Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Nafas olishning buzilishi


Download 5.41 Mb.
bet56/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Nafas olishning buzilishi
Yuqumli kasalliklar nafas olish yo’llari yoki o’pka to’qimalarining yallig’lanishiga olib keladi. Ushbu kasalliklar burundan nafas olish, nafas yo’llari bo’yicha havo o’tishining buzilishi, ko’krak yoki tomoqda og’riqlar, yo’tal, shilimshiq va balg’am paydo bo’lishi bilan kechishi mumkin. Nafas olish sistemasining og’ir buzilishi nafas qisish, bo’g’ilishga olib keladi.
Nafas olishga ta’sir ko’rsatish
1. Nafas yo’llarining o’tuvchanligini qayta tiklash.
2. Balg’am ko’chishini ta’minlash.
3. Nafas olishning maxsus rejimlari.
4. Shaxsiy nafas olishning o’rnini bosuvchi o’pkalarni sun’iy va yordamchi ventilyatsiyasi.
5. Kislorod bilan ingalyatsiya qilish.
Nafas olish funksiyalari buzilishiniig asosiy belgilari va yordam ko’rsatish
Burundan nafas olishning qiyinlashuvi.
O’tkir nafas infeksiyalarida burundan nafas olish qiyinlashishi, burun yo’llari bekilishi, ko’p miqdorda shilimshiq ajralishi yoki burun bo’shlig’i quruqligi, aksirish bilan kechadi. Burun bo’shlig’ini parvarish qilish oddiy bo’lib, ko’p hollarda muolajalarni bemor mustaqil bajara oladi. Agar bemor muolajalarni mustaqil ravishda bajarishga qodir bo’lmasa, ushbu muolajalarni maxsus tayyorgarlikdan o’tgan qarindoshi yoki hamshira amalga oshiradi. Nafas olish a’zolarining infeksiyalarida shilliqqavat shishi natijasida burundan nafas olish buziladi. Burun bo’shlig’ining surunkali yallig’lanish kasalliklari shilliq qavatning o’sib ketishi va bo’rtishiga, burun orqali havo o’tishini qiyinlashtiruvchi adenoidlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Agar bemor faol bo’lsa, burun yo’llarining o’tuvchanligini ozgina vaqtga tiklaydigan uzoq bo’lmagan nafasni ushlab turish mashqlarini tavsiya qilish mumkin.
Burunning surunkali bekilib qolishi bosh suyagining havo olib keluvchi bo’shliqlari yallig’langanda kuzatiladi. Ko’pincha burun bo’shlig’i bilan bog’langan yuqori jag’ (gaymor) va peshona bo’shliqdari ta’sirlanadi.
Burundan doimo suv oqishi, surunkali bosh og’riqlar, kasallikning tez-tez zo’rayishi, bo’shliqlarda yallig’lanish jarayoni borligidan darak beradi. Yuz paypaslab ko’rilganda, rasmda ko’rsatilgan og’riq nuqtalari aniqlanadi.
Birinchi yordam ko’rsatilayotganda bo’shliqlardan yetarli darajada shilimshiq oqib ketishi (shifokor tomonidan tayinlangan maxsus tomchilarning burunga ishlatilishi), burun bo’shlig’ini shilimshiq yoki yiringdan tozalashni ta’minlash kerak.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling