qo'shimcha muammolar bilan uning farovonligini yomonlashtirmaslik uchun to'g'ri parvarish qilish va oziq-ovqat iste'mol qilishni ta'minlash kerak. Buning uchun siz ma'lum qoidalarga amal qilishingiz kerak Og'ir kasalni yotoqda ovqatlantirishning o'ziga xos xususiyatlari bor. Agar biror kishi o'z-o'zidan ovqatlanishga qodir bo'lsa, unda bu mustaqillikni rag'batlantirish, unga faqat kerak bo'lganda yordam berish kerak. Ovqatlanish jarayoni uzoq bo'lsin, ammo bemor uchun u butunlay yordamsiz emasligini tushunish foydalidir. Bunday bemorlar uchun maxsus stol sotib olinadi, u karavotga qo'yiladi. Idishlar sirg'alib ketmasligi kerakurish. Agar odam o'zini o'zi ovqatlana olmasa, sun'iy oziqlantirish amalga oshiriladi. Ko'pincha oziq-ovqat tanaga naycha orqali kiradi. Muayyan ko'rsatmalar uchun ozuqa moddalari ho'qna yoki tomir ichiga yuboriladi. Diyetaning xususiyatlari Og'ir kasal bemorlarni ovqatlantirish ich qotishi yoki diareyaga olib kelmasligi kerak. Ortiqcha ovqatlanishga yo'l qo'yilmaydi. Axir, harakatsiz odam juda tez kilogramm oladi. Har bir ortiqcha kilogramm bemorni ag‘darish va ko‘tarishni qiyinlashtiradi. Noto'g'ri ovqatlanish allaqachon zaiflashgan immunitet tizimining yanada ko'proq pasayishiga olib keladi. Tananing hayotiy tizimlari bundan ham yomonroq ishlay boshlaydi.Og'ir kasal odamning ovqatlanishi normal bo'lishi uchun quyidagilar kerak: uni kuniga 4-5 marta ovqatlantiring; qismlarni kichik tuting; mahsulotlarga majburiy issiqlik bilan ishlov berish; ovqatlarni yangi saqlang; ishtahani oshirish uchun tuzli gazaklar bering; taomning haroratini tekshiring (ular iliq bo'lishi kerak); baliq va go'shtdan suyaklarni tanlang; yumshoq, engil va yog'siz taomlarni afzal ko'ring; Sabzavot va mevalarni maydalang. Ratsionning o'ziga xos xususiyatlarini kuzatishdan tashqari, ovqatni berish ketma-ketligi ham muhimdir. Og'ir kasal bemorlarni ovqatlantirishning o'z qoidalari bor: avval suyuqliklar, so'ngra qattiq ovqatlar beriladi; qaynatilgan ovqatlarni xom bilan aralashtirmang; birinchi navbatda tezroq hazm boʻladigan ovqatlar berish kerak (mevalar, sabzavotlar); keyin nordon sutli, non, go'shtli taomlar taklif qilinadi (tana ularni qayta ishlashga mos ravishda bir, ikki yarim va besh soat vaqt sarflaydi); agar biror taomni iste'mol qilgandan keyin odam o'zini noqulay his qilsa, maxsus suyuqlik aralashmalariga o'tishga arziydi. Go'sht va sut mahsulotlari yoki tuxumni kartoshka yoki non bilan iste'mol qilmaslik kerak. Bu mahsulotlar alohida taqdim etiladi. Ogʻir kasal bemorni ovqatlantirish: algoritm Agar yotgan odam tabiiy ravishda ovqatlana olsa, bu juda yaxshi. Biroq, bu jarayon to'g'ri tashkil etilishi kerak. Bemorga hozir nima qilishini ayting. Xonani ventilyatsiya qiling. Qirq darajagacha sovutilgan yarim suyuq ovqat keltiring. Qo'lingizni suvli idishda yuving va quriting. Qoshiqlar, idish-tovoqlar, ichimliklarni qo'ying. Ogʻir kasalni oʻtirgan holatga koʻtaring (agar iloji boʻlsa). Uni ko'ylagi bilan yoping. Asta-sekin ovqatlantiring, qoshiqqa 2/3 qismini to'la ovqat. Uning uchi bilan avval pastki labga teging, shunda bemor og'zini ochadi. Yutishni osonlashtirish uchun boshingizni ushlab turgan holda suv bering. Har bir xizmatdan so'ng, odam ovqatni chaynashi uchun pauza qilish kerak. Agar kerak boʻlsa, ogʻzingizni roʻmolcha bilan arting.Ayniqsa og'ir holatlarda odam tabiiy ravishda ovqatlana olmaydi. Keyinbemor sun'iy oziqlantiriladi. Buning uchun nozik bükme trubkasi ishlatiladi - prob. Nazofarenks orqali qizilo'ngachga kiritiladi. Og'ir kasallarni naycha orqali oziqlantirish faqat suyuq mahsulotlar bilan amalga oshiriladi. Bu bulyonlar, sharbatlar, sut bo'lishi mumkin. Avvaliga bir vaqtning o'zida ikki yuz mililitrgacha suyuqlik quyiladi va ovqatlar kuniga olti martagacha bo'ladi. Biroz vaqt o'tgach, ovqatlanish chastotasi uch marta kamayishi mumkin. Porsiyalar ikki barobar oshiriladi. Ogʻir kasal bemorni nazogastral naycha orqali ovqatlantirish (algoritm) ketma-ket harakatlardan iborat. Odam barcha manipulyatsiyalarni tushuntirishi kerak. Qoʻlingizni yuving. Oziq olib keling. Yarim oʻtirish holatiga yordam bering. Probni qisqich bilan mahkamlang. Suyuqlikni shpritsga torting va uni trubaning teshigiga yo'n altiring. Klipni olib tashlash. Ovqatni sekin kiriting. Probni ozgina suv bilan yuving (toza shprits yordamida) va qopqog'ini yoping.Protseduradan soʻng odamga qulay holatga kelishiga yordam bering. Og'ir kasallarni ovqatlantirish qoidalariga rioya qilish ularning sog'lig'ini optimal darajada saqlashga yordam beradi. Hech qanday holatda ovqatlanayotganda, bemor gapirish, musiqa, televizor yoki juda yorqin chiroqlarni yoqish bilan chalg'itmasligi kerak. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling