Chekish va uning organizmga zarari
Chekuvchi kishi chekishning salomatlikka ta’sir ko’rsatishi haqida bilishi kerak. Tamaki tutuni organizm uchun 3 ta zararli moddaga ega: qatron (smola), nikotin va uglerod oksidi.
Yopishqoq chiqindi ko’rinishidagi qatron yuqori nafas yo’llari va o’pkalarni to’sib qo’yadi va qo’zg’atadi, surunkali bronxit va emfizema rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, qatronning toksik komponentlari tomir yo’liga suriladi va tushadi, so’ngra siydik bilan chiqib ketadi. Siydik pufagida shunday zararli moddalarning mavjudligi siydik pufagi rakining rivojlanishiga olib keladi.
Nikotin — kuchli narkotik modda bo’lib, u asab tizimiga ta’sir qiladi va yurak qisqarishlari tezligini oshirib, yurak aritmiyasi xavfini, tomirlar spazmini paydo qiladi, yurak kqskarishining tezligini oshirib yurak aritmiyasining rivojlanish xavfi bilan asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi, tomirlar spazmini paydo qiladi.
Uglerod oksidi, tamaki tutunidan qon yo’liga o’tib, eritrositlarning organizm to’qimalariga kislorod yetkazish qobiliyatini pasaytiradi va qon aylanish sistemasining turli kasalliklari paydo bo’lishini kuchaytiradi.
Fosfoorganik birikmalar bilan zaharlanish (xlorofos, karbofos)
Ishlab chiqarishda va uy-ro’zg’orda fosfoorganik birikmalar qo’llanilishi natijasida ulardan zaharlanish hollari uchraydi. Zaharlanish belgilari preparatlar bilan aloqadan so’ng 1 soat mobaynida namoyon bo’ladi; so’lak oqish, qusish, ich ketish, ko’z qorachiqlari qisqarishi; so’ngra bronx spazmlari va bronxial bezlar sekretsiyasi keskin kuchayishi natijasida bo’g’ilish rivojlanadi; zaharlanishning kechki bosqichlarida muskullar (shu jumladan nafas olish) falaji yuzaga keladi, bu esa asfiksiya oqibatida yuzaga keladigan o’limga sabab bo’ladi.
Fosfoorganik birikmalar bilan zaharlanishda birinchi yordam
1. Shifokorni tezlik bilan chaqirish.
2. Me’dani faollashtirilgan ko’mir yoki karbolen bilan zond orqali yuvish.
3. Zarur hollarda o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi yoki kislorod ingalyatsiyasi o’tkaziladi.
4. Zarar ko’rganni zudlik bilan toksikologik bo’limga olib borish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |